Agrosanoat majmuasi potensiali Rej
Agrosanoat majmuaning 3-bo`g`ini
Download 322.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Agrosanoat majmuasi potensiali Asadbek
Agrosanoat majmuaning 3-bo`g`inini qishloq xo`jaligini rivojlanishiga xizmat
ko`rsatadigan tarmoqlar kiritiladi, jumladan, ekinlarni, chorva hayvonlarini suv bilan ta'minlaydigan, yerlarning meliorativ holati yaxshilanishini ta'min etuvchi chora-tadbirlar tizimini amalga oshiradigan suv xo`jaligi tarmog`i; Qshloq xo`jalik sub'ektlariga yer haydash, ekinlarni ekish, ularga ishlov berish, yyetishtirilgan hosilni yig`ishtirib olish bilan bog`liq bo`lgan xizmatlarni ko`rsatuvchilar tarmoqda foydalanilayotgan barcha texnikalarga servisi sharoitini yaratuvchilar; tarmoqda yirik bino-inshootlarni quruvchi, mavjudlarini ta'mirlovchi tarmoq; tarmoqqa zooveterinariya xizmati, shuningdek, hasharotlarga, zararkurandalarga, begona o`tlarga qarshi kurashish maqsadida kimyoviy xizmat ko`rsatadigan sohalarni o`z ichiga oladi. Qishloq xo`jaligini yoqilgi, yonilg`i va yog`lovchi materiallar hamda elektroenyergiya bilan ta'minlaydigan tarmoqlar ham shu soha tarkibiga kiritiladi. Yuqorida ta'kidlangan tarmoqlar qishloq xo`jaligiga barcha turdagi ishlarni, xizmatlarni o`z vaqtida, sifatli ko`rsatishlari natijasida turli xildagi qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirishga ulkan hissa qo`shadilar. Jumladan, ular texnikalarni ta'mirlab, ekinlar ekiladigan maydonlarni agrotexnik muddatlarda sifatli haydab, ekishga tayyorlab, ekib, unib chiqqan o`simliklarga ishlov berib, yyetishtirilgan hosilni belgilangan muddatlarda sifatli yig`ib olish natijasida qishloq xo`jalik mahsulotlarining miqdorini oshirishga, ularning sifatini yaxshilashga bevosita ta'sir ko`rsatadilar. Ularni oqilona hamda uddaburonlik bilan sotish natijasida esa qishloq xo`jalik korxonalari foyda massasini ko`paytirishga erishishlari mumkin. Bu tarmoqlar yuqori unumli texnikalar yordamida barcha turdagi ish va xizmatlarni mexanizatsiyalashtirilishini, avtomatlashtirilishini, elektrlashtirilishini hamda kimyolashtirilishini ta'minlashga ko`maklashib, jonli mehnat sarfi kamaytirilishi evaziga mehnat unumdorligi darajasini oshishiga muayyan hissa qo`shadilar. Respublika hukumati qishloq xo`jaligida servis sharoitini yaratish maqsadida infratuzilma tizimini rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlarni keng ko`lamda amalga oshirish natijasida qishloqda infratuzilma tizimini barpo etishga erishdi. 2010-yilning boshiga sohada 1757ta MMTP, 1712ta SFU, 1389ta YMM, 935ta mineral o`g`itlarni sotish shahobchalari, 1478ta minibanklar, 424ta qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlash, 2411 ta zotli mollarni sotish va zooveterinariya xizmatlarini ko`rsatuvchi, 300ta konsalting xizmatini ko`rsatuvchi, 78ta toza idishlar va qadoqlash bilan shug`illanuvchi shahobchalar faoliyat ko`rsatmoqdalar. Bu sohadagi tarmoqlarning asosiy maqsadi – qishloq xo`jalik korxonalariga barcha turdagi xizmatlarni, ishlarni muddatida, sifatli bajarishdir. Ular 2009-yilda milliardlab so`mlik hizmat ko`rsatib Respublika yalpi ichki mahsulotini rivojlanishiga sezilarli hissa qo`shmoqda. Download 322.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling