Agrobiznes va logistika


Download 143.37 Kb.
bet2/6
Sana23.06.2023
Hajmi143.37 Kb.
#1651791
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shamshod

Kurs ishining maqsadi. Buxoro viloyati misolida chorvachilikni rivojlantirish masalalarini tadqiq etish orqali soha samadorligini oshirish yuzasidan xulosa ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar bajariladi:
- samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati yoritiladi;
-ishlab chiqarish samaradorligining mezoni va ko’rsatkichlarini yoritish;
-Buxoro viloyatida chorvachilikning rivojlanish holatini o’rganish;
Buxoro viloyati chorvachiligini rivojlantirish va samaradorligini ta’minlashda jahon chorvachiligining tajribasidan foydalanish yo’llarini aniqlash; Buxoro viloyatida chorvachilikni rivojlantirish va samarali faoliyatining istiqbollarini belgilash.


I-BOB.CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLINING ASOSLARI.
1.1 CHORVACHILIK MAHSULOTI ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINING HOZIRGI HOLATI VA UNI OSHIRISH IMKONIYATLARI.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini baholashda tarmoqning o‘ziga xosligini unutmaslik kerak. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq, shu bois qishloq xo‘jaligini har tomonlama rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilganda atrof-muhitni saqlashga doir talablar hisobga olinmog‘i lozim.
Chorvachilik xo‘jaligining katta-kichikligi mahsuldorlik uchun muhim ahamiyat kasb etishi sababli fermer va dehqonlarning qo‘shimcha mol sotib olishini rag‘batlantirish, dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida, shuningdek, dehqon va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish zarur. Kooperatsiya (chorva mollarini birgalikda sotib olish, parvarish qilish, uskuna, ozuqalar va xizmatlarni birgalikda xarid qilish, mahsulot sotish va boshqalar) uning ishtirokchilariga “masshtabdan tejash” samaradorligi va tijoriy mustaqillikni saqlagan holda ixtisoslashishdan foydalanish imkonini beradi.
Yer maydoni va moliyaviy resurslar (boshlang‘ich va aylanma kapital) taqchilligi muammolariga batafsil to‘xtalib o‘tish lozim.
Qishloq ishlab chiqaruvchilari chorvachilikni rivojlantirish uchun ajratishni istagan yerning yetishmasligi ikki asosiy holat bilan bog‘liq:
G‘ijduvonda chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari bevosita yerga egalik huquqi va ayrim strategik qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda davlat nazorati masalalarini hal etish bilan bog‘liqdir.
Kredit resurslari taqchilligiga kelsak, ushbu muammo keskinligini yumshatish uchun mikromoliyalash sektorini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish, avvalambor, fermer va dehqon xo‘jaliklarining bank mikrokreditlari, jumladan, imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha olish imkoniyatini kengaytirish zarur. Negaki, erkin bozorda mikromoliyalash tashkilotlarining foiz stavkasi chorvadorlar uchun g‘oyat yuqori. Yerdan foydalanish huquqini qayta sotish imkoniyatiga oid huquqiy bazani takomillashtirish, shuningdek, ushbu huquqlardan kredit olishda kafolat sifatida foydalanish kredit resurslari taqchilligi muammosini hal etishga yordam beradi. Gap shundaki, qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanish huquqini beruvchi qonuniy bozor yetarli darajada shakllanmagan bugungi kunda qishloq xo‘jalik xodimlarining yerni garovga qo‘yish orqali kredit olish imkoniyatlari cheklangan. Agrar sektorni kredit bilan ta’minlashning aynan ushbu shakli butun dunyoda keng tarqalgan.
Talab yuqori bo‘lgan, ammo, to‘liq ko‘rsatilmayotgan xizmatlar orasida mahsulotni saqlash va qayta ishlash xizmatlari mavjud. Mamlakatimizda chorva mollari sonining ko‘payishini, jumladan, chorvachilik xo‘jaliklari ko‘lamini kengaytirish orqali har tomonlama rag‘batlantirmoqda. Bu vazifani, avvalo, quyidagilar hisobidan hal qilish rejalashtirilmoqda:
- shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida chorvachilik bilan shug‘ullanayotgan qishloq aholisiga ish bilan bandlik maqomini berish;
- qishloq joylardagi kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga bepul qoramol berish;
- ozuqalar, veterinariya va chorvachilik tarmog‘i uchun mo‘ljallangan boshqa xizmatlardan foydalanishni yaxshilash;
-yordamchi va dehqon xo‘jaliklarining qoramol sotib olishini yengillashtirish uchun imtiyozli mikrokreditlash imkoniyatini kengaytirish.
Dehqon xo‘jaliklaridagi chorvachilik tarmog‘ini tijoratlashtirish darajasi ko‘pincha yetarlicha baholanmayapti. Uni baholashning ikki uslubi bor. Birinchisi – o‘z mahsulotining, hech bo‘lmaganda, bir qismini sotadigan dehqon xo‘jaliklari ulushini hisoblash. Ikkinchisi–ishlab chiqarishning umumiy hajmida sotilgan mahsulot ulushini hisoblash. Birinchi uslubda, sut sotadigan dehqonlar o‘rtasidagi foizli nisbatni hisoblashdan foydalanilsa, dehqon xo‘jaliklari o‘zini o‘zi ta’minlaydigan dehqon xo‘jaliklariga o‘xshab ko‘rinadi: dehqonlarning qariyb uchdan ikki qismi sut sotmaydi, balki sog‘ilgan sutning hammasini oilasi ehtiyoji uchun ishlatadi. Biroq, bu borada shuni qayd etish kerakki, “tijoratga moslashgan” boshqa dehqonlar sog‘ilgan sutning o‘rtacha 67 foizini sotadi . Aynan ushbu ko‘rsatkich tufayli o‘rtacha sut sotish miqdori barcha dehqon xo‘jaliklarida, shu jumladan, yuqorida qayd etilgan sut sotmaydigan dehqonlarning uchdan ikki qismi ishlab chiqaradigan sutning 37 foizini tashkil qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, dehqonchilik tarmog‘ida go‘sht-sut chorvachiligini pul topish manbai deb biladigan mahsulot ishlab chiqarish yuqori bo‘lgan xo‘jaliklar mavjud.
Chorva mahsulotlarini sotish tijoratlashgan o‘rtacha yirik chorvachilik dehqon xo‘jaliklari eng yaxshi samaradorlik ko‘rsatkichlariga ega. Chorvachilik dehqon xo‘jaliklarining tijoratlashuv darajasi ikkita asosiy omil – qoramol soni va uning mahsuldorligiga bog‘liq, degan xulosaga kelish mumkin. Ushbu omillar, pirovard natijada, ishlab chiqarish hajmida o‘z ifodasini topadi. Bunda tijoratlashuv darajasi oila farovonligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini e’tiborga olish zarur. Sut mahsuloti sotadigan va sotmaydigan xo‘jaliklarda bitta oila a’zosi uchun o‘rtacha daromad taqqoslansa, sut sotadigan xo‘jaliklar yuqori daromad olayotganini ko‘rish mumkin.
Davlat dehqon xo‘jaliklari tijoratlashuvini nafaqat ularning mahsuldorligini oshirish va iste’mol bozorini boyitish maqsadidan kelib chiqib, balki, qishloq joylarda turmush darajasini yanada yuksaltirish mexanizmi sifatida rag‘batlantirishi lozim. Bunga dehqon xo‘jaliklariga chorva mollari sonini ko‘paytirish va ularning mahsuldorligini yaxshilashda yordam berish orqali erishish mumkin.
Dehqonlar ko‘pincha ikkita sotish kanalidan foydalanadi: mahsulotni qo‘shnilariga sotadiganlarning 26 foizi uni bozorda ham sotadi, 36 foizi vositachilarga sotadi. Uy xo‘jaliklari bozorga mahsulotni o‘zi olib chiqadi. Olib sotarlar va tanish xaridorlar, odatda, mahsulotlarni o‘zi olib ketadi. Qo‘shnilar va tanishlarga sotish bilan bog‘liqlik transport va bozorlarda ulgurji savdo qiluvchilar bilan aloqaning yo‘qligidan dalolatdir. Dehqonlarning bozor bilan bog‘liq imkoniyatlarini amalga oshirish va ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bilan shahar aholisini yaxshiroq ta’minlash uchun dehqonlarning bozordan foydalanishini osonlashtirish choralarini ko‘rish zarur. Dehqonlar mahsulotlarini bozorga chiqishini osonlashtiradigan qishloq vositachilari, transport operatorlari va ulgurji savdogarlar tarmog‘ini tashkil etishni rag‘batlantirish shular jumlasidandir. Vositachilar bozor kanallarini tashkil etishda muhim vazifani bajaradi va ularning faoliyati qo‘llabquvvatlanishi lozim.
Endi fermer xo‘jaliklari chorva mahsulotlarining sotilishi haqida so‘z yuritamiz. Chorva mahsulotlari, jumladan, go‘sht va sutga davlat buyurtmasi 1994 yilda to‘liq bekor qilingan. Bu xo‘jaliklarga o‘z mahsulotlarini bozor narxlarida erkin sotish imkonini beradi. So‘rov shuni ko‘rsatdiki, fermerlarning qariyb 50 foizi sut, qariyb 40 foizi qoramol go‘shtini davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga – shifoxonalar, bolalar bog‘chalari, maktablar, faxriylar uylari va boshqalarga sotadi. Sotishning yana bir muhim yo‘li bozordir. Fermerlar kutilgandan ham ko‘ra kamdankam hollarda o‘z mahsulotlarini ulgurji olib sotarlar, xususiy xarid firmalariga sotadi.
Bu esa sotish infratuzilmasi rivojlanmaganidan dalolatdir. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxining pastligi va transportirovka qilishning qiyinligi sotish yo‘llaridan qat’iy nazar umumiy muammo hisoblanadi. Chorva mahsulotlarini o‘zida qayta ishlash muammolari. Chorva mahsulotlarini xo‘jaliklarning o‘zi qayta ishlash amaliyotini kengaytirish mahsulot turini ko‘paytirish, demak, xo‘jaliklarni tijoratlashtirish va sotish hajmini oshirish imkonini beradi. Ayni paytda, 2018 yilgi so‘rov shuni ko‘rsatadiki, ayrim dehqon xo‘jaliklarigina chorva mahsulotlari, asosan sutni qayta ishlaydi. Oddiy operatsiya yo‘li bilan qayta ishlangan sutdan asosan qatiq, qaymoq, tvorog, sariyog‘ tayyorlanadi. Murakkab qayta ishlaydigan uskunaning yo‘qligi va narxining balandligi (so‘ralganlarning 49 foizi), ko‘nikma yetishmasligi (20 foizi) va sotish imkoniyatlarining cheklangani (25 foizi) tufayli qo‘llanilmayapti. Chorvador-fermerlarning 15,3 foizi o‘zi ishlab chiqargan va sotib olgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. Asosan sut (qayta ishlash bilan shug‘ullanayotganlarning 86,6 foizi), go‘sht (20,9 foiz), jun (6 foiz) qayta ishlanmoqda.
So‘rov ishtirokchilari aksariyat fermerlar qayta ishlash bilan shug‘ullanmayotganining sabablari orasida quyidagilarni aytdi:
• uskuna sotib olish imkonining yo‘qligi - 41,3%;
• uskunaning haddan ziyod qimmatligi - 34%;
• qayta ishlash bilan shug‘ullanish foydasizligi - 14,3%;
• qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mutaxassislar yo‘qligi - 10,9%;
• qayta ishlangan mahsulotni sotish imkoniyatining yo‘qligi - 10,2%;
• kommunal xizmatlar ko‘rsatishda uzilishlar (elektr, suv, gaz) qayta ishlash bilan shug‘ullanish imkonini bermasligi - 2,8%;
Ta’kidlash joizki, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tarmog‘ining yetarlicha rivojlanmagani bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun choralar ko‘rilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi “Oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1047-Qarori buni tasdiqlaydi. Ushbu hujjatga ko‘ra, sut va go‘shtni qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha imtiyozlar berish, jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovini 50 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan.
2020 yilda go‘sht ishlab chiqarish xajmi 16759 tonnani tashkil etgan bo‘lib 2015 yilga nisbatan 11% ortgan tashkil etgan go‘shtning asosiy qismini dexqon xo‘jaliklarning ulushiga to‘g‘ri kelib 98,2% tashkil etdi, fermerlarning ulushi 1% ni tashkil etgan. Sut ishlab chiqarishda bo‘ ko‘rsatkichlar 2018 yilda barcha soxalarda 93399 tonnani tashkil etgan bo‘lib shundan fermer xo‘jaliklarining ulushi 3,9 % ni egalladi 2005 yilga nisbatan 1844 tonnaga ortgan sababi qaramollar bosh sonining ortishi bilan maxsuldorlik ko‘rsatkichlarini ko‘tarilishi asosiy omildir
G‘ijduvon tumanida chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish rentabelligi taxlili shuni ko‘rsatadiki 2022 yil go‘sht ishlab chiqarishdan kelgan foyda 5878.7 mln so‘mnga ortgan bo‘lib rentabillik darajamiz 0,2 punkitni egalladi. Sut ishlab chiqarishni taxlil qilganimizda 2022 yilda foyda 6182.7 mln so‘mga ortgan, shuningdek 1 tonna sut sotishdan tushadigan tushum 2022 yilda 912 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa jami mahsulotni sotishdan tushgan daromad 85179.8 mln so‘mni tashkil etdi natijada sut ishlab chiqarish soxasida 19,2 % rentabellikga erishildi va bu 2018 yilga nisbatan 6,7 punkitga oshgan. Tuxum ishlab chiqarishga qilingan jami mahsulotga qilingan xarajat 2022 yilda 6039,8 mln so‘mni tashkil etib , mahsulotni sotishdan tushgan daromad 7028,1 mln so‘m bo‘lib jami foyda 988,3 mln so‘mni tashkil etdi bu ko‘rsatki 2018 yilga nisbatan 554,2 mln so‘mga oshganini ko‘rishimiz mumkin umumiy rentabellik darajasi 2015 yilga nisbatan 2,2 punkga oshganligini . Tahlillar natijasida jun iщlab chiqarish xajmining pastligi va zarar bilan chiqqanligining asosiy sababi mahsulotlarning sifat darajasining pastligi va qayt ishlash imkoniyatinig past ko‘rsatkichli ekanligi soha rivojini taminlamayapdi umuman olganda mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bir qatorda uning sotish kanallarining mavjudligi bozor infratuzulmasining shakillanishi o‘laroq maxalliy lashtirish dasturi asosida mahsulotlarni qayta ishlash va uni tayor mahsulot ko‘rinishida sotish lozim deb xisoblaymiz tumanida chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish rentabelligi taxlili natijasida soxalar rivojlanayotganligini takidlaymiz.
Bizningcha, chorvachilikni rivojlantirishga tusqinlik qilayotgan muammolar mavjud:
1. Ozuqa ekin maydonlarining chorva mollari bosh soniga mutanosib
joylashtirilmaganligi;
2. Ozuqa ekin maydonlaridan unumli foydalanish va ekinlarining hosildorlik darajasining pastligi;
3. Yem-xashak o‘rim-yig‘im texnikalarining yetishmasligi;
4. Naslchilik ishlarining talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi;
5. Naslli mol tayyorlab sotish va chetdan naslli mollar keltirishda ularni zot yo‘nalishlariga e’tibotning sustligi;
6. To‘la qamrovli zooveterinariya xizmati ko‘rsatilmayotganligi;
7. Zooveterinariya punktlarining jihozlanish darajasining talabga javob bermasligi;
Shunday qilib, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish chorvachilik xo‘jaliklarini kattalashtirish va tijoratlashtirish darajasini yuksaltirishga yordam beradi:
1.Chorva mollari mahsuldorligi va sifatini oshirish;
2.Yerni xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichida, jumladan, yer uchastkalaridan foydalanish huquqlarini (subijara huquqi, ijara huquqini sotib olish huquqi va boshqalar);
3.Chorva mollarini parvarishlash va chorva mahsulotini sotishni tash kil etishda sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida, dehqon va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;
4.Raqobatni rivojlantirish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish orqali resurslar va chorva mahsulotlari bozorini takomillashtirish;
5.Qishloq joylarda mikromoliyalash sohasini kengaytirishni rag‘batlantirish;
6.Chorva mahsulotlarini qayta ishlash tarmog‘ini rivojlantirishni
rag‘batlantirish;
7. Cho‘l yaylov hududlarida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklar o‘zi yetishtirgan mahsulotlarini qayta ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, jumladan, cho‘l yaylov hududlarida jun va terini qayta ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqish.

Download 143.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling