Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
NOANANAVIY ma\'ruza 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi tasnif.
- Uchinchi tasnif
Birinchi tasnif. Bu tasnifga shamol g‘ildirak vertikal tekislikda joylashgan, aylanish
tekisligi esa shamol yо‘nalishga parallel (shamol g‘ildirakning о‘qi oqimga parallel) bо‘lgan shamol dvigatellar kiradi. Bunday shamol dvigatellarga parrakli deb ataladi. Parrakli shamol dvigatellar shamol g‘ildirakka, tezyuruvchanligiga (10.2) qarab uchta guruhga bо‘linadi (10.2-rasm): - kо‘p kurakchali shamol dvigatellar, sekin yuruvchi, tez yurutuvchanligi Zn ≤ 2; - kо‘p kurakchali shamol dvigatellar, sekin yuruvchi, tez yurutuvchanligi Zn > 2, shu jumladan shamol tegirmonlar ham; - kam kurakchali shamol dvigatellar, tez yuruvchi Zn ≥ 3. 10.2- Rasm Shamol g‘ildiraklarning sxemasi: 1 – aylanish о‘qi gorizontal, shamol yо‘nalishiga parallel; 2-ikki kurakchali; 3-uch kurakchali; 4-tо‘rt kurakchali; 5-kо‘p kurakchali 10.2-a Rasm Aylanish о‘qi gorizontalli turli xil shamol g‘ildiralarning konstruksiyasi Ikkinchi tasnif. Ushbu tasnifga shamol g‘ildirakning aylanish о‘qi vertikal bо‘lgan shamol dvigatellar kiradi. Konstrutiv tuzilishi bо‘yicha ular ikki guruhga bо‘linadi: - karuselli shamol dvigatellar, ishchi bо‘lmagan kurakchalar yo parda bilan yopiladi, yo qirra bilan shamolga rо‘para joylashadi; - rotorli Savonius tizimidagi shamol dvigatellar. 72 10.3-Rasm Aylanish о‘qi vertikal, shamol yо‘nalishiga perpendikulyar shamol g‘ildiraklarning sxemalari:1-Savonius rotori, 2-Dare rotori, 3-tо‘g‘ri kurakchali rotor 10.3-b Rasm Aylanish о‘qi vertikal shamol g‘ildiraklarning konstruksiyasi Uchinchi tasnif. Ushbu tasnifga suv tegirmon g‘ildiraklarga о‘xshab ishlaydigan, barabanli shamol dvigatellar kiradi. Bunday shamol dvigatellarda aylanish о‘qi gorizontal va shamol yо‘nalishiga perpendikulyar bо‘ladi. 1 2 10.4- Rasm Aylanish о‘qi gorizontal, shamol yо‘nalishiga perpendikulyar shamol g‘ildiraklarning sxemasi: 1-Savonius rotori; 2-barabanli 73 10.4-a. Rasm Baraban turidagi shamol g‘ildirakning sxemasi Karuselli va barabanli shamol dvigatellarning asosiy kamchiliklari shamol g‘ildirakning ishchi yuzalarning shamol oqimida joylashish negizidan kelib chiqadi, ya’ni: 1. G‘ildirakning ishchi kurakchalar havo oqim yо‘nalishda kо‘chadi, shuning uchun shamol yuklama bir vaqtda barcha kurakchalarga emas, balki navbat bilan ta’sir etadi. Natijada har bir kurakchaga uzlukli yuklama ta’sir etadi, shamol energiyasidan foydalanish koeffitsiyenti juda ham kichik bо‘ladi va 10% dan oshmaydi (eksperimental tekshirishlar bilan aniqlangan). 2. Shamol g‘ildirak yuzalarning harakati shamol yо‘nalishda bо‘lganligidan katta aylanishlarga erisha olmaydi, chunki kurakchalarning yuzalari shamol tezligidan tez harakatlana olmaydi. 3. Foydalanilayotgan havo oqimning qismi (siypab о‘tadigan yuza) g‘ildirak о‘zining о‘lchamga nisbatan ancha kichik, bu esa о‘rnatilgan quvvat birligiga tо‘g‘ri keladigan о‘zining og‘irligini oshiradi. Rotorli Savonius tizimli shamol dvigatelning shamol energiyasidan foydalanish koeffitsiyenti 18%-ga teng. Yuqorida keltirilgan karuselli va barabanli shamol dvigatellarning kamchiliklar parrakli shamol dvigatellarda bо‘lmaydi. Ushbu tasnifdagi shamol dvigatellarning asosiy afzalliklar - yuqori ayrodinamik tavsiflarga ega, ularni katta quvvatli qilib tyyorlash uchun konstruktiv imkoniyati, quvvat birligiga nisbatan og‘irligi qichik. Zamonaviy shamol generatorlar 3...4 m/s-dan to 25 m/s-gacha shamol tezliklarda ishlaydi. Uchta kurakchali va aylanish о‘qi gorizontal bо‘lgan shamol generatorlar dunyoda eng kо‘p tarqalgan. Elektr energiyani ishlab chiqarish ekologik toza va qayta tiklanadigan energiya manbadan foydalanish afzalliklarga ega bо‘lgani bilan, shamol enegetika qator muhim kamchiliklarga ega. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling