Agrokimyo va agrotuproqshunoslik” yo‘nalishi talabasi Raxmonova Hulkar “Tuproqshunoslik” fanidan


O‘rta Zarafshon tabiiy geografik okrugi


Download 102.46 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2023
Hajmi102.46 Kb.
#1637451
1   2   3
Bog'liq
sevinch

O‘rta Zarafshon tabiiy geografik okrugi 


Voha tuproqlarining hosil bo'lishi va sug'orishlar ta’sirida yangi tuproqlar tipining hosil bo'lishiga oid ma’lumotlaming barchasida ushbu tuproqlarning rivojlanishi natijasida xossaiarinmg tubdan o'zgarganligi qayd etilgan. H.H.Tursunovning ma’lumotlariga ko'ra mamlakatimizda sug'orma dehqonchilik bosqichma-bosqich rivojlangan, dehqonlar tog' etaklarida va tekisliklarda, maydoni kichik bo'lgan pollar, ya’ni utiofi cheklar bilan o'ralgan tekis maydonchalar qurib oqova suv 39 bilan yerlami sug‘organlar. Arxeologlar tomonidan Surxondaryo, Farg‘ona, Zarafshon, Xorazm va Quyi Amudaryo vodiylarida Sopollitepa, Ko‘ktepa, Chust, Dalvarzintepa, Zamonbobo kabi ko‘hna tepaliklarda olib borilgan qazilmalar, bu hududlarda sug'orma dehqonchilik madaniyati milodimizdan bir necha ming-yildan oldinroq rivojlanganligi daliliy ashyolar yordamida isbot etilgan. Inson bu davrda Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon va boshqa daryolar oqimi bo‘ylab katta to‘g‘onlar qurolmagan, faqat ularning irmoqlari yohud pastqam joylarida to'plangan xalqob suvlardan yerlarni sug‘orish uchun foydalanishgan. 0 ‘sha davrda kichik suv shoxobchalari, ariqlar qazilib, sug‘orish maydonlari yarim va bir gektardan oshmagan. Daryo irmoqlari va kichik kanallar yordamida yerlarni sug‘orish milodimizdan ikki ming yil oldin boshlanganligi va rivojlanishi arxeologlar tomonidan isbot qilingan. 0 ‘rta Osiyoda miloddan oldingi to'rtinchi asrdan boshlab quldorlik jamiyatiga asoslangan Kangyuy, Yuncn-Baktriya, Kushan kabi yirik davlatlar shakllanib Amu va Sirdaryo sohilidagi past tekisliklarda sug‘orma dehqonchilikni rivojlantirish uchun kanallar xalq tomonidan xashar sifatida qurila boshlandi. Xorazm va Qoraqalpog‘iston hududlarida fazodan suratga olingan rasmlarda eski kanallar, ariqlar, hovuzlar va chek qilingan dehqonchilik maydonlari ko‘zga tashlanadi, hozirgi paytda ular saksovul va qum qoplamalari bilan turli darajada yopilgan. 0 ‘zbekistonda Zang, Eskiangar, Tuyatortar, Shoxrud, Romitonrud, Qirqqiz, Chermenab, Bo‘zsuv va Salar kanallari milodimizning ikkinchi va to‘rtinchi asrlarida xalq tomonidan qurilgan boiib, ular keyingi yillar mobaynida rekonstruktsiya qilingan. Zarafshon va Qashqadaryo quyi oqimlarida antik davrda sug‘oriladigan yerlar 600 ming gektarni tashkil qilgan. Shu davrda Sirdaryo bilan Amudaryoning quyi oqimida 3,5-3,8 mln gektarga yaqin yer sug‘orilgan. Ammo, sug'oriladigan yerlarda kanallar uzunligi va kengligi katta boiishidan qa’tiy nazar, doimo sug‘oriladigan maydonlar ja’mi yerlardan 10-15 %ni tashkil qilgan. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, sug'onladigan yerlar ibtidoiy jamoa davrida tog‘ va tog‘oldi hududlarida rivojlangan, buning sababi bu hududlarda suv tarmoqlari seiob boiib dehqonchilik madaniyatining rivojlanishiga asos boigan. Tog‘ hududlarda suv irmoqlari va 40 buloqlar sug'orish manbai bo'lib hisoblanadi. Tog'oldi tekisliklarida oqova va yerosti suvlaridan, hovuzlar va korizlar shaklida dehqonchilikda unumli foydalanilgan.





Qashqadaryo viloyati xaritasi


X.Q.Nomozov, Sh.M.Turdimetov. Ozbekiston tuproqlari va ularning evolutsiyasi. Darslik. -Т.: «Fan va texnologiya», 2016, 256 b
Download 102.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling