Ishni bajarish tartibi. Yog’sizlantirilgan filtr qog’ozdan yasalgan paket
massasi o’lchanadi. Paketga tajriba o’tkazayotgan talaba o’z nasabini va olingan
namuna nomini oddiy qalamda yozib qo’yadi. Paketga 1gr o’simlik namunasi tortib
olinadi. So’ng paket Sokslet apparati ekstraktoriga solinib, apparat ishga tushiriladi.
Ekstraksiyalash ekstraktor efir bilan to’lib, sifon orqali qaytib tushish sikli 8-12
marta qaytarilgach tugatiladi. Paket olinib ochiq havoda yoki mo’rili shkafda efir hidi
yo’qolguncha shamollatiladi va 105
O
C haroratda 1,5 soat quritiladi. Eksikatorda
sovutilib massasi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |