Kirish, ahamiyati botanik tarifi, biologik xususiyatlari tajriba o’tkazish joyi va yili
Bodring xususiyatlari va ahamiyati
Download 23.56 Kb.
|
KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOTANIK TARIFI Ildizi
Bodring xususiyatlari va ahamiyati.
Bodring (Cucumis sativus L.) – qovoqdoshlar (Cucurbitaceae) oilasiga mansub bir yillik o‘tsimon o‘simlik.Uning vatani – Hindiston va Hindi-Xitoyning sernam tropikrayonlari hisoblanadi. U 3000 yildan beri mavjud bo‘lib, keyinchalik boshqa mamlakatlarga tarqalgan. 100 g bodring mevasi tarkibida 96 g suv, 0,6 g protein, 0,1 g yog‘, 2,2 g karbonat gidrat, 0,03 mg vitamin B1 , 0,02 mg vitamin B2 , 0,3 mg niatsin, 12 mg vitamin C, 12 mg kalsiy, 0,3 mg temir, 15 mg marganes va 24 mg fosforni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, 100 gr. mahsulot 12 kilokaloriyaga egadir. Yanada soddaroq tushuntiradigan bo‘lsak, bodring mevasi 4-5% quruq moddaga, shu jumladan, 2% shakar, 1% oqsil, 0,1% yog‘, 0,7% biriktiruvchi to‘qima, 0,4% kulga ega. Uning tarkibidagi kul asosan kaliy va fosfordan iborat. Shuningdek, unda kalsiy, oltingugurt, magniy,natriy, temir, kremniy, xlor, ammoniy, marganes hamda boshqa ko‘plab elementlar mavjud. Bodringdagi o‘ziga xos hid undagi efir moylari (1 kg mevada 10 mg), yoqimli tetiklashtiruvchi ta’m esa organik kislotalar (16-68 mg% quruq moddalar) mavjudligidan. Bodringning pishmagan barra mevalari yangiligicha, tuzlangan yoki konservalangan holda iste’mol qilinadi. Bodring ishtahani ochadi hamda boshqa ovqatlarni hazm qilishga yordam beradi. U buyrakdagi toshlarni, siydik kislotasi kristallarini eritadi, turli xildagi yaralarni yo‘q qiladi, ateroskleroz hamda semirishning oldini olishga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, undan kosmetikada ham keng foydalaniladi. BOTANIK TARIFI Ildizi Bodringning asosiy ildizi o‘q ildiz bo‘lib, tuproqning 20-25 sm li haydalma qatlamida taralib o‘sadi. O‘q ildiz va ayrim popuk ildizlari hatto 1 metrga qadar o‘sishi mumkin. Bodring o‘simligi tuproq namligiga talabchan bo‘lganligi sababli uning ildizlari yerning yuzaroq qismida o‘sadi. Ildizlarning 60-70 foizi tuproqning 10-20 sm chuqurligida joylashadi. Ildizlarning yon tomonga tarqalish radiusi 1,5 metrga yaqin. O‘simlikning asosiy va yon poyalari nam tuproqqa tegsa, bo‘g‘imlaridan qo‘shimcha ildizlar chiqarish xususiyatiga ega Poyasi Bodring poyasi yashil rangli, shoxlanuvchan, qirrali, tukli bo‘lib, 4-5 ta barg paydo qilgach, yerga yotib, yoyilib palak otadigan yoki atrofdagi narsalarga (jingalaklari bilan) chirmashib yuqoriga o‘sadigan o‘simlikdir. Issiqxonalarda bodring poyalari hosilini ko‘tarib tura olmasligi sababli ipga o‘ralgan holatda (tik sim bag‘azda) o‘stiriladi. Asosiy poyasi uzunligi naviga va o‘sayotgan sharoitiga qarab 50-100 sm dan 2 m gacha yetadi, ba’zan bundan ham oshib ketadi. Poyasida qattiq tuklar va tikanlar mavjud. Asosiy poyadagi barg qo‘ltiqlaridan chiqadigan yon shoxdan ikkinchi tartib poyalar o‘sib chiqadi. Bir necha (7-10 ta) barg chiqargandan keyin poyada jingalaklar hosil bo‘ladi. Poyasining shoxlanishiga qarab, kuchli shoxlanadigan (8 dan ortiq yon shoxlar chiqaradigan), o‘rtacha shoxlanadigan (5-8 ta shox chiqaradigan) va sust shoxlanadigan (1-4 ta shox beradigan) bodring navlari mavjud. Sust shoxlandigan ba’zi determinant navlari shoxlanmaydi. Bargi Bodring barglari naviga qarab yuraksimon, uchli yuraksimon va yuraksimon-panjasimon bo‘ladi. Bargi bandli, yaxlit, barg plastinkasining shakli, katta-kichikligi va qirqilganligi naviga qarab va bitta o‘simlikning o‘zida har xil bo‘ladi. Dastlabki barglari kichikroq va nisbatan dumaloq shaklda bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bodring barglari uzunligi issiqxonalarda 25-30 sm ga yetishi mumkin. Barglarning cheti tekis yoki tishli bo‘ladi. Barglarning turli xil shakllari mavjud bo‘lib, ulardan yuraksimon shakllisi ko‘p uchraydi. Bargning ustki yuzasi tekis va och rangli, osti esa to‘lqinli, xira va tuklidir. Barglari juda nozik, oson sinuvchan ya’ni, mo‘rt bo‘ladi. Bodring poyasidagi jingalaklar ham botanik jihatdan suvsizlikka uchragan barglardir. Bu jingalaklar o‘simlikning o‘zini tutishi va poyadan uzilib ketmasligi uchun muhim tirgak hisoblanadi. Uchinchi-to‘rtinchi va keyingi barg qo‘ltiqlarida urg‘ochi gullar hosil bo‘ladi. Guli Bodring gullari ayri jinsli bo‘lib – erkak va urg‘ochi gullardan iborat. Gullarning rangi sariq, 5 ta tojibargdan iborat. Erkak gullari barg qo‘ltiqlarida joylashgan bo‘lib, qalqonsimon to‘pgul hosil qiladi. Urg‘ochi gullari barg qo‘ltig‘ida, ko‘proq yon poyalarda bittadan, kamdan-kam ikki-uchtadan joylashadi. Urg‘ochi gullarining tugunchasi pastda bo‘lib, usti qalin tuk bilan qoplangan. Erkak gulda esa tuguncha o‘rnida gul bandidan tashkil topgan bo‘ladi. Avval asosiy poyada joylashgan erkak gullar ochiladi. Urg‘ochi gullar esa kechroq, oradan 3-4 kun o‘tgach paydo bo‘ladi. Issiqxonada yetishtirish uchun bodringning ko‘proq 100 foiz urg‘ochi gulli navlari ekiladi, ammo ayrim paytlarda salbiy muhit sharoiti ta’siriga uchrasa, erkak gullar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda erkak gulli o‘simlikni olib tashlash lozim. Erkak gullari olib tashlanmasa, changlanish davrida paydo bo‘lgan hosilning shakli va sifati o‘zgarishi mumkin. Mevasi Issiqxonalarda bodringning ko‘proq yirik mevali navlari yetishtiriladi. Bodring mevasi to‘q yashil, yashil, och yashil va oqishroq rangli hamda usti silliq yoki cho‘tir bo‘ladi. Mevasining shakli silindrsimon, urchuqsimon, tuxumsimon bo‘ladi. U 7-10 kunlik yangi uzilgan holida iste’mol qilinadi. 5 sm gacha bo‘lgan 2-3 kunlik ko‘rnishon, 5-9 sm uzunlikdagi 4-5 kunlik barra bodringlar tuzlama va konservalash uchun ishlatiladi. Urug‘i Urug‘lari cho‘ziq-ellipssimon, rangi oq yoki och sariq, 1000 dona urug‘ining vazni 16-40 g. Bir grammda 30-60 dona bodring urug‘i bo‘ladi. Urug‘lar 5-6 yilgacha unuvchanlik xususiyatini saqlaydi. Issiqxonalarda bodringning urug‘lanmasdan, ya’ni partenokarpik yo‘l bilan ko‘payadigan urug‘siz duragay navlari ham bor. Bodring o‘simligining urug‘lik mevasi o‘simlik unib chiqqanidan 90-120 kun o‘tganidan so‘ng yetiladi. Download 23.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling