Agrosanoat majmuasi potensiali Rej
Download 322.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Agrosanoat majmuasi potensiali Asadbek
2 – bo`g`in –agrosanoat majmuasining asosiy tarmog`i hisoblangan qishloq
xo`jaligidan tashkil topadi. U tarkiban o`simlikchilik, bog`dorchilik va chorvachilik tarmoqlaridan tashkil topadi. Uning barcha tarmoqlari–o`simlikchilik hamda chorvachilik tarmoqlarida qayta ishlash sanoat tarmoqlari uchun xomashyolar (paxta xomashyosi, boshoqli donlar, kanop, zig`ir, qand lavlagi, jun, teri, kunjut, uzum, go`sht sut) aholi iste'moli uchun esa go`sht, sut, sabzavot, poliz, meva mahsulotlari yyetishtiriladi. Bu bog`inda 2010 yilning 1 yanvariga 107 ta shirkat, 803 mingga yaqin mustaqil fermer, 100 taga yaqin davlat xo`jaliklari, 4,5 mln. ga yaqin oilaviy-dehqon xo`jaligi hamda xo`jalik hisobidagi 18 ta korxona, 24 ta byudjet tashkiloti va investitsion mablag`lardan moliyalashtiriladigan 1 ta tashkilot faoliy1[8]at ko`rsatmoqda. Qishloq xo`jaligidagi barcha xo`jaliklar 2009 yili 7.3 mln.tonna don mahsulotlari yetishtirishga erishdilar. Shundan 72,3 foizi yirik tovar ishlab chiqaruvchi hisoblangan shirkat hamda davlat xo`jaliklari hissasiga, 78,9 foizi fermer xo`jaliklari va 12,8 foizi oilaviy-dehqon xo`jaliklari ulushiga to`g`ri keladi. Shu yil barcha xo`jaliklar 1568 ming tonna kartoshka, 5441,3ming tonna sabzovot mahsulotlari yetishtirganlar. Shu yili yyetishtirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarining 38,4 foizi fermer, 52,4 foizi oilaviy-dehqon xo`jaliklari, qolgan qismi yirik tovar ishlab chiqaruvchilar zimmasiga to`g`ri keladi. Paxta xomashyosini yetishtirish bilan asosan yirik tovar ishlab chiqaruvchi hisoblangan fermer va davlat xo`jaliklari shug`ullanmoqdalar. Chunki ular shu sohaga ixtisoslashgan. Qishloq xo`jaligi agrosanoat majmuasining asosiy, ya'ni markaziy bo`g`ini hisoblanadi. Uning barqaror rivojlanishi ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi, qishloq xo`jaligiga xizmat ko`rsatuvchi, yyetishtirilgan qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi hamda iste'molchilarga yetkazib beruvchi barcha tarmoqlar faoliyatiga bog`liq. Chunonchi, ular qishloq xo`jalik korxonalarini talab etilgan barcha turdagi texnikalar, kimyoviy vositalar, yoqilg`i-yonilg`i, qurilish materiallari, stanoklar bilan o`z vaqtida ta'minlab, mavjud qishloq xo`jalik texnikalarini arzon va sifatli ta'mirlab, tarmoqning rivojlanishini ta'minlaydigan xizmatlarni ko`rsatib, unda yyetishtirilgan mahsulotlarni yig`ib-terib, qayta ishlab, iste'molchilarga sifatli holda yetkazib bersalar, qishloq xo`jaligining rivojlanishiga katta hissa qo`shgan bo`ladilar. Qishloq xo`jaligi rivojlanishi natijasida majmua tarkibidagi tarmoqlarning ham yuksalishi ta'minlanadi. Masalan, tarmoqning ko`lami kengaysa, ishlab chiqarish vositalariga bo`lgan talab ortadi. Bu talabni qondirish uchun sanoat tarmoqlari intensiv faoliyat ko`rsatish bilan hajman kengayishga ham erishishlari lozim. Tarmoqda qishloq xo`jalik mahsulotlari hajmining barqaror ravishda o`sishi ularni qayta ishlovchi tarmoqlar samarali faoliyat ko`rsatishini talab etadi. Demak, agrosanoat majmuasi tarkibidagi barcha tarmoqlar qishloq xo`jaligi bilan bevosita bog`liq. Shuning uchun respublika qishloq xo`jaligini maqsadga muvofiq tashkil etish va zamon talabi asosida boshqarishga alohida e'tibor berish lozim. Bu muammoni hal etishda tarmoqning maqsad va vazifalaridan kelib chiqish zarur. Tarmoqni tashkil etish va boshqarish bilan Respublika qishloq va suv xo`jaligi vazirligi shug`ullanmoqda. Uning tarkibida: o qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi; o suv xo`jaligi tarmoqlari; o o`rmon xo`jaligi tarmoqlari mujassamlashgan. Vazirlikning maqsadi va faoliyat ko`rsatish yo`nalishlari qilib O`zekiston Respublikasi Vazirlar Mahkasmasi tomonidan quyidagilar belgilangan: o qishloq va suv xo`jaligi bo`yicha ilm-fanning barcha yo`nalishlarini jahon andozalariga moslashtirgan holda rivojlantirish; o fan-texnika taraqqiyotini e'tiborga olgan holda yagona fan-texnika siyosatini va monitoringini amalga oshirish; o seleksiya, urug`chilik va naslchilik bilan shug`ullanadigan fanlarni tartibga solish hamda rivojlantirish; o qishloq va suv xo`jaligida amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini tartibga solish, uning monitoringini amalga oshirish o dehqonchilik, chorvachilik tizimlarini takomillashtirish, rivojlantirish, ularning hayotga tatbiq etilishini ta'minlaydigan mashinalar tizimini, texnologiyalarni barpo etish; o erkin bozor talabini e'tiborga olgan holda ekinlarni almashlab ekish siyosatini amalga oshirish, uni ta'minlaydigan darajada ekinlarni maqsadga muvofiq joylashtirishga erishish hamda monitoringini bajarish; o naslchilikni, urug`chilikni tashkil etish; o chorvachilik uchun barcha servis xizmatlarini tashkil etish, ularning amalga oshirilishini ta'minlash; o davlat suv kadastrini yuritish, suv resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlash, suv xo`jaligi ob'ektlaridan to`liq foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga oid tadbirlarni amalga oshirish; o o`rmon xo`jaligini rivojlantirish, o`rmonlarni nazorat qilish va ulardan samarali foydalanish; o tarmoq talabini qondiradigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularni oqilona, samarali rag`batlantirish va boshqalar. Bu sohada mamlakat yalpi ichki mahsulotining 19 foiziga yaqini yaratilmoqda. Download 322.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling