Agrologistika va biznes fakulteti 4-94 guruh talabasi Doniyorov Elbek G'ofur o'g'liga
Download 41.35 Kb.
|
2 5271836643739836201
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqtepa Sohil Bo’yi” korxonasi buxgalteriyasi Buxgalteriya hisobini tashkil etishni o’rganish
- Oqtepa Sohil Bo’yi” korxonasi marketing strategiyasi
1. “Oqtepa Sohil Bo’yi” xususiy korxonasi faoliyati
“Oqtepa Sohil Bo’yi” xususiy korxonasi 2021 yil 10-mart kuni tashkil etilgan. Uning ustavida bilan tanishib chiqdim va u 13 moddadan iborat ekanligini bilib oldim. Ushbu korxona Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan. “Oqtepa Sohil Bo’yi” xususiy korxonasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan e`tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan. Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo`lishga yoki ularning ustav fondida boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tuzishga xaqlidir. Jamiyat tulik firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan manzili ko`rsatilgan dumaloq muhrga ega bo`lishi kerak. Jamiyat o`zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blanklariga, o`z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro`yxatga olingan tovar belgisiga va boshqa o`z belgilariga ega bo`lishiga haqlidir. Jamiyat o`zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo`ladi, o`z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo`lishi mumkin. Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin. Jamiyat o`z majburiyatlari yuzasidan o`ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar bo`ladi. Jamiyat o`z ishtirokchilari majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi. Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo`lmaydi, xuddi shuningdek, jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo`lmaydi. Jamiyat O`zbekiston Respublikasining «Mas`uliyati cheklangan hamda qo`shimcha mas`uliyati Jamiyatlar to`g`risida» Qonuni va nizom asosida faoliyat yurgazadi. Jamiyat ishtirokchisining, auditorning yoki istalgan manfaatdor shaxsning talabiga binoan, jamiyat ularga jamiyatning ta`sis hujjatlari bilan, shu jumladan unga kiritilgan o`zgartirishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga jamiyatning ta`sis shartnomasi va ustavi nusxalarini berishi shart. Jamiyat Qonunda belgilangan muddat mobaynida quyidagi hujjatlarni saqlashi shart: jamiyatning ta`sis hujjatlari, shuningdek, jamiyatning ta`sis hujjatlariga kiritilgan hamda belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan o`zgartirish va qushimchalar kiritish; jamiyat muassislari yig`ilishining jamiyatni tashkil etish va jamiyatning ustav fondiga qo`shiladigan pulsiz xissalarning pul bahosini tasdiqlash to`g`risidagi qarorni, shuningdek, jamiyatni tashkil etish bilan bog`liq boshqa qarorlarni o`z ichiga olgan bayonnomasi; jamiyat davlat ro`yxatidan o`tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat; jamiyatning o`z balansida turgan mol-mulka bo`lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar; jamiyatning filiallari va vakolatxonalari to`g`risidagi nizomlar; jamiyatning obligatsiyalar chiqarishi bilan bog`liq hujjatlar; jamiyat ishtirokchilari umumiy yig`ilishi komissiyasi majlislarining bayonnomalari; auditor tashkilotining xulosalari; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar; jamiyat hujjatlarni o`zining ijro etuvchi organi joylashgan erda yoki jamiyat ishtirokchilariga ma`lum bo`lgan va ular uchun qulay bo`lgan boshqa joyda saqlaydi. Jamiyat o`rnatilgan tartibda quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi: Axoli uchun maishiy xizmatlar; Vakolatchilik, reklama, agentlik, menejment, marketing (shu jumladan qimmatli qog`ozlar bozorida), maslaxat va yordam ko`rsatish, hamda hujjatlarni tarjima qilish va ko`paytirish; Vositachilik xizmatlari; Dizayn; Disklarni, audio, video va boshqa kasseta va disklarni ko`paytirish, ijaraga berish, sotib olish va sotishni tashkil etish; Do`konlar ochish; Zargarlik va antikvar buyumlarini sotish; Internet-kafesi, kompyuter o`yinlarini tashkil qilish; Ishlab chiqarishni tashkil etish; Kimyoviy tozalash xizmatlari; Qishloq xo`jalik, go`sht, sut, teri, jun maxsulotlarini ishlab chiqarish, tayorlash, qayta ishlash, sotish va saqlash; Madaniy-o`yin kulgu tadbirlari bo`yicha xizmatlar qilish; Maishiy, elektron-hisoblash, elektr uskuna va jihozlarini sotish bo`yicha xizmatlar va ularni ijarasini tashkil qilish; Marketing, konsalting, injiniring, lizing, diler xizmatlari; Mebel jihozlarini sotish; Non va konditer maxsulotlarini sotish; Oziq-ovqat maxsulotlarini sotish; Poyfazal sotish; Poligrafiya xizmatlari; Savdo-sotiq va savdo-vositachilik faoliyati; Televizion dasturlar, hamda audio-video maxsulotlarni ishlab chiqarish, ko`paytirish, namoyish etish, ijaraga berish, sotish va retranslyasiya qilish, surat xizmatlar; Tikuvchilik, to`qimachilik maxsulotlarini sotish; Transport vositalariga texnik xizmat, servis xizmatini, shuningdek avtomobillarni yuvishni tashkil qilish; Transport xizmatlari va transport vositalarini sotish; Ulgurji savdo; Umumiy ovqatlanish shoxobchalarini, restoran, kafe, barlarni ochish; Uyali aloqa, faksimil, pochta va kurer aloqasi xizmatlarini ko`rsatish; Xalq ijodiyoti, amaliy va badiiy san`at buyumlarini sotish; Chet tillarga o`qitish, buxgalteriya hisobi va ishlab chiqarish, xunarlariga o`rgatish; “Oqtepa Sohil Bo’yi” korxonasi buxgalteriyasi Buxgalteriya hisobini tashkil etishni o’rganish Bozor munosabatlari sharoitida barcha tashkilot va korxonalar uz faoliyatini xo’jalik hisobi asosida yuritib o’zini-o’zi mablag’ bilan ta'minlaydi. Shuning uchun ham tashkilotlarning buxgalteriya hisobi faoliyat davrida sodir bo’layotgan barcha operatsiyalarni hujjatlar bilan rasmiylashtirib, ularni tegishli schyotlarda qayd kilib, shartnomalarning bajarilishi, moddiy resurslarning to’q’ri ishlatilishi, mulkning but saqlanishi o’stidan nazoratni tashkil qilishi, boshqaruv organlarini uz vaqtida kerakli ma'lumotlar bilan ta'minlashi zarur. Har bir tashkilot korxonalarda buxgalteriya qsobining to’q’ri tashkil qilishning shartlari: Konkret tashkilot, korxona, muassasa faoliyati o’ziga xos xususiyatlarni urganish; Korxona raqbarlarini va yuqori tashkilotlarni korxona faoliyatiga tegishli ma'lumotlar bilan ta'minlash; Xo’jalikda hisob ishlarini harakatdagi tegishli Qonun-qoida,nizom va buyruqnomalar asosida yuritish; Buxgalteriya ishini,xo’jalikning boshqa bo’limlari bilan bo’ladigan o’zaro aloqalarni to’q’ri tashkil qilish; Buxgalteriya xodimlari o’rtaida hisob ishlarini to’q’ri taqsimlash va bu ishlarning qajmi,bajarilishi muddatlarini to’q’ri aniqlash: Korxona va tashkilotlarda qsob ishlari markazlashgan va markazlashmagan bo’lishi mumkin. Markazlashgan qsob ishlari bir necha qulayliklarga ega: Hisob ishlari bir joyda yuritilganligi uchun hisobchining hisob ishlari uz vaqtida to’q’ri olib borish uchun nazorat qilish qulay; Xo’jalik faoliyatini nazorat va tashkil qilish uchun, boshqaruvga barcha ma'lumotlarni shu joydan olish imkoniyati mavjud bo’ladi; 3. Hisob ishlarini elektron hisoblash mashinalar asosida to’liq avtomatlashtirish uchun sharoit yaratiladi. Markazlashtirilmagan buxgalteriya qgsobida tashkilot korxonalarning har bir bo’limlarida hisob ishlari olib boriladi. Demak, bu usul bo’limlari bo’lgan tashkilog va korxonalarda ko’p qo’llaniladi. Bo’limlarda bulagan operatsiyalar bo’yicha to’zilgan hujjatlar, moddiy javobgar shaxslar hisobotlari shu joyning o’zida qabul qilinadi va ma'lum darajada hisob ishlari olib boriladi. Xo’jalikning markazidagi buxgalteriya umumxo’jalikka tegishli faoliyat ishlarining hisobini olib boradi, asosiy sintetik schyotlar bo’yicha registrlarni yuritadi va bo’limdagi hisob ishlarining to’q’riligini nazorat qilib boradi. Buxgalteriya hisobini markazlaiggirilgan va markazlashtirilmagan tarzda tashkil qilishninig o’ziga xos ijobiy hamda salbiy tomonlari bor. Xozirgi paytda kichik elektron mashinalarining ishlab chiqarilishi va hisobchining ish joyida ularning qo’llanilishi buxgalteriya ishini markazlashmagan tarzda tashkil qilish uchun sharoit yaratmokda. Bo’limlarda hisobchilar elektron mashinalarda analitik va ayrim sintetik schyotlar bo’yicha hisob ishlarini olib boradilar.markaziy buxgalteriyadagi elektron mashinalarga esa kerakli ma'lumotlar avtomatik tarzda o’tkaziladi. Ushbu yuqorida qayd etilgan usullar banklarda va ayrim tashkilotlarda qo’llanilayapti. Barcha kichik korxonalar o'zlarining moliyaviy operatsiyalarini qayd etishlari kerak. Buxgalteriya jurnalining yozuvi moliyaviy hisobot jarayonidagi birinchi qadamdir. Bu korxona tomonidan tuzilgan boshqa barcha moliyaviy hisobotlar uchun asosdir. Har bir moliyaviy operatsiya operatsiyani to'liq ko'rsatish uchun biznes hisobvarag'laridan birining debetini, boshqasining kreditini talab qiladi. Bu ikki martalik buxgalteriya deb ataladi va u biznesning kitoblarini muvozanatlashiga imkon beradigan himoya vositasi hisoblanadi. Ikki martalik buxgalteriya hisobining birinchi bosqichi - bu sizning biznesingiz har kuni amalga oshiradigan har bir moliyaviy operatsiya uchun jurnal yozuvlarini qayd etiladi. Buxgalteriya jurnaliga yozish o’zi nima? Moliyaviy operatsiyani amalga oshirganingizda, ushbu operatsiyani qayd etish uchun umumiy jurnalga jurnal yozuvini kiritasiz. Umumiy jurnal bu xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarning batafsil yozuvidir, operatsiyalar xronologik tartibda keltirilgan. Sizning biznesingiz hajmi va murakkabligiga qarab, har bir operatsiyaga mos yozuvlar raqami berilishi mumkin. Debetlar va kreditlar bir-biriga tenglashishi va buxgalteriya tenglamasi printsipini aks ettirishi kerak. Buxgalteriya jurnalining sahifasida sana, schyotning nomi va raqami, debetlangan va kreditlangan summa, operatsiyaning ma'lumotnoma raqami va operatsiyaga qo'shilishi kerak bo'lgan barcha tafsilotlar uchun ustunlar mavjud. Har doim biznes uchun umumiy jurnal mavjud, ammo biznesga qarab ixtisoslashgan jurnallar ham bo'lishi mumkin. Sizda boshqalar orasida savdo jurnali, sotib olish jurnali va debitorlik qarzlari jurnali bo'lishi mumkin. Eng kichik biznes sub'ektlari bitta yozuvli buxgalteriya tizimidan foydalanishi mumkin, bu erda har bir moliyaviy operatsiya uchun bitta yozuv yoziladi. Har bir yozuv naqd pul tushumi yoki naqd pul berishdir. Yoki biznes pul oladi yoki boshqalarga pul to'laydi. Bir martalik buxgalteriya hisobi buxgalteriya jurnalidan ko'ra ko'proq chek daftarchasidan foydalanishga o'xshaydi, garchi korxonalar hali ham tushumlarni va moliyaviy operatsiyalari to'g'risidagi ma'lumotlarni saqlashni xohlashadi. Ko'pgina korxonalar buxgalteriya balansini aniqlashtirish uchun ikki tomonlama buxgalteriya tizimidan foydalanadilar Ikkala yozuv tizimidan foydalanadigan har qanday korxona kamida umumiy buxgalteriya jurnalidan foydalanishi kerak va o'z biznesining murakkabligiga qarab ixtisoslashgan jurnallardan foydalanishi kerak bo'lishi mumkin. “Oqtepa Sohil Bo’yi” korxonasi marketing strategiyasi Download 41.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling