Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
NOANANAVIY ma\'ruza 2023
Minorali quyosh QIESlar
Quyosh minorali issiqlik (termodinamik) elektr stansiyalarda elektr energiyani ishlab chiqish uchun quyosh radiatsiya energiyasidan foydalaniladi. Ularda quyosh energiya ketma- ketlik bilan issiqlikka aylantiriladi, undan keyin - v elektr energiyaga (bug‘ qozon - turbina – generator sikli bо‘yicha). Bunday qurilmalar quyidagi prinsip bо‘yicha ishlaydi: balandligi 40...100 m bо‘lgan minoalar chо‘qqiga suvli qozon-issiqlik qabul qilgich о‘rnatiladi, unga katta maydondan yassi kо‘zgular yordamida quyosh nurlari fokuslanadi. Qozonda hosil bо‘lgan 200...500 o S temperaturali bug‘ elektr energiyani ishlab chiqarish uchun turbinaga uzatiladi (6.17-rasm). 54 6.18-Rasm. Minorali turidagi quyosh issiqlik elektr stansiyaning tarkibiy sxemasi: 1-minora; 2-issiqlik qabul qilgich; 3-geliostatlar; 4-sovuq issiqlik tashuvchi uchun rezervuar 5-issiq issiqlik tashuvchi uchun rezervuar; 6-issiqlik almashtirgich; 7-bug‘ turbina; 8-elektr generator; 9-kondensator; 10-transformator; 11-elektr tarmoq; 12- issiq issiqlik tashuvchi; 13- sovuq issiqlik tashuvchi; 14-bug‘ 6.18-rasmda energetika sohasidagi issiqlik sinovlarni va tajribalarni utkazish uchun Amerikadagi NSTTF quyosh qurilma keltirilgan. NSTTF qurilma 60-metrdagi minora-nishon va har qaysi 6×6 metr о‘lchamdagi 220 geliostatlardan iborat. Kо‘zgular, arximed qurilmaga о‘xshash, quyosh nurlanishni qurilmaning yuqoridagi bir yarim metrli bitta dog‘chaga yо‘naltiradi, unda quyoshli kunlarda temperatura 2000 °S gacha kо‘tariladi. Bu esa Quyosh yuzasidagidan 2,5 martaba kichik va napalm yonish temperaturasidan ikki marta katta. Qurilmadagi kо‘zgularning maydoni 8500 m 2 va issiqlik quvvat esa 5 MVt ga teng. 6.19-Rasm NSTTF quyosh issiqlik elektrostansiyasi, AQSH 55 6.20-Rasm Solar Two minorali quyosh elektr stansiyasi, quvvat 10 MVt. Kaliforniya AQSH Torresol Energy kompaniya Fuentes-de-Andalusiyada (Ispaniya) Gemasolar Power Plant quyosh isssiqlik elektr stansiyani qurilgan, quvvat 20 MVt (6.20-rasm). Minoradagi issiqlik qabul qilgichning temperaturasi 500...1000 o S tashkil etadi. Issiqlik tashuvchi sifatida azot kislotalar tuz ishlatiladi. Bu esa issiqlik tashuvchining 500 o S temperaturada 13...24 soat davomida issiqlikni saqlash imkoniyatni beradi. QIES tungi vaqtda va bulutli ob-havoda ham ishlash mumkin. 6.21-Rasm Gemasolar Power Plant quyosh issiqlik elektr stansiyasi (Ispaniya) 56 6.22-Rasm PS20 quyosh issiqlik elektr stansiyasi (Ispaniya) Abengoa Solar kompaniyasi tomonidan qurilgan PS20 quyosh issiqlik elektr stansiya 20 MVt quvvatga ega (6.22-rasm). Minoraning balandligi 161 m, 1255 geliostatlar, geliostatlardagi har bir ko‘zguning yuzasi 120 m 2 . Issiqlik qabul qilgichning temperaturasi 538...1482 o S tashkil etadi. Stirling Energy System Inc firma tomonidan AQSH Arizona shtatda qurilgan quyosh mini-stansiya parabolali konsentratorli Stirling dvigatellar bilan 6 ta modullardan iborat (6.23- rasm). Parabolalik ko‘zgularning diametri 11 m, har bir modulning quvvati 25 kVt. Stirling dvigatelda ishchi modda sifatida vodorod ishlatiladi. 57 6.23-Rasm. Stirling dvigatel bilan parabolali konsentratorlar asosidagi quyosh issiqlik elektr stansiyasi. AQSH, Arizona shtat Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling