Kirish, ahamiyati botanik tarifi, biologik xususiyatlari tajriba o’tkazish joyi va yili


Download 23.56 Kb.
bet1/4
Sana19.10.2023
Hajmi23.56 Kb.
#1710475
  1   2   3   4
Bog'liq
KIRISH


  1. KIRISH, AHAMIYATI

  2. BOTANIK TARIFI, BIOLOGIK XUSUSIYATLARI

  3. TAJRIBA O’TKAZISH JOYI VA YILI

  4. TAJRIBA SXEMASI

  5. TAJRIBA NATIJALARI

  6. XULOSALAR

Har bir sohada bo'lgani kabi qishloq xo'jalikda xususan sabzavotchilikda, dehqonchilikda ham mahsulot tan narxini arzonlashtirish va samaradorligini oshirish asosiy masalalrdan biri hisoblanadi. Buning uchun mehnat unumdorligini oshirish texnologik jarayonlarni takomillashtirish sarf xarajatlarni qisqartirish resurslardan oqilona foydalanish talab etiladi. Ana shu masalalar qishloq xo'jalik mulkdorlari faoliyatida dalalarimizda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug'ullangan olimlar diqqat markazida bo'lib kelmoqda.


Bugungi kunda dunyo miqyosida meva va sabzavotlarni kunlik iste’mol ehtiyojini ta’minlovchi sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sabzavotlar ichida bodring asosiy ekinlardan biri bo‘lib, uni ishlab chiqarish hajmini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Dunyo bo‘yicha bodring ekilgan umumiy maydonlar 2 mln. 496 ming gektarni, yalpi mahsulot hajmi esa 83,8 mln. tonnani tashkil etmoqda. Yalpi mahsulot hajmi bo‘yicha so‘nggi yillarda Xitoy (65 mln tonna), Eron (1981 ming tonna), Rossiya (1940 ming tonna), Turkiya (1827 ming tonna) va AQSh (956 ming tonna) yetakchilik qil-moqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 noyabrdagi PQ–4020-son “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019 yil 20 martda imzolangan PQ-4246-son “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2019 yil 23 oktyabrdagi PQ-5853 son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasini 2020-2030 yillarda rivojlanti-rishning Harakatlar strategiyasi” aholini oziq-ovqat xavfsizligi va to‘g‘ri ovqatlanish madaniyati bilan ta’minlash asosiy vazifalardan biri qilib belgilangan. To‘g‘ri ovqatlanish uchun sabzavotlar assortimentini ko‘paytirish, yangi navlarni yaratish, mahsulot sifatini yaxshilash ko‘zda tutilgan.

Download 23.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling