Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
NOANANAVIY ma\'ruza 2023
1-MA’RUZA: Energetika resurslari
Reja: 1.1. Jamiyat hayotida va rivojlanishida energetikaning о‘rni. 1.2. Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari. 1.1. Jamiyat hayotida va rivojlanishida energetikaning о‘rni. Insoniyat hayoti davomida tabiat tomonidan minglab yillarda tо‘plangan energiyadan foydalanib kelinmoqda. Bunda ushbu energiyadan foydalanish usullari, undan maksimal samaradarlik olish maqsadida doimo takomillashib bormoqda. Energetika insoniyat hayotida muhim rol о‘ynaydi. Inson faoliyatining barcha turlari energiya sarfi bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan inson о‘zining evolyutsion rivojlanishining navbatdagi о‘rami shamol va suv energiyasidan foydalanishga olib keldi, natijada birinchi suv va shamol tegirmonlari, suv charxpalaklari, о‘z harakati uchun shamol kuchidan foydalanuvchi yelkanli kemalar paydo bо‘ldi. XVIII asrda о‘tin yoki kо‘mirni yoqish natijasida hosil bо‘lgan issiqlik energiyasini mexanik harakati energiyasiga aylantiruvchi bug‘ mashinalari ixtiro qilindi. XIX asrda volt yoyi, elektr yoritish kashf qilindi. Elektrodvigatel, undan keyin esa elektr generator ixtiro qilinishlari elektr asri boshlanishiga olib keldi. XX asr insoniyat tomonidan energiya ishlab chiqarish va undan foydalanish usullarini о‘zgartirish bо‘yicha haqiqiy inqilobni amalga oshirish asri bо‘ldi. Yaa’ni, juda yuqori quvvatli issiqlik, gidravlik va atom elektr stansiyalari, yuqori va о‘ta yuqori hamda ultra yuqori kuchlanishga ega bо‘lgan elektr energiyasini uzatuvchi liniyalar qurish. Ilm – fanning о‘sib borishi natijasida elektr energiyasini ishlab chiqarish, о‘zgartirish va uzatishning yangidan-yangi turlari ishlab chiqilmoqda (boshqaruvchi termoyadro reaksiyasi magnit gidrodinamik generator, о‘ta о‘tkazuvchan turbogenerator va shunga о‘xshash). Katta quvvatli energiya tizimlari barpo qilinmoqda, shu bilan birga katta quvvatli neft va gaz taminoti tizimlari paydo bо‘lmoqda. Shunday qilib bizni о‘rab turgan dunyo turli kо‘rinishdagi tuganmas energiya manbalariga egadir. Hozirda ularning bazilaridan ya’ni , quyosh energiyasi, yer va oyning о‘zaro tasiri natijasida hosil bо‘ladigan energiya, termoyadrosintez energiyasi, yer issiqligi energiyasidan tо‘laqonli foydalanilmayapti. Hozir inson tamaddinining rivojlanishida energiya hal etuvchi rol о‘ynaydi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va energiya sarfi orasida uzviy о‘zaro bog‘liqlik mavjuj. Insoniyat hayotida energetika katta ahamiyatga ega. Uning rivojlanish darajasi, jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini, ilmiy texnik taraqqiyot imkoniyatlarini va aholi turmush darajasini aks ettiradi. Afsuski, inson tarafidan iste’mol etilayotgan energiyaning kо‘p qismi, mavjud bо‘lgan energetik resurslardan foydalanishning past samaradorligi tufayli befoyda issiqlik aylanmoqda. Dunyoda bir yilda foydalanadigan energiyaning taxminiy taqsimoti 1.1-jadvalda keltirilgan. Bu jadvaldagi energiya qiymati, yoqilganda mavjud enegiyani beruvchi kо‘mir miqdorining megatonnalardagi (Mt) о‘lchamida keltirilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling