Tuzuvchilar:
|
S.Tog‘aeva-
|
Toshkent davlat agrar universiteti
“O‘simlikshunoslik va moyli ekinlar”
kafedrasi assistenti.
|
Taqrizchilar:
|
Z.Yuldasheva-
M.Shodmonov -
|
Toshkent davlat agrar universiteti “O‘simlikshunoslik va moyli ekinlar” kafedrasi dotsenti, q.x.f.n
Toshkent davlat agrar universiteti “Dehqonchilik va melioratsiya” kafedrasi dotsenti, q.x.f.n.
| O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
Tolali zig‘ir yetishtirish agrotexnikasi (o‘quv amaliyoti)
|
Ajratilgan soat
|
60
|
Mavzular soni
|
10
|
Dasturning maqsadi
|
Tolali zig‘ir yetishtirish agrotexnikasi biologik xususiyatlari botanik tarifi,navlarining tavsifi hamda ushbu ekinlarni yetishtirish texnologiyasi ekin maydonlari hosildorligi, umumiy xususiyatlari morfologik belgilarini
o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
|
bilim
|
-tolali zig‘ir ekinini ochiq dalada yetishtirish;
-texnologik jarayonlarni texnologik xaritalarga gostlar va reglamentlarga muvofiq holda bajarishning sifatiga qo‘yiladigan talablar.
-tolali zig‘ir ekinini yetishtirishda texnologik jarayonlarni bajarish sifatini nazorat qilish uslublari va ularga ta’sir qiluvchi omillar.
-mashina va mexanizmlarni texnologik sozlash usullari;
-tolali zig‘ir ekinining holatini, ekin maydonlarining fitosanitariya holatini,tuproq holatini nazorat qilish uslublarini tanlash;
-yerni erta bahorda ekishga tayyorlash apregatlarini tanlash, ishga tayyorlash va ishlatish;
-tolali zig‘ir ekinini ekish jarayonini amalga oshirish uchun maqbul ekish chuqurligi,tuproq namligi,ekish usuli va me’yori;
-tolali zig‘ir ekini urug‘larini ekish jarayonida
foydalaniladigan texnika,agregat turlari va ularni ishlatish;
-tolali zig‘ir ekini qator oralariga ishlov berish turlari, soni
va muddatlari;
mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ahamiyati, usullari ,me’yorlari va muddatlari;
-tolali zig‘ir ekinini sug‘orish muddatlari,tartiblari va me’yorlari hamda usullari;
-sug‘orish texnikalari va texnologiyalari;
-tolali zig‘ir ekinida stimulyatorlar qo‘llash muddatlari,tartibi,usullari va me’yorlari hamda ishlatiladigan asbob-uskunalar,texnologiyalar;
begona o‘tlarga qarshi kurashda ishlatiladigan asbob- uskunalar va texnikalarni ishga tayyorlash hamda agrotexnik kurash;
-tolali zig‘ir ekini dalasidagi kasallik va zararkunandalar bilan zararlanish darajasini aniqlash hamda qarshi kurashishda ishlatiladigan asbob-uskunalarni ishga tayyorlash va ishlatish jarayoni;
-tolali zig‘ir ekini hosilini yig‘ishtirish;
-tolali zig‘ir ekini hosilini yig‘ishtirgandan so‘ng amalga
oshiriladigan kuzgi-qishki tadbirlar;
|
Do'stlaringiz bilan baham: |