Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

6.6. Quyosh elektr stansiyalar 
 
Quyosh fotoelektr stansiyalar bilan birga kо‘p mamlakatlarda termodinamik siklda 
ishlaydigan (nurlanish→issiqlik tashuvchisini qizdirish→bug‘→turbinani aylantirish→elektr 
energiya) quyosh issiqlik elektr stansiyalar (QIES) loiyqalanadi va ishlatiladi. 
Parabolali-silindrik quyosh nurlanish konsentratorlar asosida tarqoq modulli quyosh 
elektr stansiyalarning ishi asoslangan. Bunday QIES katta sondagi modullardan iborat
ularning har qaysi parabolalik-silindrik konsentratorni va uning fokusda joylashgan issiqlik 
qabul qilgichni о‘z ichiga oladi. Issiqlik qabul qilgichda sirkulyatsiyalanuvchi issiqlik 
tashuvchisi qizdiriladi, u esa elektr generator bilan birlashtirilgan issiqlik dvigatel uchun 
ishchi suyuqlik sifatida ishlatiladi. Ushbu turdagi eng katta QIES AQShda qurilgan va u 12,5 
MVt quvvatga ega. 
Katta quvvatga ega bо‘lmagan modulli turidagi QIESlar minorali QIESlarga qaraganda 
ancha samarali. Odatda modulli turidagi QIESlarda konsentratsiyalash maksimal darajasi 100 
ga yakin bо‘lgan quyosh energiya chiziqli konsentratrlardan foydalaniladi. 
6.15-rasmda parabolali-silindrik konsentratorlar bilan SEGS-1 turidagi QIESning 
sxemasi kо‘rsatilgan. 
6.15-Rasm Parabolali-silindrik konsentratorli QIESning sxemasi: 
1-parabolali konsentratorlar; 2-gaz bilan ishladigan qizdirgich-dubler; 3-issiqlik 
almashtirgich; 4-kondensator; 5-turbogenerator 


53 
6.16,a-Rasm. Modulli QIESning parabolali-silindrik quyosh nurlanish 
konsentratorli modullar, Solar Electric Generating System I. 
Kompaniya Luz International, Kaliforniya AQSH 
Issiqlik tashuvchi oqimining sirkulyatsiyani ta’minlash uchun elektr energiyasidan 
sarfni pasaytirish va qabul qiluvchi quvurlarning diametrlarni maksimal kamaytirish uchun 
isiqlik tashuvchi sifatida sintetik moy foydalaniladi. Bunday turidagi stansiyalar bir nechta 
yuzlab kо‘zgu (1) larga ega, qora qoplamali ingichka zanglamaydigan pо‘latli quvurlarga 
nurlanish yо‘naltiriladi. О‘ta qizdirilgan moy (390 
o
S) issiqlik amashtirgich (3) ga о‘zatiladi, 
unda u о‘zining issiqlikni suvga beradi, suv bug‘ga aylanadi. О‘ta qizigan bug‘ oddiy 
turbogenerator (5) ni harakatga keltiradi, ishlatilgan bug‘ kondensator (4) ga о‘tadi. Quyosh 
nurlanish yetarli bо‘lmaganda gazda ishlaydigan isitgich (2) dan foydalaniladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling