Agronomiya (ekin turlari bo‘yicha) kasbi


Download 1.05 Mb.
bet99/254
Sana19.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1787049
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   254
Bog'liq
50810501.Агрономия (1)

O‘quv rejaga muvofiq
o‘zarobog‘liq bo‘lgan fan
nomi

Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, Ekologiya va atrof- muhit muhofazasi, Botanika va o'simliklar fiziologiyasi, Tuproqshunoslik va agrokimyo, Umumiy dehqonchilik va melioratsiya, Tolali yigiriluvchi ekinlarni yetishtirish, квалификация
бўйича ўquv, иshlab chiqarish, дiplomoldi amaliyotлари



O‘qitishning tashkiliy shakli

N – Nazariy ta’lim; A – Amaliy ta’lim;
NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;
MX – Maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot.

Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida

Baholash tartibi

Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida

O‘quvchilarning bilim
va ko‘nikmalarini baholash

Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq




    1. O‘quv dasturi mazmuni





Mavzular nomi



Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O‘ qitishning
tashkiliy shakli

Mustaqil ta’ lim

1.

Jahon paxtachiligi. Paxta chilikni xalq xo‘jaligidagi ahamiyati

Dunyo davlatlarida paxta yetishtirish ekin maydonlari, yalpi hosili va hosildorligi. Respublikamizda paxta yetishtirish holati va istiqbollari.

2

MX- N



1

2.

G‘o‘zaning kelib chiqishi,
tarqalishi.

G‘o‘zani kelib chiqishi tarixi va uning geografik tarqalishi g‘o‘zaning avlodi, oilasi va turi. g‘o‘zaning asosiy genomlarining tarqalishi, har xil madaniy turlarining morfologik, biologik farqlanishi.

2


MX- N



1

3

G‘o‘za biologiyasi.G‘o‘zanitash qi muhit sharoitlariga bo‘l-
gan talabi

G‘o‘zani tuproqqa, haroratga, suvga, oziq moddalarga va yorug‘likka bo‘lgan talabi. G‘o‘zaning o‘sib rivojlanishi uchun talab etilgan quyi qulay va yuqori haroratlar, foydali harorat yig‘indisi. G‘o‘zaning rivojlanishi davrida oziq moddalarga bo‘lgan talabi.

2


MX- N



1


4

Yerga asosiy ishlov berish, chigit ekishga tayyorlash, Chigit ekish usuli, ekish muddatlari va me’yori

G‘o‘zapoyalarni yig‘ishtirib olish. Begona o‘tlarga qarshi kurashish, dalani tekislash,yerlarning sho‘rini yuvish va yaxob suvi berish.Chigit ekish




MX- A

1








texnologiyasi, ekish muddatlari va me’yorlari. Chigitni erta va to‘liq undirib olish tadbirlari.

2







5

G‘o‘zani yagonalash va ko‘chat qalinligi

G‘o‘zani yagana qilish. Yagana qilish muddatlari va usuli ahamiyati. Turli g‘o‘za navlarida va tuproq sharoitida muqobil ko‘chat qilinligi. Tuproq sharoitiga ko‘ra ko‘chat qalinligi sxemasi. Paxta hosildorligini oshirish va sifatini yaxshilashda barcha agrotexnik tadbirlarni
o‘z vaqtida o‘tkazishning ahamiyati.

2


MX- N

1


6

G‘o‘za
qatororalarigaishlovberish

G‘o‘zaqatororalariniishlashmuddatlari, kengligi va chuqurligi. Himoya zonasi kengligi, g‘o‘zani o‘toq qilish va ketmonchopig‘i. Kultivatsiya ishchi qismlarini o‘rnatish sxemalari.

2

MX- N

1

7

G‘o‘zani o‘suv davrida namga bo‘lgan talabi va sug‘orish

G‘o‘zani turli davrlarda suvga bo‘lgan talabi, sug‘orish manbalari. Sug‘orish sxemalari, tuproqning mexanik tarkibiga yer osti suvining joylashish chuqurligiga qarab mavsumiy va har galgi sug‘orish me’yori. Sug‘orish muddatini o‘simlikning fiziologik belgilariga va tashqi ko‘rinishiga qarab aniqlash.Sug‘orish usullari va
texnikasi.

2

MX- A



1

8

G‘o‘zani organik va mineral
oziqlantirish

Mineral o‘g‘itlar (azotli, fosforli,kaliyli,murakkab o‘g‘itlar). Mikro o‘g‘itlar, maxalliy o‘g‘itlar, ko‘kat o‘g‘itlar, bakterial o‘g‘itlardan foydalanish). Bedapoyadan bo‘shagan yerda o‘g‘itdan foydalanish. G‘o‘zani o‘g‘itlash usullari, me’yorlari va texnikasi. G‘o‘zani o‘g‘itlashni boshqa agrotexnika ishlari bilan bog‘lab
olib borish.

2

MX- N

1

9

G‘o‘zani chekanka qilish

Chekanka o‘tkazish usullari: ko‘lda, mashinada, kimyoviy usulda. g‘o‘zani rivojlanishiga, ko‘chat qalinligiga qarab chekanka o‘tkazish muddatlari. Chekankaning ahamiyati va iqtisodiy
jihatidan samaradorligi

2

MX- N

1

10

Paxtachilikda begona o‘tlar, g‘o‘za kasalliklari, zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari.

Begona o‘tlarning zarari. Begona o‘tlarning biologik guruhlari. Parazit begona o‘tlar.Yashil begona o‘simliklar. Dalani bego na o‘t bosganligini aniqlash. Paxta dalalarida begona o‘tlarga qarshi kurash choralari. Begona o‘tlarning hosil
sifati va miqdoriga ta’siri. Begona o‘tlarga

2


MX- A

1








qarshi kurashning dehqonchilikdagi ahamiyati. Gommoz, ildiz chirish, vilt, ko‘sak, tola kasalliklari va ularga qarshi
kurash choralari.










11

G‘o‘zada defoliatsiya va desikatsiya o‘tkazish

Paxtani o‘z vaqtida sifatli qilib mashinada terib olish uchun yig‘im terimga tayyorgarlik ko‘rishdagi agrotexnika tadbirlar ichida barglarni to‘ktirish (defoliatsiya) va o‘simlikni quritish (desikatsiya) qilish.Defoliatsiya va desikatsiya qilishda ishlatiladigan dorilar, ularning g‘o‘zaga bo‘lgan ta’siri, ishlatish me’yori va usuli, dorilarni ishlatishdagi
ehtiyot choralari

2

MX- A



1

12

Dalaniterimgatayyorlashvat erish.

Terim oldidan hosilni aniqlash usullari. Begona o‘tlardan tozalash, o‘qariqlarni tekislash, xirmonlarni tayyorlash, paxta teradigan, ko‘sak teradigan, to‘kilgan paxtani teradigan, kurak chiviydigan mashinalar, paxta tashiydigan telejkalar va shunga o‘xshash mashina transport vositalarini tayyorlash. Dalani mashina
terimiga tayyorlash.

2

MX- A



1

13

Paxta tashish telejkalar va shunga o‘xshash mashina transport vositalarini tayyorlash va dalani
mashina terimigatayyorlash.

Paxta tashiydigan telejkalar va shunga o‘xshash mashina transport vositalarini tayyorlash. Dalani mashina terimiga tayyorlash.

2

MX- A



1

14

Paxtachilikdafan yutuqlari innavatsion texnologiyalar va ilg‘or tajribasini qo‘llash.

Ilg‘or xo‘jaliklarning yuqori hosil yetishtirish borasidagi tajribalarini keng qo‘llash, paxta hosildorligini oshirish, tannarxni arzonlashtirish, dexqonchilikda fan yutuqlarini qo‘llash.

2

MX- A

1

15

G‘o‘za ildiz sistemasi

G‘o‘za ildizining morfologik tuzilishi va uning tuproq qatlamlari bo‘ylab tarqalishi, yon ildizlarning shoxlanishi hamda ildizlarning namlikka qarab harakat
qilishi.

2

MX- A



1

16

Chigit ekish chuqurligi va
me’yorini aniqlash

Chigit ekish muddatlari, chuqurligi
me’yori va ekishga tayyorlash
texnologiyasi.

2


MX- A

1


17

G‘o‘za bargining morfologik
tuzilishi

Asosiy madaniy g‘o‘za turlari barglarining barg yonligi, hajmi, shakli, rangi, tukliligi, bo‘laklarga bo‘linishi va barglarni bosh poyaga yo‘nalishi tartibini
o‘rganish.

2

MX- A



1

18

G‘o‘za bo‘yicha farqlanish, o‘xshashlik va barqarorlik
mezonlarini o‘rganish

Asosiy ekiladigan madaniy g‘o‘za turlari morfologik belgilarini o‘rganib, turlarning
farqini aniqlash, rasmlarini chizish.

2


MX- A

1


19

G‘o‘za shoxlarining tuzilishi,
shoxlanish tiplari

G‘o‘za tupining umumiy va morfologik tuzilishini o‘rganish asosida uning monopodial va simpodial shoxlari bilan tanishish. G‘o‘zaning shoxlanish xarakteriga qarab, uning g‘uj yoki tarqoqligi e’tiborga olinib, ekish sxemasi hamda mexanizatsiyaga moslashganligini
baholash.

2


MX- A



1


20

Simpodial shoxlarning tiplari va kenja tiplarini farqlash

Hosil shoxlarining cheklangan va cheklanmagan xili va cheklanmagan hosil
shoxlarining kenja tiplari bayon etiladi.

2


MX- A

1


21

G‘o‘zada gullash qonuniyati. G‘o‘za gulining tuzilishini o‘rganish.

Uzoq va qisqa navbatli gullash, g‘o‘za tupida yarus va konislar to‘g‘risida tushuncha. Asosiy ekiladigan madaniy g‘o‘za turlari gullarining morfologik
tuziishini o‘rganish.

2

MX- A



1

22

G‘o‘za ko‘sagi morfologiyasi

G‘o‘za ko‘saklarining morfologik tuzilishi, ularning o‘ziga xos belgi- xususiyatlari bilan tanishish. Ko‘sak bandi, ko‘sak chanog‘i, ko‘sak qismlari va ko‘sakning ochilish mexanizmini o‘rganish. Chigitning morfologik tashqi va ichki
tuzilishlarini o‘rganish.

2


MX- A

1


23

Hosil organlari to‘kilish
qonuniyati

Hosil organlarining to‘qilish miqdori va
uning sabablari.

2


MX- N

1


24

G‘o‘zani rivojlanish faza-lari
hisobi

G‘o‘zaning asosiy va oraliq rivojlanish
fazalarining o‘tish muddatlarini hisoblash.

2

MX-
A

1

25

Chigitni unuvchanligini laboratoriya sharoitida
aniqlash

Urug‘dan chigitni unuvchanligini
laboratoriya sharoitida qumda yoki filtr
qog‘ozda 3-5 kunda aniqlash.

4


MX- A

2


26

Paxtachilikda gerbitsidlarni ishlatish uslublari va
me’yorlarini aniqlash

Gerbitsidlarga umumiy ta’rif. G‘o‘za dalalarida qo‘llanishga ruxsat etilgan gerbitsidlar. Gerbitsidlarni qo‘llash
texnologiyasi.

4


MX- A



2


27

G‘o‘zada rejalashtirilgan sxemalar bo‘yicha nazariy ko‘chat qalinligini aniqlash

Har xil ekish sxemasi asosida chigit ekilganda bir gektar maydonga o‘rtacha qancha ko‘chat joylashishini, g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanish davrida paxta paykallarida haqiqiy ko‘chat qalinligini
aniqlash.

4

MX- N

2

28

G‘o‘zani tuproq iqlim sharoitiga qarab sug‘orish
sxemasini aniqlash

G‘o‘zani o‘suv davrida turli xil tuproq gidrogeologik sharoitlar uchun sug‘orish
tartibi.

4


MX- A

2


29

G‘o‘zani sug‘orish grafigini
tuzish

G‘o‘zani o‘suv davrida turli xil tuproq gidrogeologik sharoitlar uchun sug‘orish
grafigini tuzish tartiblari.

4


MX- A

2


30

G‘o‘zada defoliatsiya va
disikatsiya qilish
muddatini ,me’yorini
aniqlash

Defoliatsiya va desikatsiyada ishlatiladigan dorilar, magniy xlor, kalsiy xlor-xlorid, kalsiy sinamid, dropp va boshqalar. Preparatlarning g‘o‘zaga ta’siri, ularning ishlatish muddatlari, me’yorlari va usuli. Defoliatsiya va desikatsiya qilishda
ehtiyot choralar.

4


MX- A

2


31

G‘o‘zani kultivatsiya qilish muddatini va chuqurligini belgilash.

Kultivatsiya qilishdan maqsad, uning ahamiyati, chuqurligi va muddatini aniqlashni o‘rganish.

4


MX- N

2


32

Paxta hosilini aniqlash usullari.

Terim oldidan hosilni aniqlash va dalani paxta terimiga tayyorlash. Terim oldidan hosilni aniqlash metodikasi. Namunalar
olish yo‘li, soni, namunadagi ko‘rsatkichlar

4


MX- A



2



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling