39
tizimiga ulashni ta’minlaydi. Rezerv QFTning tarkibiga kiradi: himoya avtomatikasi,
zaryadlash
kontroler, baypas funksiyasi bilan
invertor, quyosh batareyalar (rasm 3.14).
4.14-Rasm. Rezerv quyosh fotoelektr tizimining tuzilma sxemasi:
1-
QFB; 2-himoya avtomatikasi; 3- zaryadlash kontroler; 4-baypas funksiyasi
bilan invertor;
5-akkumulyator batareyasi; 6-taksimlash shiti; 7-elektr o‘lchagich;
8-elektr tarmoq; 9-rezerv yuklama
Shahar elektr tarmog‘iga doimo qushilgan tizimlar (On-Grid, Grid-Tied). On-Grid
tizimlar - elektr tarmog‘iga doimo qushilgan tizimlardir,
ularning avtomatikasi mini-
elektrostansiyalarni (quyosh, gidro-, shamol- va boshqalarni) elektr tarmoq bilan sinxron
ishlashni ta’minlaydi.
Bunday tizimining asosiy elementi – invertor, elektr tarmog‘iga doimo qushilgan
holda ishlash uchun muljallangan (Grid Tie Invertor GTI). Grid Tie
Invertor tizimi ortiqcha
ishlab chiqargan energiyani elektr tarmog‘iga uzatish imkoniniyatiga ega.
4.15-Rasm. Shahar tarmog‘iga doimo qushilgan quyosh fotoelektr tzimining tuzilma sxemasi:
1-QFB; 2-Grid-Tie invertor; 3-himoya avtomatikasi; 4-energiyani hisobga oluvchi asbob;
5-
elektr energiyani iste’molchilar; 6-elektr tarmoq;
a-o‘zgarmas tok;
b-o‘zgaruvchan tok
Ushbu tizimlarning o‘ziga xos xususiyatlari va afzalliklar:
- Invertorning quyosh batareyaga bevosita ulanishi (akkumulyatordan
foydalanish
zarurat yo‘q).
- Invertorning maksimal quvvat nuqtasini kuzatish (maksimal quvvat nuqtasida
avtomatik blokirovkalash) funksiyadan foydalanish QFBning elektr
energiyasidan maksimal
40
samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bu esa elektr energiyaning ishlab chiqarishni
20...30% gacha oshirishga imkoniyat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: