Agrokimyo kirish


Tuproqda gumus va organik moddalar qancha ko’p bo’lsa, mikroorganizmlarning faoliyati yuqori bo’lib tuproq unumdorligi ortadi (Qo’rbonbayev, Raimboyeva, 2005)


Download 366.13 Kb.
bet98/123
Sana09.06.2023
Hajmi366.13 Kb.
#1475063
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123
Bog'liq
Agrokimyo kirish

Tuproqda gumus va organik moddalar qancha ko’p bo’lsa, mikroorganizmlarning faoliyati yuqori bo’lib tuproq unumdorligi ortadi (Qo’rbonbayev, Raimboyeva, 2005).

  • Azotli va kaliyli o’g’itlarning yuqori dozalari ham tuproqdagi organik moddalar miqdorini kamayishiga olib keladi (W. Zoginov et al. 1982).

  • 20 yillik tajribani ko’rsatishicha, o’g’itlarni qo’llamasdan gumus miqdori 19% ga kamaytiradi, faqat mineral o’g’itlar qo’llanilganda 6 % ta oshadi, yangi go’ng qo’llanilganda 43 % ga, go’ng-tuproq, komposti qo’llanilganda 81 % ga, chirigan go’ng qo’llanilganda 92 % ga, kombinirlangan kompost qo’llanilganda 109 % ga ortdi (G. Rtntyeg.1981)

  • Organik o’g’itlarni gumus xolida (chirigan xrlda) tuproqqa qo’llash, tuproq unumdorligining pasayishini oldini olib, uning fizik-kimyoviy xossalarini, strukturasini hamda suv-havo rejimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

  • Tuproqda SO2 miqdorining oshishi tuproqqa organik o’g’itlar qo’llanilganda kuzatiladi. U (issiqxona va teplitsalarda SO3 gazining chiqishi 0,3-0,6 kg/m2, ochiq joylarda esa 200-300kg/ga kun hisobida bo’lib ) donli ekinlarning, qand lavlagi, kartoshka ayniqsa sabzavot ekinlari hosildorligini 20,0-50 % ga oshirishi mumkin.

  • Tadqiqotlarning ko’rsatishicha organik o’g’itlarni qo’llanilishi mineral o’g’itlar bilan taqqoslaganda tuproqni chang holatidan suvga chidamli, mayda kesakchali, strukturali holatiga o’tishiga yordam berdi.

  • Kompostlashda organik chiqindilar 75-85°S ga qizdiriladi. Bunday holdagi kompost sochiluvchan va hidsiz bo’ladi va o’simliklar yengil o’zlashtiradigan organik hamda mineral birikmalar, makro va mikroelementlar tutadi.

  • Aniqlanishicha torfli-go’ngli kompostlarni chuqurroq solish tuproq qatlamini (haydov) tez madaniylashi sodir bo’ladi, bunda tuproqding suv-fizik gumus holati yaxshilanadi, fosfor va kaliyning oson o’zlashtiriladigan shakllari miqdori ortadi, organik o’g’itlarni 25-27 sm chuqurlikka solish odatdagi 20-25 sm chuqurlikka solingandagiga qaraganda gumusning ko’p to’planishiga olib keldi. (Melsayev I.T.,1997).

  • Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish organik chiqindilaridan (parranda tezagi, go’ng, torf, somon va h.k.) kompost tayyorlandi. Tayyorlangan kompostlar madaniylashgan, gumus miqdori 5,4 % li chimli pozdzol tuproqlar sharoitida kartoshka ekiniga ta’siri o’rganildi. Kompostni 5 t/ga dan 30 t/ga normada solish kartoshka hosildorligini 44,4 t/ga dan 57,1 t/ga oshishini ta’minladi. Ya’ni tuganaklar hosili qo’shimcha 13,2 va 15 t/ga bo’lishini ta’minladi. (Smirnov A.M., Shakalov V.A. 1997)


  • Download 366.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling