Agrosanoat majmuasining mohiyati, tarkibi va vazifalari


Download 68.22 Kb.
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi68.22 Kb.
#1512679
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu. Agrosanoat majmuasining mohiyati, tarkibi va vazifal

Birinchi sohaga, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarni ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, yengil, oziq-ovqat sanoati va ishlab chiqarish vositalarini tayyorlash tizimi kiradi. Sanoatning bu tarmoqlari ishlab chiqarish jarayonini resurslar bilan ta’minlaydi, qishloq xo’jaligini sanoatlashtirish uchun va tayyorlovchi tizim va qayta ishlovchi sanoatda texnika taraqqiyoti uchun baza yaratadi. Bundan tashqari sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning davriyligini ta’minlagani holda, qishloq xo’jaligiga xizmat qilishning ko’p vazifalarini o’z zimmasiga oladi. Shu asosda mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini sifat jihatdan qayta qurish ro’y beradi va ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish amalga oshadi.
Dehqonchilik, chorvachilik va boshqa yordamchi ishlab chiqarishlarni o’z ichiga oluvchi bevosita qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi agrosanoat majmui ikkinchi sohasining asosiy, bosh qismi hisoblanadi. Bundan tashqari, bu sohaga go’sht, sut va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo’jaligi xom-ashyosini birlamchi qayta ishlaydigan, qishloq xo’jaligi korxona va tashkilotlari, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini texnika bilan ta’minlaydigan korxona va tashkilotlar kiradi.
Agrosanoat majmuining uchinchi sohasiga paxta mahsulotlari, don mahsulotlari, meliorasiya va suv xo’jaligi korxona va tashkilotlari, baliq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi va matlubot jamiyatlari kiradi.
Mamlakat agrosanoat majmuiga tarmoq belgisi bo’yicha quyidagi bir qancha kichik majmualarni kiritish mumkin: don mahsulotlari, paxta mahsulotlari, go’sht, sut, meva-sabzavot, uzum sanoatlari, baliq konserva va boshqalar.
Qishloq xo’jaligi nafaqat agrosanoat majmuida, balki butun iqtisodiyotda alohida o’rinni egallaydi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari aholi ehtiyojini qondirishning bosh manbai hisoblanadi. U boshqa sohada ishlab chiqarilmaydi yoki boshqa mahsulot bilan almashtirilmaydi.
Qishloq xo’jaligida yer, o’simlik, hayvonlar, mikroorganizmlar kabi o’ziga xos bo’lgan ishlab chiqarish vositalaridan foydalaniladi. Bu yerda takror ishlab chiqarishning iqtisodiy jarayonlari tabiiy jarayonlar bilan qo’shilib ketadi.
Shuning uchun agrosanoat majmuining birinchi sohasi ishlab chiqarish tarmoqlari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayonini harakati va uni intensivlashtirishni tezlashtirish uchun qulay sharoitni ta’minlashlari kerak. O’z navbatida agrosanoat majmuining bu sohasi tarmoqlari ishlab chiqarishining rivojlanish darajasi va sur’ati qishloq xo’jaliginig moddiy resurslarga bo’lgan ehtiyojiga bog’liq. Qishloq xo’jaligining maxsus texnikalarga, paxta terish mashinalariga, avtomatlashtirish vositalariga, omuxta yem va mikrobiologiya sanoati mahsulotlariga, kimyolashtirish vositalariga, hayvonlarni, mahsulotlarni saqlash uchun obyektlar qurilishiga va boshqalarga ehtiyoji o’sib bormoqda.
O’z navbatida, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining ko’payishi mos ravishda pirovard mahsulotni tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash va sotish bo’yicha tarmoqlarni rivojlantirishni talab qiladi.



Download 68.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling