Agrokimyoviy xaritanomalar tuzish va shu asosida о‘gitlardan oqilona foydalanish.( Oziq elemenilar miqdorini aniqlab konturga kо‘chirish, ta’minlanganlik darajasini aniqlash). Ocherk yozish.
Tuproqlarni agrokimyoviy tekshirish va xaritalash quyidagi bо‘limlarni о‘z ichiga oladi:
1. Agrokimyoviy tekshirishga tayyorgarlik ishlari.
2. Dalada bajariladigan tekshirish ishlari.
3. Laboratoriya sharoitidagi analitik ishlar
4. Agrokimyoviy xaritanoma tuzish.
5. Agrokimyoviy ocherk tuzish.
AGROKIMYOVIY XARITANOMA TUZISH.
Barcha analiz ishlari tugagach, olingan natijalar asosida agrokimyoviy xaritanoma tuzishga va rasmiylashtirishga kirishiladi. Buning uchun dastlab agrokimyoviy tekshirishga tayyorgarlik bosqichida yerdan foydalanish planidan kо‘chirilgan 4-5 ta karta nusxalari elementar uchastkalarga bо‘lib chiqiladi. Birinchi nusxa asosida umumlashtirilgan agrokimyoviy xaritanoma tuziladi.
Umumlashtirilgan agrokimyoviy xaritanoma quyidagi mAqsadlarda tuziladi:
1. har bir elementar uchastka tuproqlarini asosiy oziq elementlari miqdori bо‘yicha tavsiflash uchun
2. avvalgi yoki keyingi agrokimyoviy tekshirish natijalari bilan solishtirib kо‘rish uchun
3. alohida agrokimyoviy kо‘rsatkichlar bо‘yicha agrokimyoviy xaritanomalar tuzish uchun
4. tuzilgan agrokimyoviy xaritanomalar yо‘qolib qolgan taqdirda ularni qayta tiklash uchun
Agrokimyoviy xaritanomalar tuzish uchun barcha tuproqlar gumus va oziq elementlar bilan ta’minlanganlik darajasiga kо‘ra guruhlarga bо‘linadi. Agrokimyoviy xaritanomada har bir guruq ma’lum rang yoki chiziqlar bilan ifodalanadi.
1- nuqtalar, 2-punktir chiziq, 3- gorizontal chiziq, 4- vertikal chiziq , 5- tо‘`ri katak, 6- qiyshiq katak
Do'stlaringiz bilan baham: |