Agrosanoat majmuasi tarmoqlari uchun ishlab chigarish vositalari ishlab chiqaruvchi sohaning tarkibi


Download 54.54 Kb.
bet2/8
Sana03.12.2023
Hajmi54.54 Kb.
#1799817
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
agrosanoat jb

Mikrobiologiya sanoati.
Mikrobiologiya sanoati - sanoat tarmogʻi; ishlab chiqarish jarayonida turli nooziq-ovqat xom ashyo turlari (neft va gaz uglevodorodlari, gidrolizatlar, yogʻoch)dan va qand lavlagi, makkajoʻxori, moyli va yormabop ekinlar va boshqalarning donini sanoatda qayta ishlash chiqindilaridan qimmatli mahsulotlarni mikrobiologik sintez qilib olishga asoslanadi. Oqsilvitaminli konsentratlar, aminokislotalar, vitaminlar, ferment preparatlari, antibiotiklar, oʻsimliklarni zararkunanda va hasharotlardan himoya qilishda qoʻllaniladigan bakteriyali va virusli lre-paratlar, bakteriyali oʻgʻitlar, shuningdek, oʻsimlik xom ashyosini kompleks qayta ishlash mahsulotlari — furfurol, ksilit va boshqa ishlab chiqaradi. Mikrobiologiya sanoati fantexnika taraqqiyoti yutuqlari negizida vujudga kelgan va mikrobiologiya texnikasi, kimyo, fizika, kimyoviy texnologiya, biotexnologiya va boshqalarning eng yangi yutuqlariga tayanadi. Mikroorganizmlarga xos boʻlgan moddalarning fermentlar taʼsirida oʻzgarishlarida yuzaga keladigan ulkan energiyadan qishloq xoʻjaligi va sanoat uchun zarur mahsulotlarni maqsadga muvofiq sintez qiladigan mukammal muhandislikbiologik sistemalar barpo etilgan. Mikrobiologiya sanoati mahsulotlarining katta qismi biologik jihatdan yuqori sifatli aralash yem ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yemga qoʻshilgan 1 t yem achitqi tirik vaznda qoʻshimcha 1,5—2 t parranda goʻshti yoki 15—25 ming dona tuxum olishni taʼminlaydi va 3,5—5 t donni tejash imkoniyatini beradi. Yem achitqilari bilan birga ratsionda yetishmaydigan vitaminlar va aminokislotalar, yem antibiotiklari, fermentli preparatlar mollarning ozuqa ratsioniga qoʻshiladi.

Ishlab chiqarish xarajatlari
Ishlab chiqarish xarajatlari – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va isteʼmolchilarga etkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilgʻi va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi , ish haqi va ijtimoiy sug`urtaga ajratmalari, foiz toʻlovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tan narxini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga boʻlib oʻrganish mumkin:

  • bevosita ishlab chiqarish xarajatlari

  • muomala xarajatlari.

Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam boʻladi. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bogʻliq boʻlib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, isteʼmolchiga etkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.
Ular ikki guruhga boʻlinadi:

  1. qoʻshimcha muomala xarajatlari

  2. sof muomala xarajatlari.

Tovarlarni oʻrash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qoʻshimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.
Maʼlumki, muayyan bir resursni ishlab chiqarishning biron-bir yoʻnalishi boʻyicha sarflanishi endilikda bu resursdan boshqa yoʻnalishlarda foydalanish imkoniyatini cheklab qoʻyadi. Shunga koʻra, tadbirkor (yoki resurs egasi) mazkur resursni eng yuqori darajada naf keltiruvchi yoʻnalishga sarflashga harakat qiladi. Iqtisodiy resurslarni eng yuqori naf olish maqsadida boshqa muqobil yoʻnalishlarda ishlatilishiga yoʻl qoʻymay oʻziga jalb etish uchun toʻlov iqtisodiy yoki zimmasiga tushuvchi xarajat deb atalad

Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling