Agrologistika va biznes fakulteti 4-94 guruh talabasi Doniyorov Elbek G'ofur o'g'liga


Download 41.35 Kb.
bet7/10
Sana17.06.2023
Hajmi41.35 Kb.
#1550488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5271836643739836201

Marketda oziq-ovqat xavfsizligi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA ICHKI BOZORDA NARXLAR BARQARORLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

Dunyo bozorlarida yuzaga kelgan keskin tebranishlarning ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga salbiy ta’sirini kamaytirish, ichki bozorni bug‘doy, un va o‘simlik yog‘i mahsulotlari bilan uzluksiz va kafolatli ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi) “O‘zdonmahsulot” AK va xususiy korxonalar bilan birgalikda 2022-yil aprel — iyul oylarida Qozog‘iston Respublikasidan 100 ming tonna 3-sinf bug‘doyini (bir qismi un) maqbul narxlarda import qilish bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qozog‘iston Respublikasi Hukumati, Qozog‘iston Respublikasining “Prodovolstvennaya kontraktnaya korporatsiya” milliy kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati va bug‘doy (un) eksport qiluvchi boshqa korxonalari bilan O‘zbekiston Respublikasiga 100 ming tonna bug‘doyni (bir qismi un) maqbul narxlarda import qilish bo‘yicha kelishuvga erishishni ta’minlasin.
Bunda, “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tomonidan Qozog‘iston Respublikasining “Prodovolstvennaya kontraktnaya korporatsiya” milliy kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati va bug‘doyni eksport qiluvchi boshqa korxonalaridan 2022-yil aprel — iyul oylarida 100 ming tonna 3-sinf bug‘doyni (bir qismi un) yetkazib berish bo‘yicha import shartnomalari imzolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi import qilingan bug‘doy (un)ni saqlash xarajatlarini qoplashga amaldagi me’yorlar doirasida mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ichki va tashqi bozorlardagi vaziyatdan kelib chiqib, mazkur qaror doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan yana 500 ming tonna bug‘doyni import qilish zarurati yuzasidan asoslantirilgan taklif kiritsin.
4. Shundan tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq mazkur qaror doirasida ajratiladigan mablag‘lar “O‘zdavzaxira” qo‘mitasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri foizsiz ssuda shaklida, bug‘doy (un) va o‘simlik yog‘i import qiluvchi xususiy tadbirkorlik subyektlariga Vazirlar Mahkamasining “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 7-oktabrdagi 627-son qarorida belgilangan shartlarda ajratiladi.
5. “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi:
“O‘zdonmahsulot” AK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda import qilingan bug‘doy (un) hamda o‘simlik yog‘ini omborxonalarda sifatli saqlanishini;
import qilingan bug‘doy (un) va o‘simlik yog‘ini sotishdan tushgan mablag‘lar o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilishini ta’minlasin.
6. Import qilingan bug‘doy (un) va o‘simlik yog‘i hajmlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining takliflari asosida birja savdolari orqali sotilishi belgilab qo‘yilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining Vazirlar Mahkamasining “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 7-oktabrdagi 627-son qarori doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddatini 2022-yil 31-dekabriga qadar uzaytirish bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi “O‘zdavzaxira” qo‘mitasini 2022-yil 1-apreldan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olsin va o‘rnatilgan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini rasmiylashtirib bersin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ:
2022-yil 1-apreldan boshlab yil yakuniga qadar “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tomonidan import qilinadigan bug‘doy (un) va o‘simlik yog‘ini temir yo‘llar orqali tashishda 50 foizli imtiyozli tariflar qo‘llanilishini;
yuklarni vagonlardan tushirib olish muddati bo‘yicha qo‘llaniladigan tariflar (prostoy) miqdorini barcha turdagi bug‘doy importyorlariga dastlabki uch kun uchun 40 foizga pasaytirsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bug‘doy va o‘simlik yog‘i importi bo‘yicha tegishli ruxsatnomalarning qisqa muddatda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.

Download 41.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling