Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

11.2. Gidroelektrostansiyalar 
 
GES - bu inshootlar va uskunalar majmuasidir, ular yordamida suv oqimning energiya 
elektr energiyaga о‘zgartiriladi. GES gidrotexnik inshootlar (suv oqimning zaruriy 
konsentratsiyasini va zarur bosimni hosil qilishni ta’minlaydi) va energetik uskunalar (bosim 
ostida harakatlanadigan suvning energiyani elektr energiyaga о‘zgartiradi) ketma-ketli 
zanjirdan iborat. 
Turbina va generator suvning energiyani mexanik energiyaga о‘zgartiradi, sо‘ngra – 
elektr energiyaga. GESning quvvati birinchi navbatda ikkita о‘zgaruvchan funksiya bо‘yicha 
aniqlanadi: V–metr kublarning sekundida (m
3
/s) ifodalangan suvning sarfi hamda N–suvning 
tushishda boshlangich va oxirgi nuqtalarning balandliklar orasidagi farqi (m) bо‘lgan 
gidrostatik bosim. Stansiyaning loiyhasi ulardan biriga yoki ikkovlarga asoslangan bо‘lish 
mumkin. 
GESlar uchun jihozlar yetarli darajada yaxshi ishlab chiqilgan, nisbatan sodda va juda 
ishonchli. Jarayonda xech qanday issiqlik qatnashmaganligi uchun (yonish jarayoniga 
qaraganda) jihozlar о‘zoq ishlash muddatiga ega, ishdan chiqish kamdan–kam bо‘ladi. 
GESlarning ishlash muddati 50 yildan kо‘p. 
GESdagi barcha ishchi jarayonlarni boshqarish markaziy tugun oraqali boshqarish va 
nazorat qilish mumkin, shuning uchun texnik xizmat qiluvchi kishilarning soni katta kerak 
emas. 
GESlarda ishlab chiqargan elektr energiyaning narxi past va ular kо‘pchilik yuqori 
samarali effekti bilan ishlaydi. Ishlab chiqariladigan energiyani rostlash juda oson, shuning 
uchun yuqori о‘zgaruvchan yuklama bilan ishlaydigan energotizimlarda GESlardan 
foydalanganda bu narsa juda muhim omilidir. 
Gidroelektrostansiyalar tabiat resurslardan foydalanish va hosil bо‘ladigan suvning 
konsentratsiyasiyaga qarab quyidagilarga bо‘linadi: 
1) Daryo о‘zanli va plotinali GESlar. Bular eng kо‘p tarqalagan GESlar. Ularda 
daryoni tо‘liq tusadigan yoki suvning sathini zarur bо‘lgan nuqtagacha kо‘taradigan plotina 
(damba) о‘rnatish bilan suvning bosimi hosil qilinadi. 
2) Plotinali GESlar. Suv bosimlar katta bо‘lganda quriladi. Bu holda daryo plotina 
bilan tо‘liq yopiladi, GESning binosi esa plotina orqasida, quyi qismda joylashtiriladi. Bunda 
daryo о‘zanli GESlarga о‘xshab suv bevosida turbinaga uzatilmamaydi, balki maxsus bosimli 
tonnellar orqali 
turbinalarga keltiriladi. 
3) Derivatsion GESlar. Ushbu GESlar daryoning qiyaligi katta bо‘lgan joylarda 
quriladi. Bunday GESlarda talab etiladigan suvning konsentratsiyasi derivatsiya vositasi 
yordamida hosil qilinadi. Daryo о‘zanidan suv maxsus suvо‘tkazgichlar orqali ajratib olinadi. 
Suv tо‘g‘ridan–tо‘g‘ri GES binosiga uzatiladi. Derivatsion GESlar har xil bо‘lish mumkin – 
bosimsiz yoki bosimli derivatsiya bilan. Bosimli derivatsiya bilan bо‘lganda suvо‘tkazgichlar 
katta bо‘ylama qiyalik bilan joylashtiriladi. Boshqa holda derivatsiya boshida daryoda ancha 


85 
baland plotina о‘rnatiladi va suv ombori hosil qilinadi – bu sxemaga aralash derivatsiya deb 
ataladi, chunki suvning talab etiladigan konsentratsiyasi ikki usul bilan hosil qilinadi. 
GESlar quyidagi parametrlarga qarab ham tasniflanadi: 
- nominal quvvati bо‘yicha (katta, о‘rta, kichik GESlar); 
- suv bosimning sathi buyicha (kichik, о‘rta, yuqori bosimli GESlar); 
- turbinaning turiga qarab (Kaplan, Frensis, Pelton va boshqa turbinali). 
11.4-Rasm: Plotinali GESning sxemasi:1-plotinaning poydevori; 2-turbina; 3-generator; 
4-bosimli suvо‘tkazgich; 5-damba (plotina); 6-elektr о‘tkazish liniyasi 
11.5-Rasm: Daryo о‘zanli GESning sxemasi 
11.6-Rasm: Derivatsiya bilan GESning sxemasi: 
1-suv oluvchi inshoot; 2-kanal; 3-suv ombori; 4-derivatsili suv olish kanal; 5-GES 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling