Agrosanoat majmuasi potensiali Rej


Agrosanoat majmuaning 3-bo`g`ini


Download 322.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana19.04.2023
Hajmi322.94 Kb.
#1366716
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Agrosanoat majmuasi potensiali Asadbek

Agrosanoat majmuaning 3-bo`g`inini qishloq xo`jaligini rivojlanishiga xizmat 
ko`rsatadigan tarmoqlar kiritiladi, jumladan, ekinlarni, chorva hayvonlarini suv bilan 
ta'minlaydigan, yerlarning meliorativ holati yaxshilanishini ta'min etuvchi chora-tadbirlar 
tizimini amalga oshiradigan suv xo`jaligi tarmog`i; Qshloq xo`jalik sub'ektlariga yer 
haydash, ekinlarni ekish, ularga ishlov berish, yyetishtirilgan hosilni yig`ishtirib olish 
bilan bog`liq bo`lgan xizmatlarni ko`rsatuvchilar tarmoqda foydalanilayotgan barcha 
texnikalarga servisi sharoitini yaratuvchilar; tarmoqda yirik bino-inshootlarni quruvchi, 
mavjudlarini ta'mirlovchi tarmoq; tarmoqqa zooveterinariya xizmati, shuningdek, 
hasharotlarga, zararkurandalarga, begona o`tlarga qarshi kurashish maqsadida kimyoviy 
xizmat ko`rsatadigan sohalarni o`z ichiga oladi. Qishloq xo`jaligini yoqilgi, yonilg`i va 
yog`lovchi materiallar hamda elektroenyergiya bilan ta'minlaydigan tarmoqlar ham shu 
soha tarkibiga kiritiladi. 
Yuqorida ta'kidlangan tarmoqlar qishloq xo`jaligiga barcha turdagi ishlarni, 
xizmatlarni o`z vaqtida, sifatli ko`rsatishlari natijasida turli xildagi qishloq xo`jalik 
mahsulotlari yetishtirishga ulkan hissa qo`shadilar. Jumladan, ular texnikalarni ta'mirlab, 
ekinlar ekiladigan maydonlarni agrotexnik muddatlarda sifatli haydab, ekishga tayyorlab
ekib, unib chiqqan o`simliklarga ishlov berib, yyetishtirilgan hosilni belgilangan 
muddatlarda sifatli yig`ib olish natijasida qishloq xo`jalik mahsulotlarining miqdorini 


oshirishga, ularning sifatini yaxshilashga bevosita ta'sir ko`rsatadilar. Ularni oqilona 
hamda uddaburonlik bilan sotish natijasida esa qishloq xo`jalik korxonalari foyda 
massasini ko`paytirishga erishishlari mumkin. 
Bu tarmoqlar yuqori unumli texnikalar yordamida barcha turdagi ish va xizmatlarni 
mexanizatsiyalashtirilishini, 
avtomatlashtirilishini, 
elektrlashtirilishini 
hamda 
kimyolashtirilishini ta'minlashga ko`maklashib, jonli mehnat sarfi kamaytirilishi evaziga 
mehnat unumdorligi darajasini oshishiga muayyan hissa qo`shadilar. Respublika hukumati 
qishloq xo`jaligida servis sharoitini yaratish maqsadida infratuzilma tizimini 
rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlarni keng ko`lamda amalga oshirish natijasida 
qishloqda infratuzilma tizimini barpo etishga erishdi. 2010-yilning boshiga sohada 1757ta 
MMTP, 1712ta SFU, 1389ta YMM, 935ta mineral o`g`itlarni sotish shahobchalari, 1478ta 
minibanklar, 424ta qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlash, 2411 ta zotli mollarni 
sotish va zooveterinariya xizmatlarini ko`rsatuvchi, 300ta konsalting xizmatini 
ko`rsatuvchi, 78ta toza idishlar va qadoqlash bilan shug`illanuvchi shahobchalar faoliyat 
ko`rsatmoqdalar. Bu sohadagi tarmoqlarning asosiy maqsadi – qishloq xo`jalik 
korxonalariga barcha turdagi xizmatlarni, ishlarni muddatida, sifatli bajarishdir. Ular 
2009-yilda milliardlab so`mlik hizmat ko`rsatib Respublika yalpi ichki mahsulotini 
rivojlanishiga sezilarli hissa qo`shmoqda. 

Download 322.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling