Agrosanoat majmuasi potensiali Rej


 Agrosanoat majmuasining holati, iqtisodiy-ijtimoiy


Download 322.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana19.04.2023
Hajmi322.94 Kb.
#1366716
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Agrosanoat majmuasi potensiali Asadbek

2.3. Agrosanoat majmuasining holati, iqtisodiy-ijtimoiy
samaradorlik darajasi, ularni rivojlantirilishi 
Respublika agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlarning tashkiliy, texnikaviy, 
texnologik, iqtisodiy hamda ijtimoiy o`zaro bog`lanishi, ya'ni integratsiyalashuvi 
natijasida mehnat taqsimoti amalga oshirilmoqda. Bu hol agrosanoat majmuasi 
ixtiyoridagi barcha resurslardan, shu jumladan, cheklanganlaridan ham samarali 
foydalanilishini ta'minlashga, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishga, ishlab chiqarish 
jarayonlarini 
mexanizatsiyalashtirishga, 
avtomatlashtirishga, 
elektrlashtirishga, 
kompyutyerlashtirishga hamda tarmoqlarni boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan. 
Ular talab darajasida amalga oshirilishi natijasida xaridorgir, raqobatbardosh oziq-ovqat 
hamda xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish hajmi ortadi. Ular iste'molchilarga sifatli va 
qulay usullar bilan yetkazib borilishi natijasida aholining shu mahsulotlar bilan 
ta'minlanishi darajasi ortib, majmua tarkibidagi tarmoqlarning foydalari ko`payadi. 
Natijada agrosanoat majmuasining iqtisodiy samaradorligi yuksaladi.
Agrosanoat majmuasining iqtisodiy samaradorlik darajasini quyidagi ko`rsatkichlar 
yordamida aniqlash mumkin: 


Jumladan, Respublika agrosanoat majmuasining yalpi mahsuloti. U majmua 
tarkibidagi tarmoqlar korxonalarining bir yil mobaynida ishlab chiqargan tayyor mahsulot 
va ko`rsatgan xizmatlar summasidan tashkil topadi. Yalpi mahsulotning miqdori har bir 
tarmoq bo`yicha absolyut, ya'ni natural ko`rsatkichlar yordamida hisoblanadi (tonna, dona, 
banka, litr, shisha idishda, tonna.km, et.gektar.). Bu ko`rsatkich yordamida agrosanoat 
majmuasidagi tarmoqlar yalpi mahsulotining miqdori alohida- alohida aniqlanib, avvalgi 
yillardagi raqamlar bilan taqqoslanib, tarmoqlarning qanday holatdaligi aniqlanadi. 
Masalan, qishloq xo`jalik mashinasozligi korxonalari 1997 yilda 2852 dona traktor, 1049 
dona paxta terish mashinalari ishlab chiqargan bo`lsa, 2000 yilda tegishlicha 954, 337 
donadan ishlab chiqargan. 2009-yilga kelib bitta ham pahta terish mashinasi ishlab 
chiqarilmagan. Bu raqamlar shu muddatda tarmoq mahsulotlarining kamayib 
borayotganligini isbotlaydi. Bu jarayonlar so`ngi yillarda ham sodir bo`lmoqda,
2000-2009-yillarda qishloq xo`jaligida g`alla yetishtirish 3,9 mln. tonnadan 7.3 mln. 
tonnaga yetgani uning hajmi 1,8 martaga oshganligini ko`rsatadi. Natijada non va non 
mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada ko`paydi. Paxta xomashyosi yetishtirish 
hajmi 2000-2009 yillarda 4,1 mln. tonnadan 3,4 mln. tonnaga tushgan, ya'ni 19,1 foizga 
kamaygan. Shuning natijasida paxta tolasining miqdori ham 1,2 mln.tonnadan 1,17 mln. 
tonnaga tushgan yoki 2,5 foizga kamaygan. Bunday hol o`simlik yog`i, sovun ishlab 
chiqarish hajmining kamayishiga olib kelgan. Shu yillarda spirtli ichimliklar ishlab 
chiqarish nisbatan oshgan. So`ngi yillarda sabzovot mahsulotlarini go`sht va sut ishlab 
chiqarish hajmi oshib bormoqda.

Download 322.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling