Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
Kichik shamol energetikaning iqtisodiyoti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
NOANANAVIY ma\'ruza 2023
10.3. Kichik shamol energetikaning iqtisodiyoti
Individual hujaliqlarni elektr energiya bilan ta’minlashda SHEQlarni qо‘llash, ya’ni kichik energetikani keng joriy qilishga о‘ziga xos bir qator tо‘sqinlik qiluvchi omillar mavjud. 1) Invertorning yuqori narxi – butun qurilmaning narxidan 50%-ni tashkil etadi. SHEQdan olinadigan о‘zgaruvchan yoki о‘zgarmas tokni ~220 V 50 Gs-ga о‘zgartirish va generator parallel ishlaganda uni tashqi tarmoq bilan faza bо‘yicha sinxronlashtirish uchun qо‘llaniladi. 2) Akkumulyatorli batareyalarning yuqori narxi - qurilmaning narxidan 25%-ni tashkil etadi. Tashqi tarmoqdan ta’minot bо‘lmaganda yoki vaktincha yо‘q bо‘lib turganda uzluksiz manbai sifatida foydalaniladi. 3) Ishonchli elektr ta’minotini ta’minlash uchun bunday qurilmalarga ayrim hollarda dizel-generator talab etiladi, uning narxi esa butun qurilmaning narxi bilan bir qatorda. SHEQlardan olinadigan energiyaning qimmatlashuviga olib boruvchi asosiy omillaridan quyidagilar hisoblanadi: 1) Sanoat sifatidagi elektr energiyani olish talabi - ~220 V 50 Gs (invertorlarni qо‘llash talab etiladi). 2) Ayrim davrlarda avtonom rejmda ishlash zaruriyati (akkumulyatorlarni qо‘llash talab etiladi). 3) Iste’molchilarning uzluksiz uzoq muddatli ishlarni ta’minlash zaruriyati (dizel- generatorni qо‘llash talab etiladi). Hozirgi vaqtda shamol generator yordamida sanoat sifatidagi elektr energiyani olish emas, balki о‘zgarmas yoki о‘zgaruvchan (о‘zgaruvchan chastotali) tokni olib, sо‘ngra uni elektr isitqichlar yordamida issiqliqka о‘zgartirish va undan turar joy uylarni isitish hamda issiq suvni olish usuli eng iqtisodiy samarali bulib hisoblanadi. Ushbu usuli bir nechta afzalliklarga ega: 80 1) Har qanday xо‘jalik uchun isitish uchun ta’minot asosiy energiya iste’molchi bо‘lib hisoblanadi. 2) SHEQ va boshqaruvchi avtomatikaning sxemalar tubdan soddalashadi. Eng sodda holatda avtomatika bir nechta isiqlik relelardan tuzilgan bо‘lish mumkin. 3) Energiya akkumulyator sifatida (isitish va issiq suv ta’minoti uchun suv bilan tuldirgan)oddiy boylerdan foydalanish mumkin 4) Issiqlikni iste’mol qilish bо‘yicha sifat va uzlusizligiga talablari jiddiy emas: xonalarda havo temperaturani keng oraliqda – 19...25 °S-da, issik suv ta’minoti boylerlarda esa – 40...97 °S oraliqda (iste’molchilarga zarar keltirmasdan) saqlab turish mumkin. Shamol energiyani birinchi navbatda shunday ishlab chiqarish jarayonlarda foydalanish kerakki, energiyani uzatish uzlukli bо‘lgan yoki qayta ishlash mahsulot oldindan g‘amlab qо‘yilgan hollarda (suvni kо‘tarish va sug‘orish, drenaj, tegirmon, yem-xashakni tayyorlash, elektr kimyoviy akkumulyatorlarni zaryadlash va b.). Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling