Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

TUGALLANADIGAN 
yer, osimliklar va 
hayvonlar 
(bioresurslar) 
Tabiiy resurslarning tasniflaridan biri – bu tugallanish belgisi bo‘lib, unga muvofiq 
energetika resurslarini tugallanadigan va tugallanmaydigan resurslarga bo‘linadi (1.1- 
rasm). O‘z navbatida tugallanadigan resurslar tiklanuvchi va tiklanmaydigan bo‘lishi 
mumkin. Tiklanuvchilarga tabiat (yer, o‘simliklar, hayvonlar va h.k.) tomonidan tiklanadigan 
resurslar kiradi, tiklanmaydiganlarga – ilgari tabiatda to‘plangan lekin, yangi geologik 
sharoitlarda hosil bo‘lmaydigan resurslar (neft, ko‘mir va boshqa yer osti zaniralari) kiradi. 
Tugallanmaydiganlariga kosmik, iqlimiy, suv resurslari kiradi. 
Energiya resurslarining barcha turlaridan quyosh energiyasi muhim ahamiyatga ega. 
Energiya resurslarining barcha turlari quyosh energiyasini taviiy o‘zgarishi natijasidir. Ko‘mir 
neft tabiiy gaz, torf, yonuvchi tog‘ jinslari va o‘tinlar – bu o‘simliklar tomonidan olingan va 
o‘zgartirilgan quyoshning nurli energiyasi 
1.1-rasm. Tabiiy resurslarning tasnifi 
zahiralardir. Surat sintezi (fotosintez) reaksiyasi jarayonida atrof muxitning noorganik 
elementlaridan, ya’ni, suv (H
2
O) va karbonat angidrid gazi (CO
2
) lardan quyosh turi tasirida 
o‘simliklarda asosiy elementi uglerod (S) bo‘lgan organik modda hosil bo‘ladi. 
Million yillar o‘tgandan so‘ng, ma’lum geologik davrda, bosim va harorat ta’sirida 
qotib qolgan o‘simliklardan asosini oldin o‘simliklarda yig‘ilgan uglerod tashkil etadigan 
organik energetik resurslar hosil bo‘ladi va bu esa yerda tushadigan quyosh energiyasining 
aniq miqdori natijasida amalga oshadi. Suv energiyasi ham suvni bug‘lantiradigan va bug‘ni 
atmosferaning yuqori qatlamlariga ko‘taradigan quyosh energiyasi hisobiga hosil bo‘ladi. 
Shamol quyosh tomonidan bizning planetamizni turli nuqtalarini turli haroratda 
isitilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bundan tashqari quyoshning yer satxiga bevosita to‘g‘ri 
keladigan nurlari, katta energiya manbai bo‘lishi imkoniyatiga egadir. 
SUV RESURSLARI 



Yuqorida takidlanganidek organik yoqilg‘ining hosil bo‘lishi bir tomondan quyosh 
enegiyasining tabiiy o‘zgarishi natijasida bo‘lsa, ikkinchi tomondan ko‘p yuz yilliklar 
davomida barcha geologik formatsiyalardan o‘simlik va hayvonlar olami qoldiqlariga 
mexanik, biologik va issiqlik tasiri natijasidir. Bu yoqilg‘ilarning hammasi uglevod asosiga 
ega va energiya undan uglevod dioksidi (SO
2
) hosil bo‘lishi jarayonida ajralib chiqadi. 
Zamonaviy usulda tabiatdan foydalanishda energetik resurslar uch guruhga 
taqsimlanadi, bular: enegiya oqimi va aylanishda ishtirok etuvchi (quyosh, kosmik energiya 
va boshqalar) saqlanayotgan energetik resurslar (neft, gaz va hokazo) hamda suniy 
faollashgan energiya manbalari (atom va termoyadro energiya). 
Iqtisodiyotda tabiatdan foydalanish quyidagilarga ajratiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling