Agrosanoat majmuasi potensiali Rej
Respublika agrosanoat majmuasining 1-bo`g`iniga
Download 322.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Agrosanoat majmuasi potensiali Asadbek
Respublika agrosanoat majmuasining 1-bo`g`iniga –agrosanoat majmuasi
tarkibidagi korxonalar uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari. Ular tarkiban qishloq xo`jalik mashinasozlik, traktorsozlik sanoati; kimyo sanoati; neft mahsulotlari sanoati, mikrobiologiya sanoati; oziq-ovqat mashinasozlik, stanoksozlik sanoati; qurilish materiallari sanoati va boshqalardan tashkil topadi. Ularning ko`lami, ayniqsa, mashinasozlik va stanoksozlik sanoati tarmoqlarining ko`lami respublikadagi barcha omillarni e'tiborga olgan holda hozircha cheklangan, lekin kelajakda rivojlanishi mumkin. Shu bo`g`indagi tarmoqlarning asosiy maqsadi – agrosanoat majmuasi tarkibidagi, xususan, qishloq xo`jaligi va unga irrigatsiya-melioratsiya, texnika ta'minoti va ta'mirlash, kimyolashtirish, zooveterinariya, elektrlashtirish xizmatlarini ko`rsatuvchi hamda qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi paxta tozalash sanoati, don mahsulotlari, meva, sabzavot, uzum sanoati, go`sht-sut sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalarini va nihoyat, tayyor mahsulotlarni yetkazib berishda zarur bo`lgan ishlab chiqarish vositalari (mashina, traktor, stanok, kimyoviy vositalar, yoqilg`ilar, ozuqa moddalari) bilan ta'minlashdir. Demak, birinchi bo`g`in tarkibidagi tarmoqlar boshqa tarmoqlarni rivojlanishni ta'minlaydigan moddiy-texnika bazasini barpo etishga ulkan hissa qo`shadi. Ularning moddiy-texnika bazasi talab darajasida shakllantirilishi natijasida ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtirilib, mexanizatsiyalashtirilib, elektrlashtirilib, jonli mehnat sarfi qisqartirilib, mehnat unumdorligining yuksalishi ta'minlanadi. Ular shu tarmoqlardagi mehnatni xarakterini, o`zgarishiga ta'sir etadi, ya'ni oddiy mehnat industrlashgan mehnatga aylanib borishini ta’minlaydi . Bu soha tarmoqlarida minglab korxonalar faoliyat ko`rsatib, jami ichki mahsulotning sezilarli qismi yaratilmoqda. Download 322.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling