Agrosanoat majmuasi potensiali Rej


Download 322.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana19.04.2023
Hajmi322.94 Kb.
#1366716
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Agrosanoat majmuasi potensiali Asadbek



 
 
 
Agrosanoat majmuasi potensiali 
Rej:

1. Agrosanoat majmuasining zarurligi, maqsadi, vazifalari va tarkibi. 
2. Agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlar o`rtasidagi munosabatlar 
3. Agrosanoat majmuasining holati, iqtisodiy-ijtimoiy samaradorlik darajasi, 
ularni rivojlantirilishi. 
4. Oziq-ovqat va xalq iste'moli mollari majmuasi. Davlatning oziq-ovqat 
xavfsizligi 

 
 


 Agrosanoat majmuasining zarurligi, maqsadi, 
vazifalari va tarkibi 
  
XXI asrning birinchi o`n yilligida jahonda fan-tehnika, tehnologiya innovatsiyasi 
jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ularni amaliyotga joriy etish maqsadida davlatlararo 
siyosiy hamda iqtisodiy munosabatlar ham rivojlanmoqda. Bunday jarayon o`z navbatida 
xalqaro miqiyosda mehnat taqsimotini yanada yuksalishini hamda takomillashishini talab 
etmoqda. Jahondagi aholi soni ham yil sayin oshib bormoqda. 
Respublikamizning 
erkin 
bozor 
iqtisodiyotiga 
bosqichma-bosqich 
o`tishi 
ta'minlanayotgan yillarda mamlakat aholisining o`rtacha soni bir yilda 340-360 ming 
nafarga yoki 1,2-1,4 foizga o`smoqda. Shu bilan birga sanoat korxonalari soni va ishlab 
chiqarish quvvatlari ham yil sayin oshib bormoqda. Bunday holatlar respublikada 
xomashyo, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa xalq iste'moli mollarini ishlab chiqarishni 
rivojlantirilishini taqozo etmoqda. Bu muammolarni echish uchun eng avvalo tarmoqlararo 
mehnat taqsimotini rivojlantirgan holda qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini va u bilan 
uzviy bog`liq bo`lgan xizmat ko`rsatish hamda qayta ishlash tarmoqlarni mutanosib 
ravishda rivojlanishini ta'minlashga erishish, so`ngra tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchi va ularni iste'molchilarga yetkazuvchi tarmoqlarning tashkiliy, texnikaviy, 
texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy bog`lanishini ta'minlash lozim. 
Ko`rinib turibdiki, qishloq xo`jaligini barqaror ravishda rivojlantirish, samaradorligini 
yuksaltirish uchun uni yangi qishloq xo`jalik mashinalari, texnikalari, transport va 
kimyoviy vositalar, mineral o`g`itlar, yoqilg`i hamda yog`lovchi materiallar, qurilish 
materiallari, ozuqa moddalari bilan to`liq va mutanosib ravishda ta'minlab, mustahkam 
moddiy-texnika bazasini barpo etish kerak. Demak, qishloq xo`jaligining kelajakdagi 
rivoji dastavval uning uchun zarur bo`lgan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi 
sanoat tarmoqlari faoliyatiga bevosita bog`liqdir. Shuningdek, agrar sohaning ravnaqi 
unga xizmat ko`rsatuvchi, ya'ni qishloq xo`jaligi korxoanalarini ishlab chiqarish vositalari 
bilan ta'minlovchi, tarmoqdagi mashina-traktor va boshqa texnikalarni ta'mirlovchi, 
xo`jalik ob'ektlarini quruvchi, irrigatsiya-melioratsiya va kimyoviy, tehnik va transport 
xizmatlarini bajaruvchi tarmoqlar faoliyatiga ham bog`liqdir. 
Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi samaradorligi esa tarmoqda yyetishtirilgan 
xomashyolardan aholining barcha talablarini to`liq va sifatli qondira oladigan oziq-ovqat, 


gazlama, kiyim-bosh, oyoq kiyim va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat 
tarmoqlarining syerqirrali faoliyatiga ham bog`liq. 
Yuqoridagilardan ma'lum bo`lishicha, respublika fuqarolarining tayyor oziq-ovqat va 
nooziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabining to`liq qondirilishi bu muammoni hal 
etilishini ta'minlashda qatnashuvchi barcha tarmoqlarga turli xildagi ishlab chiqarish 
vositalarini ishlab chiqardagian sanoat tarmoqlari, qishloq xo`jaligi, unga xizmat 
ko`rsatuvchi, qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlab, tayyor mahsulot darajasiga 
yetkazuvchi va ularni iste'molchilarga yetkazib beruvchi barcha tarmoqlarning tashkiliy
texnikaviy, texnologik, iqtisodiy hamda ijtimoiy bog`lanishini ob'ektiv holda taqozo etadi. 
Shuning uchun ular maqsadga muvofiq ravishda joylashtirilib, ixtisoslashtirilib, xalq 
xo`jaligi miqyosida mehnat taqsimoti amalga oshirilishini ta'minlashlari zarur. Yuqorida 
ta'kidlangan tarmoqlar yagona maqsad yo`lida o`zaro bog`lanishi natijasida respublika 
agrosanoat majmuasi shakllanadi. Mamlakat agrosanoat majmuasining asosiy maqsadi – 
aholini sifatli oziq-ovqat va xalq iste'moli tovarlari bilan talab darajasida ta'minlashdir. Bu 
masala ulkan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lib, uning talab darajasida 
hal etilishi aholi turmush darajasini yuksaltiradi, ularni farovon yashashini ta'minlaydi. 
Shuning uchun ham bu masalaga Respublika hukumati tomonidan alohida e'tirbor 
berilmoqda, ya'ni agrosanoat majmuasiga kiruvchi barcha tarmoqlarni rivojlantirish bilan 
bog`liq bo`lgan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularni hayotga bosqichma-bosqich joriy 
etilmoqda. 
Respublika agrosanoat majmuasi o`z maqsadga erishishi uchun quyidagi asosiy 
vazifalarni yechilishini taqozo etadi: 
- Respublika agrosanoat majmuasining maqsadini to`liq va samarali bajarilishini 
taminlay olish qobilyatiga ega bo`lgan tarkibning (ya’ni tarmoqlarni) maqsadga muvofiq 
holda tashkiliy, texnologik, texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan o`zaro uzviy 
bog`lanishini ta'minlash; 
- majmua tarkibidagi korxonalarni barcha omillarni e'tiborga olgan xolda 
maqsadga muvofiq oqilona joylashtirish hamda ularning ixtisoslashtirilishi va 
integratsiyalashuvini ta'minlash; 
- samarali faoliyat ko`rsatishini ta'minlash maqsadida barcha korxonalarni 
zamonaviy texnikalar bilan jihozlash, ularda ilg`or, innovatsion texnologiyalarni joriy 
etish; 


- agrosanoat majmuasi tarkibidagi korxonalar ixtiyoridagi barcha resurslardan 
(tabiiy, kapital, mehnat) tadbirkorlik bilan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish 
jarayonlarini avtomatlashtirish, mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va kimyolashtirish 
orqali doimiy va o`zgaruvchan xarajatlarni kamaytirib, ekologik talablarga javob 
beradigan mahsulotlarni zarur miqdorda ishlab chiqarish, ularni iste'molchilarga yetkazib 
berib, ko`proq foyda olishni ta'minlash; 
- agrosanoat majmuasi tarkibidagi korxonalar o`rtasida ular ishlab chiqarayotgan
mahsulotlarini o`zaro samarali ayriboshlanishini ta'minlaydigan narxlarni maqsadga 
muvofiq miqdorini ma'lum muddatlarga belgilash; 
- majmuada faoliyat ko`rsatayotgan rahbar, ishchi va xizmatchilarning malakalarini 
oshirish, ular mehnatlarining miqdoriga, pirovard natijasiga ko`ra rag`batlantirilishini 
rivojlantirish va boshqalar. 
Agrosanoat majmuasi maqsad hamda vazifalaridan kelib chiqqan holda uning tarkibi 
quyidagi 4 ta bo`g`indan (sohadan) tashkil topishi mumkin: (2.1.1-chizma) 

Download 322.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling