Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
NOANANAVIY ma\'ruza 2023
7.4. Quyosh sovutgich qurilmalari
Quyosh kollektorlar absorbsiyali sovutish siklning ishlashi uchun zarur bо‘lgan issiqlik energiyani ta’minlash imkoniyatiga ega. Quyosh energiya bilan havoni mu’tadillashda quyosh energiyasidan foydalanishdagi samarali potensialli sohasi deb hisoblanadi. Absorbsiyali havoni sovutish jarayonida sovutish zarur bо‘lgan havodan yoki suvdan issiqlik olish uchun suyuq agentini bug‘lantirishdan foydalaniladi (7.7-rasm). 7.7-Rasm: Absorbsiyali sovutish siklning sxemasi: 1-quyosh kollektor; 2-kondesator; 3-regenerator; 4-bug‘latgich; 5-nasos; 6-absorber; 7- sovutiladigan xonasi Absorbsiyali sovutish siklda ikkita ishchi moddalardan foydalaniladi: sovuq agent (suv) va absorbent (litiy bromidi LiBr), ular bir xil vazifasini bajaradi. Bug‘latgich 4 da sovuq agent bug‘lanadi va sovutiladigan honadan issiqlikni chiqaradi. Absorber 6 da sovuq agent absorbent bilan yutiladi. Sovuq agent va absorbent eritmasi nasos 5 bilan regenerator 3 ga uzatiladi. Quyosh kollektor 1 dan olinadigan issiqlik ta’siridan regeneratorda absorbentdagi sovuq agent bug‘lanadi. Boyitilgan absorbent qaytadan absorber 6 ga о‘tadi. Sovuq agentning bug‘lari kondensator 2 da kondensatsiyalanadi va suyuqlik holatda qaytadan bug‘latgich 4 ga о‘tadi. 67 Absorbsiyali sovutish siklning samarali ishlashi uchun muhim sharti: quyosh kollektordagi issiqlik tashuvchini to 65...95 o S gacha qizdirish zurur. Kollektordagi ishchi temperaurasi pasaishi bilan absorbsiyali sovutgichning samaradorligi kamayadi. Ikkinchi tomondan, kollektorning temperaturasi ortishi bilan uning FIK kamayadi. Bunday ishlash sharoitlar quyosh kollektorning yuqori tayyorlash sifatini talab etadi. Absorbsiyali sovutish tizimlarda quyosh kollektorlarni ishlatish uchun ular 80 o S ga yaqin temperaturaga loiyhalanadi. Quyosh energiyasidan havoni sovutish va mu’tadillash uchun ham sovutgich qurilmalardan keng foydalaniladi. Sovutish jarayonlari uchun quyosh energiyasidan foydalanishning asosiy afzalligi shundan iboratki, quyosh radiatsiyasi tushishining maksimumi "sovuq"dan iste’mol qilishning maksimal davriga mos keladi. Hozirgi vaqtda Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling