Agrosanoat majmuasi potensiali Rej
Download 322.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Agrosanoat majmuasi potensiali Asadbek
Agrosanoat majmuasi potensiali Rej: 1. Agrosanoat majmuasining zarurligi, maqsadi, vazifalari va tarkibi. 2. Agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlar o`rtasidagi munosabatlar 3. Agrosanoat majmuasining holati, iqtisodiy-ijtimoiy samaradorlik darajasi, ularni rivojlantirilishi. 4. Oziq-ovqat va xalq iste'moli mollari majmuasi. Davlatning oziq-ovqat xavfsizligi Agrosanoat majmuasining zarurligi, maqsadi, vazifalari va tarkibi XXI asrning birinchi o`n yilligida jahonda fan-tehnika, tehnologiya innovatsiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ularni amaliyotga joriy etish maqsadida davlatlararo siyosiy hamda iqtisodiy munosabatlar ham rivojlanmoqda. Bunday jarayon o`z navbatida xalqaro miqiyosda mehnat taqsimotini yanada yuksalishini hamda takomillashishini talab etmoqda. Jahondagi aholi soni ham yil sayin oshib bormoqda. Respublikamizning erkin bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tishi ta'minlanayotgan yillarda mamlakat aholisining o`rtacha soni bir yilda 340-360 ming nafarga yoki 1,2-1,4 foizga o`smoqda. Shu bilan birga sanoat korxonalari soni va ishlab chiqarish quvvatlari ham yil sayin oshib bormoqda. Bunday holatlar respublikada xomashyo, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa xalq iste'moli mollarini ishlab chiqarishni rivojlantirilishini taqozo etmoqda. Bu muammolarni echish uchun eng avvalo tarmoqlararo mehnat taqsimotini rivojlantirgan holda qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini va u bilan uzviy bog`liq bo`lgan xizmat ko`rsatish hamda qayta ishlash tarmoqlarni mutanosib ravishda rivojlanishini ta'minlashga erishish, so`ngra tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va ularni iste'molchilarga yetkazuvchi tarmoqlarning tashkiliy, texnikaviy, texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy bog`lanishini ta'minlash lozim. Ko`rinib turibdiki, qishloq xo`jaligini barqaror ravishda rivojlantirish, samaradorligini yuksaltirish uchun uni yangi qishloq xo`jalik mashinalari, texnikalari, transport va kimyoviy vositalar, mineral o`g`itlar, yoqilg`i hamda yog`lovchi materiallar, qurilish materiallari, ozuqa moddalari bilan to`liq va mutanosib ravishda ta'minlab, mustahkam moddiy-texnika bazasini barpo etish kerak. Demak, qishloq xo`jaligining kelajakdagi rivoji dastavval uning uchun zarur bo`lgan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari faoliyatiga bevosita bog`liqdir. Shuningdek, agrar sohaning ravnaqi unga xizmat ko`rsatuvchi, ya'ni qishloq xo`jaligi korxoanalarini ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlovchi, tarmoqdagi mashina-traktor va boshqa texnikalarni ta'mirlovchi, xo`jalik ob'ektlarini quruvchi, irrigatsiya-melioratsiya va kimyoviy, tehnik va transport xizmatlarini bajaruvchi tarmoqlar faoliyatiga ham bog`liqdir. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi samaradorligi esa tarmoqda yyetishtirilgan xomashyolardan aholining barcha talablarini to`liq va sifatli qondira oladigan oziq-ovqat, gazlama, kiyim-bosh, oyoq kiyim va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarining syerqirrali faoliyatiga ham bog`liq. Yuqoridagilardan ma'lum bo`lishicha, respublika fuqarolarining tayyor oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabining to`liq qondirilishi bu muammoni hal etilishini ta'minlashda qatnashuvchi barcha tarmoqlarga turli xildagi ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqardagian sanoat tarmoqlari, qishloq xo`jaligi, unga xizmat ko`rsatuvchi, qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlab, tayyor mahsulot darajasiga yetkazuvchi va ularni iste'molchilarga yetkazib beruvchi barcha tarmoqlarning tashkiliy, texnikaviy, texnologik, iqtisodiy hamda ijtimoiy bog`lanishini ob'ektiv holda taqozo etadi. Shuning uchun ular maqsadga muvofiq ravishda joylashtirilib, ixtisoslashtirilib, xalq xo`jaligi miqyosida mehnat taqsimoti amalga oshirilishini ta'minlashlari zarur. Yuqorida ta'kidlangan tarmoqlar yagona maqsad yo`lida o`zaro bog`lanishi natijasida respublika agrosanoat majmuasi shakllanadi. Mamlakat agrosanoat majmuasining asosiy maqsadi – aholini sifatli oziq-ovqat va xalq iste'moli tovarlari bilan talab darajasida ta'minlashdir. Bu masala ulkan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lib, uning talab darajasida hal etilishi aholi turmush darajasini yuksaltiradi, ularni farovon yashashini ta'minlaydi. Shuning uchun ham bu masalaga Respublika hukumati tomonidan alohida e'tirbor berilmoqda, ya'ni agrosanoat majmuasiga kiruvchi barcha tarmoqlarni rivojlantirish bilan bog`liq bo`lgan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularni hayotga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Respublika agrosanoat majmuasi o`z maqsadga erishishi uchun quyidagi asosiy vazifalarni yechilishini taqozo etadi: - Respublika agrosanoat majmuasining maqsadini to`liq va samarali bajarilishini taminlay olish qobilyatiga ega bo`lgan tarkibning (ya’ni tarmoqlarni) maqsadga muvofiq holda tashkiliy, texnologik, texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan o`zaro uzviy bog`lanishini ta'minlash; - majmua tarkibidagi korxonalarni barcha omillarni e'tiborga olgan xolda maqsadga muvofiq oqilona joylashtirish hamda ularning ixtisoslashtirilishi va integratsiyalashuvini ta'minlash; - samarali faoliyat ko`rsatishini ta'minlash maqsadida barcha korxonalarni zamonaviy texnikalar bilan jihozlash, ularda ilg`or, innovatsion texnologiyalarni joriy etish; - agrosanoat majmuasi tarkibidagi korxonalar ixtiyoridagi barcha resurslardan (tabiiy, kapital, mehnat) tadbirkorlik bilan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va kimyolashtirish orqali doimiy va o`zgaruvchan xarajatlarni kamaytirib, ekologik talablarga javob beradigan mahsulotlarni zarur miqdorda ishlab chiqarish, ularni iste'molchilarga yetkazib berib, ko`proq foyda olishni ta'minlash; - agrosanoat majmuasi tarkibidagi korxonalar o`rtasida ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini o`zaro samarali ayriboshlanishini ta'minlaydigan narxlarni maqsadga muvofiq miqdorini ma'lum muddatlarga belgilash; - majmuada faoliyat ko`rsatayotgan rahbar, ishchi va xizmatchilarning malakalarini oshirish, ular mehnatlarining miqdoriga, pirovard natijasiga ko`ra rag`batlantirilishini rivojlantirish va boshqalar. Agrosanoat majmuasi maqsad hamda vazifalaridan kelib chiqqan holda uning tarkibi quyidagi 4 ta bo`g`indan (sohadan) tashkil topishi mumkin: (2.1.1-chizma) Download 322.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling