Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

Nazorat savollari: 
1. Shamol energetik qurilmalarning konstruksiyalari tushuntiring? 
2. Shamol energetik tizimlar tasnifini tushuntiring? 
3. Kichik shamol energetikaning iqtisodiyotga qanday ta’sir ko’rsatadi? 
4. О‘zbekistonda shamol energetikaning potensiali qanday holatda? 
11-MА’RUZA: Gidroenergetika. 
REJА: 
11.1. Gidroenergetikaning umumiy moyilliklari 
11.2. Gidroelektrostansiyalar 
11.3. GESning tarkibiy qismlar 
11.4.Gidroakkumulyatsiyalovchi elektrostansiyalar 
11.5. О‘zbekistonda gidroenergetika 
11.1. Gidroenergetikaning umumiy moyilliklari 
Tabiatda suvninig aylanishi Quyoshning faoliyati tufayli sodir bо‘ladi, natijada suv 
okean, dengiz va boshqa suv sirtlaridan bug‘lanadi, qora bulutlar vujudga keladi, yomg‘ir 
yoki qor kо‘rinishda yog‘adi va okeanga qaytadan tushadi. Bunday suvning aylanish 
energiyasi, quyosh energiyasining qayta tiklanadigan hosilaviy energiya bо‘lib, 
gidroenergetikada foydalaniladi. 
«Gidroenergetika» atama suvning tushish potensial energiyasidan foydalanadigan 
energetikaning sohasini belgilaydi. Ushbu energiya elektr energiyaga va ba’zida mexanik 
energiyaga о‘zgartiriladi. Gidroenergetika qayta tiklanadigan resurslarga asoslangan 
energetikaning eng rivojlangan sohasi bо‘lib hisoblanadi. 
Asosiy gidroenergetik qurilmalardan bu gidroelektrostansiyalar (GES). Energiyani 
о‘zgartirish nuqtai nazardan gidroenergetika bu juda yuqori FIKga ega bо‘lgan 
texnologiyadir, kо‘p hollarda oddiy issiqlik elektrostansiyalarga qaraganda FIK ikki martadan 
katta bо‘ladi. Bunga sababi shundan iboratki, vertikal tushadigan suvning oqimi katta kinetik 
energiyaga ega bо‘lib, uni elektr energiyani ishlab chiqarish uchun mexanik (aylanish) 
energiyaga о‘zgartiriladi. 
Gidroenergetikaning prinsipial afzaliklarga quyidagilarni keltirish mumkin: о‘zining 
resurslarni tezda tiklash qobiliyatiga ega; atmosferga ifloslantiruvchi chiqindilarni 
chiqarmasligi; elektr tarmoqdagi yuklamani tezkorlik bilan rostlash imkoniyati; elektr 
energiyani ishlab chiqarish jarayonlarning narxi pastligidir. 
Gidroenergetikaning rivojlanishni belgilaydigan muhim omillardan biri – bu 
mintaqadagi gidroenergetik potensialning о‘zlashtirilganlik darajasidir. 


82 
Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy samarali bо‘lgan gidroenergetik 
potensialning asosiy qismi (70...75%) о‘zlashtirilgan va amalda yirik GESlarni qurilish uchun 
imkoniyatlar tugatilgan. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda teskari, gidroenergetik potensialning (shu jumladan 
yiriq ham) kо‘p qismi 67...93% о‘zlashtirmagan holda qolmoqda. 
Kо‘p mamlakatlarda katta daryolarning gidroenergetik potensiali yuqori 
о‘zlashtirilganlik munosabati bilan, kichik daryolarning gidroenergetik potensialni 
о‘zlashtirish, ya’ni qichik GESlarni qurish birlamchi masala bо‘lib qolmoqda. Kichik GESlar 
alternativ (muqobil, noan’anaviy) energiya manbalari deb hisoblanadi. BMTning tasniflanishi 
bо‘yicha kichik GESlarga quvvati 10 MVt-dan kam bо‘lgan GESlar kiradi. “Kichik GESlar” 
tushunchaga mini-GES (quvvati 2 MVt-gacha) va mikro-GESlar (quvvati 1 MVt gacha) ham 
kiradi. Kichik daryolarning suv energiyasidan foydalanish birlashgan energetik tizimini 
markazsizlantirish, hamda uzoqlashgan va yetishish qiyin bо‘lgan qishloq joylardagi energiya 
ta’minotini yaxshilash imkoniyatini beradi. 
Rivojlangan mamlakatlarda yirik GESlarni qurilish potensiali qachonlar tugatilganligi 
sababli, kо‘pchilik mintaqalarda gidroakkumulyatsiyalovchi elektrostansiya (GAES) larni 
qurilishi faollashgan. Ular xuddi GESlarga uhshab tizimli funksiyalarni bajarish mumkin, 
lekin kо‘p hollarda katta masshtabli gidroishootlarni qurilishi talab etilmaydi. Oqibatda qator 
rivojlangan mamlakatlarda GAESlarning umumiy о‘rnatish quvvat yirik miqdorgacha 
yerishgan. 
GAESlarning qurilish sabalardan biri, bu yirik energetik tizimlardagi chuqqili 
(pikovaya) quvvatga ehtiyojlarning ortishidir, bu esa talab etilgan chuqqili yuklamani qoplash 
uchun generatorli quvvatini belgiladi. Chuqqili elektrostansiya — shunday elektrostansiyaki, 
chuqqili yuklama davrida elektrtizimida elektr energiyaning iste’moli keskin о‘skanda 
elektrostansiyadagi bir qismi yoki barcha agregatlar ishlab qoladi. 
11.1-Rasm Gidroenergetikaning tarkibiy sxemasi 
Yirik gidroenergetikaning kamchiliklar quyidagilardan iborat: 
GESlarni qurilishda katta kapital sarfi (plotina, suvuzatgichni qurilish); GESni qurilish va 
ishlatish jarayonida atrof muhidga keltiriladigan zararlik (katta maydonlarning suvga botishi, 


83 
Simlarda elektr 
energiya 
yо‘qotishlar 
Akkumulyator- 
larning ichki 
energiyasi 
Qizdiruvchi 
asboblarning issiqlik 
energiyasi 
Dvigatelningme 
xanik 
energiyasi 
GESning 
elektr 
energiyasi 
Turbinaning 
mexanik (kinetik) 
energiyasi 
ekologiyaning bо‘zilishi, mikro iqlimning о‘zgarishi, faunaga ta’siri, tо‘g‘onning loyqaga 
botishi va boshqalar). 
Gidroenergiyani ishlab chiqarish – bu faqat kо‘p maqsadlardan biridir. Irrigatsiya
suvning oqib о‘tish, navigatsiya, sanoat va jamoat suv ta’minoti uchun suv resurslardan 
foydalanish mumkin. 
Gidroenergetikaning ekologiyaga ta’siri haqida gapirganda quyidagilarni hisobga 
olish zarur: 
– Yirik gidroelektrostansiyalar iqlim о‘zgarishiga (parnik gazlarning iqlimga ta’siri) 
mihim bardosh beradigan omilidir. Xalqaro energetik agentligining ma’lumotlarga kо‘ra, 
mavjud bо‘lgan gidroelektrostansiyalar bо‘lmaganda parnik gazlarning otkini 11%-dan kо‘p 
bо‘lardi, bu esa planetadagi butun avtotransportdan bо‘ladigan otkinlarga teng. 
– GESlarni loiyhalash va qurilish jarayonida ekologik omillarni hisobga olgan holda 
mintaqaviy ekotizimlarga keltiriladigan zararni ancha kamayrirish mumkin (yirik 
gidroloiyhalar albatta katta ekologik zararni keltiradi deb bо‘lmaydi). 
– kichik gidroelektrostansiyalar ekologik zararsiz hisoblanmoqda, lekin ayrim 
tadqiqotlarga kо‘ra, barcha kichik GESlarning umumiy zarari quvvati teng bо‘lgan yirik 
stansiyalarning zarariga teng bо‘lish mumkin. 
Muayyan mintaqadagi gidroresurslar potensialni barcha daryolarning oqib (stok) 
о‘tishni jamlash yordamida aniqlash mumkin. 
Energetik potensialni belgilaydigan ikki bosh omillar mavjud: vaqt birligida suvning 
V-sarfi va vertikal bо‘yicha suvning tushish N-balandligi. Suv tushadigan yuqori nuqta – 
chо‘qqi - joyning topografik vaziyati tufayli tabiiy bо‘lish mumkin yoki dambalarni qurish 
yordamida sun’iy bо‘lish mumkin. Bu asosiy qoida doimiy bо‘lib qolmoqda. 
11.2-Rasm Daryolardagi oqib о‘tishning energetik potensialni belgilovchi omillar: 
N-suvning tushish balandligi, m; V-vaqt birligida suvning sarfi, m
3
/s 
11.3-Rasm: Elekrt energiyani ishlab chiqari, uzatish va foydalanish bо‘yicha 
energiyani о‘zgartirish sxemasi 
Suvning mexanik 
(kinetik) 
energiyasi 
Suvning mexanik 
(potensial) 
energiyasi 


84 
Boshqa omili esa – suvning sarfi – yomg‘ir yog‘inlarning intensivligi, tarqalish va 
davom etishlarning bevosita natijasidir. Bu narsa ham bevosita bо‘g‘ hosil bulishga
bо‘g‘lanishga, yerga infiltratsiyaga, daryo va yer havza maydoniga bog‘liq. Daryolar о‘zi 
quyosh bilan “boshqariladigan” suvning tabiatda aylanish jarayonning bir qismi bо‘lib 
hisoblanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling