Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

Qaytgan radiasiya yig‘indi radiasiyaning tushama sirtdan qaytgan qismini 
tavsiflaydi. Radiasiyaning qaytgan qismini barcha o‘tgan yig‘indi radiasiyaga nisbatan 
tushama sirtning qaytarish qobiliyati yoki albedosi deb ataladi. 
Albedo ma’lum bo‘lganda qaytgan radiasiya quyidagi formula bilan hisoblanadi: 
R = Q A 
(3.12) 
Albedoning o‘zi esa quyidagi munosabatdan aniqlanadi 
A = R / Q 
(3.13) 
Albedo odatda foizlarda ifodalanadi. Qaytgan radiasiya va albedo quyosh nurlarining 
tushish burchagiga bog‘liq, shuning uchun to‘g‘ri radiasiya mavjud bo‘lganda bu kattaliklar 
yaxshi namoyon bo‘ladigan kunlik o‘zgarishga ega. Sirtning albedosi uning rangiga, g‘adir- 
budurligiga, namligiga va bulutligiga bog‘liq. 


23 
Yig‘indi radiasiya asosiy radiasiyali tavsif bo‘lib hisoblanadi. U haqida ma’lumotlar 
iste’molchilarda eng ko‘p ishlatiladi. Yig‘indi radiasiya oqimi deb to‘g‘ri, sochilgan hamda 
qaytgan radiasiya oqimlarining 
yig‘indisiga aytiladi: 
Q
г
 = S
г
 + D
г
 + R
г
 ; Q

= S

+ D

+ R


(3.14) 
Qiya sirtlar uchun 
Q = S + D cos
2
 

+ R sin
2
 


(3.15) 


г 

г
 
2
Yig‘indi radiasiya radiasiya tarqibidagi to‘g‘ri va sochilgan radiasiyalar orasidagi 
munosabat Quyoshning balandligiga, atmosferaning bulutligiga va ifloslanganligiga bog‘liq. 
Osmon bulutsiz paytlarda Quyosh balandligining ortishi bilan sochilgan radiyasiya ulushi 
kamayadi. Atmosfera qanchalik tiniq bo‘lsa, sochilgan radiasiya ulushi shunchalik kam 
bo‘ladi. Osmon yoppasiga bulut bilan qoplanganda yig‘indi radiasiya butunlay sochilgan 
radiasiyadan iborat. Bulutlik mavjud bo‘lgan yig‘indi radiasiya miqdorining tushishi katta 
oraliqda o‘zgarib turadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling