Agroiqtisodiyot va turizm


Ichki nazorat quyidagicha tashkil etilishi mumkin


Download 0.51 Mb.
bet12/13
Sana08.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1168847
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
samandar

Ichki nazorat quyidagicha tashkil etilishi mumkin:

Ichki nazorat tizimi va ichki auditning farqi quyidagicha: ichki nazorat korxonaning o’z maqsadiga erishishida doimiy ravishda faoliyat olib boradi. Ichki audit esa, ichki nazoratning bir elementi hisoblanadi. Ichki audit korxonaning ichki nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etiladi. Shu jihat bilan ichki audit


xizmati va ichki nazorat tizimi bir-biridan farqlanadi.
Birinchi navbatda ichki nazorat tizimiga qo’yilgan asosiy talablarni ko’rib o’tamiz:
Har bir subyektning nazorat ostida bo’lishi. Korxonada faoliyat ko’rsatib kelayotgan har bir subyekt nazorat ostida bo’lishi kerak. Har bir subyektning biriktirilgan ishni bajarishi boshqa subyektlar tomonidan tekshirilishi, lavozim majburiyatida qayd etilishi lozim. Bir qator subyektlar tomondan ichki nazoratning qanday darajada olib borilayotganligini va holati, avvalo korxona rahbari qiziqishi lozim. Shuning uchun ham bu kabi subyektlar faoliyatining nazorati, korxona rahbari har xil turdagi ekspertlar yoki tashqi audit xizmatidan foydalanish mumkin.
Birinchi navbatda ichki nazorat tizimiga qo’yilgan asosiy talablar:

  1. Har bir subyektning nazorat ostida bo;lishi;

  2. Birinchi darajali nazoratni bir kishiga yuklamaslik;

  3. Ma’muriyatni manfaatdor bo’lishi;

  4. Ustuvorlik

  5. Optimal markazlashtirish;

  6. Yagonalashgan javobgarlik

  7. Funksional o’rin almashish;

  8. Qat’iy belgilanganlik;

  9. Fayl va aktivlarga ruxsatsiz kirishga yo’l qo’ymaslik;

  10. Nazorat faoliyatini amalga oshirilishining hujjat bilan tasdiqlash;

  11. Ichki nazoratchilarning majburiyatlarini doimiy ravishda qayta taqsimlash;

  12. Har tomonlama oshiriladigan nazorat;

Algoritm academy SSHE” ning 2021-yillarga mo`ljallangan hisob siyosati O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va O`zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari va yo`riqnomalari hamda me`yoriy hujjatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • O`zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonuni;

  • O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining Milliy standartlari;

  • O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to`ldirish bo`yicha qoidalari”;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori bilan “Yoshlarni ijtiomiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risida;

  • Boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlar asosida yuritiladi.

Hisob siyosatida quyidagi tarkibiy elementlar o`z aksini albatta topishi lozim :



Tashkilot aktivlarini baholash turlari va usullari;


Amortizatsiyani hisoblash usullari;


Rezervlarni tashkil qilish;



Tovar-moddiy boyliklarni baholash va hisobga olish usullari;



Buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi

Buxgalterya hisobi barcha ishlab chiqarishga doir opratsiyalar, kapital, majburiyatlar va mol – mulkning hujjatlarda aks ettirilishi miqdor va pul ko`rinishida uzluksiz o`zaro bog`liq munosabatlarda olib boriladi .


Buxgalterya hisobining tashkil etish bo`yicha javobgarlik korxona rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Buxgalteriya hisobining umumiy metodologik prinsiplariga rioya qilishni, barcha xo`jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida to`g`ri aks ettirish va uni nazorat qilish, buxgalteriya va moliyaviy hisobotlar hamda tezkor ma`lumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish, korxona moliyaviy xo`jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil etishni amalga oshirish tashkilot hisobchisi ya`“Algoritm academy SSHE” jamiyat hisobchisiga yuklatilgan.
Jamiyat hisobchisi O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid keladigan operatsiyalar bo`yicha hujjatlarni qabul qilish va uni rasmiylashtirishga huquqi yo`q.
Hisob registrlariga yozuv boshlang`ich hujjatlarni aniq tekshirish asosida amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo`l qo`yilmaydi. Xo`jalik operatsiyalarini bir martalik amalga oshirish ish usuli ikki yoqlama yozuv asosida xo`jalik muomalasi bo`yicha tegishli summani bitta schyotning debitiga va aynan shu summani ikkinchi schyotning kreditiga qayd etish bilan amalga oshiriladi. Hisob registrlarida buxgalterya hisobi bo`yicha yozuvni amalga oshirish, operatsiyalarning mazmuniga va harakteriga qarab hujjatlar qabul qilinishiga yoki oy yakuni bo`yicha bir marta amalga oshiriladi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik buxgalteriya hisoboti mulkchilik shaklidan qat’iy nazar hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevraligacha,choraklik hisobotlarni esa keyingi oyning 25-kunigacha tuzilib, kerakli idoralarga topshirilishi lozim.


Xulosa

Biz 5230100 "Iqtisodiyot" ta`lim yo`nalishi talabalari 3 kurs davomida mutaxassisligimiz bo`yicha olgan nazariy bilimlarimizni mustahkamlash, chuqurlashtirish va amaliy tajriba va ko`nikmalarimizni shakllantirish maqsadida Ishlab chiqarish amaliyotini 4 hafta davomida o`tadik. Men tanishuv amaliyotini tanishuv amaliyoti dasturi bo`yicha olib bordim va amaliyot dasturi rejasida ko`rsatilgan vazifalarni o`z vaqtida amalga oshirdim.
Men tanishuv amaliyoti davrida tashkilotdagi amaliyot rahbarim boshchiligida “Algoritm academy SSHE” faoliyati bilan tanishdim . “Algoritm academy SSHE” faoliyati bilan tanishish davomida uning asosiy ko`rsatkichlarini o`rgandim. Shuningdek, korxonaning huquqiy maqomi, ta`sis hujjatlari va tashkiliy tuzilishini o`rganib chiqdim va o`z amaliy ko`nikmalarimni hisobotimda yoritdim. “Algoritm academy SSHE” ning umumiy strukturasi, boshqaruv organlari, bo`limlari va uning vazifalari hamda huquq va majburiyatlari haqida ma`lumotlar bilan tanishdim. Agentlikda amaliyot rahbarim yordamida tashkilot buxgalteriyasi, buxgalteriya apparati strukturasi hamda buxgalterning funksional vazifalarini o`rgandim.
Algoritm academy SSHE” da tanishuv ishlab chiqarish amaliyoti o`tash davrida olgan amaliy va nazariy ko`nikmalarim natijasida quyidagi takliflarni kiritdim:

  • Tashkilot faoliyat doirasini kengaytirish;

  • Tashkilotda ish o`rinlari sonini oshirish;

  • Tashkilotda buxgalteriya bo`limini tashkil qilish;

  • Tashkilotda yoshlarning bilim uchun sharoitlarni yaratib berish;

  • Tashkilot ishlash strukturasini yanada takomillashtirish.

Yuqoridagi takliflar tashkilot faoliyatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Keyingi amaliyotlarda tashkilot faoliyatini yanada chuqur o’rganamiz.




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling