Agrosanoat majmuasi potensiali Rej


Respublika ASMning 4-bo`g`ini


Download 322.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana19.04.2023
Hajmi322.94 Kb.
#1366716
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Agrosanoat majmuasi potensiali Asadbek

Respublika ASMning 4-bo`g`ini Unga qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta 
ishlovchi, saqlovchi va iste'molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar, jumladan, paxta 
tozalash, donni, kanopni, qand lavlagini, go`sht va sutni, tamakini, sabzavot va poliz 
mahsulotlarini, meva, uzumni qayta ishlash, saqlovchi yengil va boshqa sanoat tarmoqlari; 
bozor talabini e'tiborga olgan holda tayyor mahsulotlarni ulgurji va chakana holda 
yetkazib beradigan savdo tarmoqlari kiradi.
Respublika agrosanoat majmuasi tarkibiga kiruvchi barcha tarmoqlarni 1-chizmadan 
ko`rish mumkin. Bunday turkumlashtirish ma'lum darajada shartli ham hisoblanadi. 
Hozirgi davrda mamlakat agrosanoat majmuasi tarkibidagi subyektlarning umumiy 
miqdori 110 mingdan oshadi. Ular respublika YaIMning asosiy qismini yaratib bermoqda. 
Respublika ASM yirik majmua hisoblanib, u birqancha hududiy ihtisoslashgan 
majmualardan tashkil topishi mumkin. Masalan: 

hududiy pahtachilik agrosanoat majmuasi; 

g`allachilik agrosanoat majmuasi; 



sabzavotchilik agrosanoat majmuasi; 

bog`dorchilik, mevachilik agrosanoat majmuasi; 

go`sht va sut agrosanoat majmuasi va boshqalar. 
Respublika agrosanoat majmuasini barqaror rivojlantirishda mamlakatda 
mavjud bo`lgan iqtisodiy hamda ijtimoiy infratuzilmalarning ham ahamiyati, ta'siri 
ulkan. Ular agrosanoat majmuasi tarkibidagi barcha tarmoqlarning rivojlanishini 
ta'minlash maqsadida bank, sug`urta, investitsiya, soliq, lizing, sog`liqni saqlash, 
ta'lim-tarbiya, ma'naviy, madaniy, sanat, kommunal xizmatlarni amalga oshiradilar. 
Shuning uchun barcha majmualar o`rtasidagi munosabatlar o`zaro manfaatli holda 
amalga oshirilgani ma'qul. 
2.2. Agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlar o`rtasidagi munosabatlar 
Agrosanoat majmuasining maqsadidan kelib chiqqan holda uning ishlab chiqarish 
jarayonida o`zaro uzviy bog`langan quyidagi bosqichlar mavjud: 

agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlar uchun ishlab chiqarish vositalari 
ishlab chiqarish; 

qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarish; 

majmua takror ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish, texnikaviy va 
texnologik xizmatlarni amalga oshirish; 

qishloq xo`jalik mahsulotlaridan oziq-ovqat hamda iste'mol tovarlarini ishlab 
chiqarish, saqlash; 

oziq-ovqat hamda xalq iste'moli tovarlarini iste'molchilarga yetkazib berish. 
Ularni to`g`ri, sifatli va samarali hal etish uchun barcha bosqichlar o`rtasidagi 
munosabatlarni hamma turdagi qonunlar asosida samarali amalga oshirilishini ta'minlash 
lozim. Bu munosabatlarni ularning mazmun hamda shaklini e'tiborga olgan holda 
quyidagicha guruhlashtirish mumkin: huquqiy, tashkiliy, texnikaviy, texnologik, iqtisodiy 
va ijtimoiy. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, dastavval, barcha turdagi erkin munosabatlarning 
huquqiy asosi yaratilishi zarur. Shuning uchun ham respublikamizda bu masalaga alohida 
e'tibor berilmoqda. Bunga mamlakat Oliy Majlisi tomonidan qonunlar bosqichma-bosqich 
qabul etilayotganligi yaqqol dalil bo`ladi. Ularga agrosanoat majmuasi tarkibidagi barcha 
xo`jaliklar, albatta, rioya etishlari lozim. Majmua tarkibidagi barcha subyektlar o`rtasidagi 
munosabatlar qiymat qonuni talabi asosida pul-tovar munosabatlari yordamida amalga 


oshirilishi lozim. Shuning uchun ulardagi rahbar va mutaxassislar barcha qonunlarning 
mazmunini hamda ularni amalga oshirish yo`llarini yaxshi bilishlari kerak. Lekin hayotda 
doimo ham shunday emas. Chunonchi, bir korxona ikkinchisidan zarur bo`lgan mahsulotni 
shartnoma asosida sotib olib, uning haqini vaqtida to`lamaydi.
Bunday hol qonun talabi to`liq bajarilmayotganligidan dalolat beradi. Huquqiy 
davlatda qonun ustuvorligi ta'minlanishi kerak. 
Qishloq xo`jalik korxonalari o`z ishlab chiqarishlarini rivojlanishini va samaradorligi 
yuksalishini ta'minlash maqsadida ekologiyaga salbiy ta'sir ko`rsatmaydigan, kimyoviy 
vositalarni, yoqilg`i, yonilg`i materiallarini bevosita sanoat tarmoqlaridan sotib olish 
uchun shartnoma tuzadilar. Ular shuningdek, texnikalarini ta'mirlatish, yerlarini haydash, 
ekinlarni ekish, yyetishtirilgan hosilni yig`ib-terib olish maqsadida ixtisoslashgan 
mashina-traktor parklari bilan, hasharotlarga hamda zararkunandalarga qarshi kurash 
maqsadida esa kimyoviy xizmatlarni amalga oshiradigan tashkilotlar bilan, ekinlarning 
suvga bo`lgan talabini qondirish uchun suv xo`jaligi tashkilotlari bilan shartnomalarni 
rasmiylashtiradilar. 
Shartnomalarning 
shartilari 
bajarilishini 
tomonlar, 
albatta, 
ta'minlashlari kerak. Shunda buyurtmachining ham, bajaruvchining ham faoliyati samarali 
bo`lib, yaxshi natijalarga erishiladi. Lekin amaliyotda buyurtmani bajaruvchilar 
shartnomada ko`rsatilgan muddatda texnikalarni, mineral o`g`itlarni, kimyoviy vositalarni, 
yoqilg`ini, ozuqa moddalarini iste'molchilarga o`z vaqtida yetkazib bermayaptilar, ularni 
suv bilan to`liq ta'minlamayaptilar. Bunday kamchiliklar aksariyat hollarda shu tadbirlar 
to`g`ri tashkil etilmaganligi oqibatida yuz bermoqda. Majmuadagi munosabatlar doimo 
ham maqsadga muvofiq tashkil etilmaganligi, yyetishtirilayotgan mahsulot miqdoriga, 
uning sifatiga salbiy ta'sir etadi. Chunonchi, talab etilgan suv ekinga vaqtida berilmasligi 
oqibatida avvalo, uning o`sishi susayib, hosil to`plashi kamayadi, talab etilgan texnika 
vaqtida borib, hosilni terib olmasa, hosil salmog`i kamayib, sifati pasayadi. Shuning uchun 
shartnomada ko`rsatilgan shartlar muddatida, sifatli amalga oshirilishini ta'minlaydigan 
barcha chora-tadbirlarni ko`rish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun tomonlar juda 
intizomli, mas'uliyatli, bir-biriga hurmatda, madaniyatli bo`lishlari kerak. Bu bozor 
iqtisodi munosabatlarining eng muhim talabidir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo`jaliklar faoliyatining rivojlanishi va samarali bo`lishi 
iqtisodiy munosabatlar amalga oshirilishiga ham bevosita bog`liq. Masalan, majmua 
tarkibidagi tarmoqlar o`rtasida tovar ayirboshlash jarayonida pul-tovar munosabatlarini 


amalga oshirishda ekvivalentlikni, ya'ni mutanosiblikni saqlashga alohida e'tibor berish 
lozim. Gap bu yerda baho haqida bormoqda. Bunda talab va taklif qonunlarining talablari 
ham inkor etilmasligi shart. 
Demak, baholar talab va taklifdan kelib chiqqan holda o`zaro mutanosib bo`lishi 
maqsadga muvofiqdir. Lekin agrosanoat majmuasida bunday mutanosiblik, afsuski, to`liq 
ta'minlangani yo`q. Ayniqsa, qishloq xo`jalik mahsulotlarining baholari bilan qishloq 
xo`jaligida foydalanilayotgan sanoat korxonalari mahsulotlarining baholarini belgilash 
masalasi doimo sanoat tarmoqlari foydasiga hal etilmoqda. Jumladan, 1994-2009 yillarda 
qishloq xo`jalik mahsulotlarining bahosi ularning turlari bo`yicha 80-90 marta oshgan 
bo`lsa, sanoat mahsulotlarining baholari esa 800-950 martaga o`sgan. Ular o`rtasidagi 
o`sish farqi 1 ga 10 ni tashkil etgan. Ya'ni qishloq xo`jalik mahsulotlarining bahosi 1 marta 
oshgan bo`lsa, shu tarmoqda foydalanilayotgan, sanoat mahsuloti hisoblangan ishlab 
chiqarish vositalarining baholari 10 martaga oshgan. Qishloq xo`jaligi hamda sanoat 
tarmoqlari mahsulotlarining baholari o`rtasidagi nomutanosiblikni yana quyidagi 
ma'lumotlardan ham ko`rish mumkin: 
1991 yilda bir dona «TTZ-80» markali traktorni sotib olish uchun 3,7 tonna paxta 
xomashyosini sotishdan olingan pul etgan bo`lsa, 2008 yilda shu traktorni sotib olish 
uchun esa 92,8 tonna paxta xomashyosini sotish kerak bo`lgan. Bu boradagi mutanosiblik 
1991 yilda 1:3,7 bo`lgan bo`lsa, 2002 yilda 1:89,7 bo`lgan, ya'ni farq 24,2 martani tashkil 
etgan. 
Shuningdek, xizmat ko`rsatuvchi korxonalar bajarayotgan xizmatlar uchun narxlar 
asoslanmagan holda yuqori darajada ekanligiga ham alohida e'tibor berish zarur. 
Jumladan, 2009 yilda tumanlarda barpo etilgan mashina-traktor parklari 1 gektar g`o`za 
maydonidagi pahta hosilni terib berish uchun 100 ming so`mdan haq olganlar. Respublika 
hududida faoliyat ko`rsatayotgan mashina-traktor parklari qishloq xo`jalik korxonaplariga 
yerlarni haydash, g`alla, paxta hosilini yig`ib- terib berish uchun ham yuqori narxlar 
qo`ymoqdalar. Bunday hollar texnika-ta'mirlash xizmatini ko`rsatuvchi korxonalar 
faoliyatida ham mavjud. 
Buning ob'ektiv va sub'ektiv sabablari bor. Sanoat korxonalari davlat tasarrufidan 
chiqarilib, aksionerlik korxonalariga aylantirilishi natijasida to`liq iqtisodiy erkinlikka 
egadirlar. Shuning uchun ular talab va taklifni hamda o`zlarining bozordagi o`rnini 
e'tiborga olgan holda mahsulotlariga erkin baholarni belgilamoqdalar. Qishloq xo`jalik 


korxonalari esa davlat mulki hisoblangan yerlarda mahsulot yetishtirmoqdalar, 
shuningdek, yyetishtirilayotgan asosiy mahsulotlar (paxta, g`alla, sholi)ga davlat 
buyurtmasi mavjudligi tufayli bu mahsulotlarning xarid narxlari davlat tomonidan 
belgilanmoqda. Bu masalani kelajakda qishloq xo`jaligiga oid davlat dasturlari ishlab 
chiqilishi bilan almashtirishga bosqichma-bosqich o`tish natijasida hal etish 
imkoniyatilarini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.
Bu sohada ham iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonini chuqurlashtirishga oid 
tadbirlar ishlab chiqib, ularning amaliyotga joriy etilishini ta'minlashga harakat qilish 
zarur. Bundan tashqari qishloq xo`jalik korxonalari yetishtirayotgan mahsulotlarining 
sifatini yaxshilab, ularni ichki va tashqi erkin bozorga chiqarib, sotish yo`llarini 
qidirishlari kerak. Buning huquqiy asoslari yaratilgan. Ulardan foydalanish uchun 
mahsulot sotuvchilar savdo-sotiq bilan bog`liq bo`lgan barcha tashkiliy, iqtisodiy 
munosabatlarni yaxshi o`zlashtirib olishlari kerak. 
Agrosanoat majmuasi tarkibidagi korxonalar o`rtasida pul-tovar munosabatlarini 
amalga oshirish jarayonida ham uzilishlar yuz bermoqda. Jumladan, qishloq xo`jalik 
korxonalari sanoat korxonalaridan paxta terish mashinalarini, haydov va chopiq 
traktorlarini, minearl o`g`itlarni, kimyoviy vositalarni, yonilg`i, yoqilg`i materiallarini 
olib, ularning haqini belgilangan muddatda to`lay olmayotirlar. Xuddi shunday holat 
xizmat ko`rsatuvchi korxonalarining bajargan ishlariga, xizmatlariga haq to`lash borasida 
ham sodir bo`lmoqda. Qayta ishlash sanoati korxonalari esa qishloq xo`jalik 
korxonalaridan paxta xomashyosini, don mahsulotlarini, sabzavot-poliz, bog`dorchilik 
hamda chorvachilik mahsulotlarini shartnomlar asosida sotib olamoqdalar. Afsuski 
ularning haqini belgilangan muddatlarda to`lay olmayotirlar. Bunday hollar majmua 
tarkibidagi korxonalarning iqtisodiy beqarorligi shakllanishiga мaълум дaрaжaдa сaбaб 
bo`lmoqda. Chunki ularning o`zaro qarzlari ortib bormoqda. Bunday holni quyidagi 
ma'lumotlardan ko`rish mumkin (2.2.1-jadval). 
Jadvaldagi ma’lumotlarning dalolat berishicha, debitorlik va kreditorlik qarzlari 
barcha tarmoqlarda mavjud, lekin eng ko`p debitorlik va kreditorlik qarzlari 2005-yilgacha 
shirkat xo`jaliklari zimmasiga to`g`ri kelgan bo`lsa 2010-yilning boshiga kelib fermer 
xo`jaliklari zimmaiga to`g`ri kelmoqda. Qishloq xo`jaligining debitorlik qarzlari 
65630million so`mni tashkil etgan, shundan 35084 million so`m yoki 53,5 foizga yaqini 
faqatgina “O`zkimyosanoat” kompaniyasi zimmasiga to`g`ri kelgan, lekin kreditorlik qarzi 


esa 319385 million so`mni tashkil etmoqda. Bu debitorlik qarziga nisbatan salkam ,9marta 
ko`proq ekanligidan dalolat bermoqda. Qishloq xo`jaligining debitorlik qarzlarini 18629 
million so`m yoki 28,4foizi “O`zneftmahsulot” kompaniyasi zimmaiga to`g`ri kelgan, 
lekin qishloq xo`jaligining ularga kreditorlik qarzlari esa 234428 million so`mni tashkil 
etgan.
Qishloq xo`jalik korxonalari sotgan mahsulotlari uchun mablag`larini vaqtida 
olaolmaganliklari sababli ular ham «O`zqishloqxo`jalikta'minottuzatish» qo`mitasi, 
«O`zqishloqxo`jalikkimyo», avtotransport, energetika va boshqa tarmoqlarning 
mahsulotlari, xizmatlari uchun to`lanadigan mablag`larni vaqtida bera olmayotirlar. 
Shu davrni o`zida ya’ni 2010-yilning boshiga qishloq xo`jaligining kreditorlik 
qarzlari 653580million so`mga teng bo`lgan. Shunday miqdorlardagi qarzlarning 
mavjudligi tarmoqlar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buzilayotganligidan dalolat 
bermoqda. Natijada korxonalar o`rtasida o`zaro ishonchsizlik muhiti rivojlanmoqda. 
Korxonalar qarz mablag`larini qonun yo`li bilan undirish uchun xo`jalik sujdlariga 
murojaat etmoqdalar, ular esa tushgan da'volarni ko`rib, tegishli qarorlar chiqarmoqdalar. 

Download 322.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling