Kirish, ahamiyati botanik tarifi, biologik xususiyatlari tajriba o’tkazish joyi va yili


Download 23.56 Kb.
bet3/4
Sana19.10.2023
Hajmi23.56 Kb.
#1710475
1   2   3   4
Bog'liq
KIRISH

Biologik xususiyatlari
Biologik xususiyatlari. Bodring Qovoqdoshlar oilasiga mansub. Ari bilan changlanadigan mayda mevali navlar Hindiston va Nepalni tropik mintaqalaridan, yirik mevali partenokarpiklari – Xitoydan kelib chiqqan.
Bodring – issiqsevar o‘simlik, sovuqni ko‘taraolmaydi. Urug‘ni unib chiqishi uchun eng pastki harorat chegarasi – 12-13°S. Harorat 25-30°S da urug‘ eng tez (4-6 kundan keyin) unib chiqadi. 11-17°S haroratda nihollarni paydo bo‘lishi 7-16 kungacha cho‘ziladi. Unib chiqish – gullash davridagi kunduzgi quyoshli kunda eng maqbul harorat – 24-28°S, bulutlida 18-22°S, kechasi esa – 12-18°S. Hosil shakllanish davrida eng yaxshi harorat kunduzi 24-30°S va kechasi 16-18°S hisoblanadi. Tuproq harorati 16°S dan pastga tushmasligi kerak. Bodring haroratni keskin o‘zgarishini ko‘taraolmaydi. Har xil navlar turlicha haroratni talab qiladi.
Bodring – qisqa kunlik o‘simlik, ammo aniq ko‘riladigan (ifodalangan) fotoperiodik reaksiya faqat tropik mintaqalardan kelib chiqqan navlarda kuzatiladi. Seleksiya yo‘li bilan uzun kunda ham mo‘l hosil beradigan navlar yaratilgan.
Bodring tuproq va havo namligiga talabchan. Tuproqni eng maqbul namligi – 80%, havoning nisbiy namligi esa – 90%. Tuproqda namni yetishmasligi o‘sishini susaytirishga, ko‘proq erkak guli hosil bo‘lishiga, mevalarni (achchiq) taxir bo‘lishiga, xosilni pasayishiga olib keladi. Tuproqdagi ortiqcha namlik ildizlarni nobud bo‘lishiga olib keladi. Bodring hatto qisqa vaqt bo‘ktirib sug‘orishga ham juda ta’sirchan. Bodring havoning nisbiy namligini pasayishidan qattiq ta’sirlanadi.
Bodring tuproqdan oziq moddalarni ko‘p olmaydi. Lekin, ildiz sistemasining
yuza joylashganligi o‘simlikka faqat tuproqning haydalma katlamiga oziq moddalardan foydalanishga imkon beradi. Usuv davrining qisqa bo‘lishiga qaramasdan, bu davr ichida o‘simlikning ko‘plab palak (barg va poya) hosil qilishga hamda jadal sur’atda meva tugishga ulgurishining sababi tuproqdagi oziq moddalarni juda jadallik bilan o‘zlashtirishdir. Shuning uchun bodringdan mo‘l hosil yetishtirishda tuproq zarur miqdordagi oziq moddalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Qulay sharoitda bodring o‘simligining o‘sishi quiidagi tartibda boradi. Unib chiqqandan keyin 5-6 kun o‘tgach birinchi chin barg chiqaradi, maysalar ko‘ringanidan 25-35 kun keyin yon poyalari paydo bo‘ladi, bulardan keyin esa tez
orada ikkinchi tartibda poyalar o‘sib chiqadi.
35-50 kundan keyin (naviga qarab) bodring gulga kiradi, bunda avval asosiy
poyada joylashgan erkak gullar ochiladi. Urg‘ochi gullar esa kechroq, oradan 1-3
hafta o‘tgach paydo bo‘ladi. Urg‘ochi gullari yon poyalarida ko‘proq, asosiy poyada esa kamroq bo‘ladi. Urg‘ochi gullari erkak gullariga nisbatan ancha kam bo‘ladi.
Bodring hosili bilan oziq elementlarni ko‘p olib ketmay-di. Ammo, ularni o‘simlik tomonidan o‘zlashtirish surati juda yuqori, bu o‘simlikni jami vaznini o‘sib borishi bilan bog‘liq. Bodringni oziqlanish xususiyatlariga uni tuproq aralashmasini konsentratsiyasiga va reaksiyasiga juda ta’sirchanligi ham kiradi (maqbul pH – 6-6,5).
Bodring – bir yillik, o‘suv davri 40-80 kun davom etadigan o‘simlik. Ko‘pchilik navlarni shoxlanishi monopodialdir. Determinant tipda o‘suvchilari ham ma’lum, ular terminal gullarni paydo qilib, simpodial shoxlanishga o‘tishi bilan tavsiflanadi. Ammo bunday navlar himoyalangan yerlarda foyda-lanilmaydi. Shoxlanish turiga ko‘ra bodring navlari kuchli bachkilanuvchi (8 dan ortiq bachki poya hosil qiluvchi), o‘rtacha bachki (5-8 dona) va kamroq shoxlanuvchi (1-4 dona) larga bo‘linadi.
Bodring bir uyli chetdan changlanuvchan, entomofil, gullari ayrim jinsli o‘simlik. Bir o‘simlikda erkak va urg‘ochi gullari mavjud. Gullari sariq, besh gulbargli (1-rasm).
1 – ari bilan changlanadigan kalta mevali navlarining urg‘ochi gullari; 2 – partenokarpik uzun mevali navlarning gullari; 3 – erkak gullar.
Bo‘g‘imlarda urg‘ochi gullar soni turlicha bo‘lishi mumkin: bitta, ikkita va birqancha (to‘pgul), erkak gullar ko‘p miqdorda paydo bo‘ladi. Erkak va urg‘ochi gullar ayrim bo‘g‘inlarda (erkak va urg‘ochi bo‘g‘inlar) yoki har birida aralash holda shakllanishi mumkin. Pastki bo‘g‘in barg bo‘g‘inlaridan ko‘proq erkak gullar paydo bo‘ladi. Poyaning pastki qismidan yuqoriga ko‘tarilib borgan sari erkak va urg‘ochi gullarni nisbati urg‘ochi gullari ko‘payishi tomon o‘zgarib boradi. Asosiy poyaning eng yuqori bo‘g‘inlari va yuqorigi tartib bachkilari faqat urg‘ochi guli bo‘lishi mumkin. Urg‘ochi gullar ochilishidan 2-3 kun ilgari o‘ziga changni qabul qilishga tayyor bo‘ladilar.
Bodringda ikki uyli shakllari ham ko‘p uchraydi. Ularni topilishi bodring ekinini rivojlanishida katta rol o‘ynadi. Ularni birida urg‘ochi gullar ko‘proq bo‘lib va faqat poyaning pastki qismida 2-3 ta erkak gullar paydo bo‘ladi. Boshqalarida ko‘proq erkak va istisno tariqasida urg‘ochi gullar paydo bo‘ladi. Bunday shakllardan foydalanish arilar yordamida changlatish hisobiga geterozisli duragaylarni yaratilishini ta’minladi.
Yaratilgani partenokarpik navlar changlanmagan mevalarni hosil qilishda bu mevalarni uzoq muddat tovar holatini saqlab turishga, terim vaqtini uzaytirib o‘tkazishga imkon beradi. Bu duragaylar issiqxona sabzavotchilikda keng foydalaniladi.
Yashil bodring mevalari kattaligi (20-3000 g gacha), shakli, tuzilishi va rangi bo‘yicha farqlanadi. Birra bodring mevalarini yuzi tuksiz silliqdan to qobirg‘aligacha va bo‘rtiq tikanli bo‘lishi mumkin. Tuklanishi oddiy, murakkab va aralash bo‘lishi mumkin. Mevasi oq rangdan to qora-yashilgacha, jilvasi oqdan to qora ranggacha bo‘lishi mumkin. Qora rangda tuklangan barra bodring mevalari deyarli tez sarg‘ayib ketadi va tovarlik ko‘rinishini yo‘qotadi. Muhim belgilaridan biri – achchiq ta’m beruvchi kukurbitatsinlarni to‘plash qobiliyatidir. Ayrim navlarda meva va barglar, boshqalarda – faqat barralar taxir bo‘lishi mumkin.
Bodring o‘simligi, asosan haydalma qatlamda joylashgan tarmoqlangan ildiz tizimini hosil qiladi. Bodring urug‘ bargining pastki qismidan va poya bo‘g‘inlaridan ham qo‘shimcha ildizlarni oson hosil qiladi. Urug‘ unib chiqqandan so‘ng ildiz tizimini rivojlanishi, yer ustki qismiga nisbatan o‘zib ketishi bilan tavsiflanadi. Ildizni tez o‘sishi tuproqda havo almashinuvi (aeratsiya) yaxshi bo‘lishini talab qiladi.

Download 23.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling