Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
NOANANAVIY ma\'ruza 2023
11.5. О‘zbekistonda gidroenergetika
О‘zbekistonda gidroelektrostansilar asosan kaskad (ketma-ket) rejimda ishlaydi. Energiya ta’minoti va irrigatsiya majmuiy masalalarni yechish bilan ular nisbatan arzon va ekologik toza elektr energiya bilan ta’minlaydi. Yirik GESlar 11.1 jadvalda keltirilgan. О‘zbekistonda tez oqadigan daryolar quyidagi xususiyatiga ega, ularda kaskad kо‘rinishda qator gidroelektrostansiyalarni qurish mumkin. Eng yirik energetik inshootlar Chirchiq-Bozsu kaskada qurilgan, stansiyalar (19 ta) soni bо‘yicha yetakchi о‘rinlarni egallaydi. 11.1 jadval О‘zbekistoda yirik GESlar № GES Turbogeneratorning quvvati, MVt Turbogenerlar soni GESning о‘rnatilgan quvvat, MVt 1 Chorvak 150/155/156 2/1/1 620 2 Xodjikent 55 3 165 3 Farxod 30/33 2/2 126 4 Gazalkent 40 3 120 5 Andijon 35 4 140 6 Tuyamuyun 25 6 150 Hozirgi vaqtda О‘zbekiston gidroelektrostansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning quvvati mamlakatda barcha boshqa elektrostansiyalarda ishlab chiqariladigan quvvatdan 14,5%-ni tashkil qiladi. Yaqin kelajakda suv xо‘jalik obektlarda kichik GESlarni keng masshtabda rivojlantirish hisobidan respublikaning gidroenergetik potensiali kuchaytiriladi, bunda bir yilga qо‘shimcha 1,3 milliard kilovatt-soat gacha elektr energiyani ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. О‘zbekiston uchun 656-ta daryolarning oqib kelish suv yig‘uvchi maydoni 83369 km 2 bilan yalpi potensiali quvvat bо‘yicha 12231 MVt-ga va о‘rtacha kо‘p yillik ishlab chiqariladigan energiya 107001,05 mln kVt soat bilan bir yilda baholanadi. 11.2 jadval Uzbekistonda gidroenergetik potensiali (t n.e.) Potensial Yalpi Texnikaviy О‘zlashtirilgan Yirik daryolar 8 1,81 0,56 Kichik daryolar 1,2 0,51 0,16 Jami 9,2 2,32 0,72 91 1 2 3 11.12. Rasm Charvak (1), Farxod (2), Andijon (3) GESlar Kichik daryolar, suv ombor va katta kanallarning yalpi potensial nisbatan katta emas. U mamlakatdagi gidroenergetik resurslarning umumiy yalpi potensialdan 13% ni tashkil etadi. Shu bilan birga, ushbu potensial yetarli darajada turg‘unlikka ega emas, chunki iqlimiy sharoitlarga va yilning “suvliligi” degan drajasiga kо‘p bog‘liq. Mamlakatdagi 14 ma’muriy-hududiy birliklardan kichik daryolarning yalpi potensial u yoki bu darajada faqat 8-ta hududda, katta hajmlarda esa - faqat Toshkent, Surhondaryo va Namangan viloyatlarda mavjud (11.3jadval). Shu bilan birga, hozirgi vaqtda kichik daryolarda kichik va mikro GESlar yetarli bо‘lib qurilmagani tufayli ularning yalpi potensialdan faqat 11%- ni texnikaviy foydalanish mumkin. Toshkent, Surhondaryo va Namangan viloyatlar eng katta resurslar imkoniyatiga ega bо‘lgani bilan, kichik daryolarning gidropotensialdan foydalanish hozircha ancha past (11.4jadval). 11.3 jadval Viloyatlar bо‘yicha kichik daryolarning yalpi energetik potensiali Viloyat nomi GESlarning potensial soni Umumiy quvvat, MVt Elektr energiyani ishlab chiqarish potensiali, mln. kVt soat/yil Djizak 542 13,54 81,24 Qashqadaryo 613 164,09 98,54 Navoiy 173 8,84 53,01 Namangan 488 227,04 1365,84 Samarqand 412 58,06 348,33 Surxandaryo 561 401,4 2406,21 Toshkent 1424 1309,58 7857,48 Farg‘ona 42 152,65 869,42 Jami 4255 2335,43 1366,07 11.4 jadval Viloyatlar bо‘yicha kichik daryolarning texnikaviy potensiali Viloyat nomi GESlar soni Umumiy quvvat, MVt Elektr energiyani umumiy ishlab chiqarish, mln. kVt soat/yil Djizak 224 4,637 28,733 Kashkadaryo 199 28,795 169,175 92 Navoiy 85 2,671 15,850 Namangan 33 8,255 49,540 Samarqand 161 12,575 75,715 Surxandaryo 192 46,133 275,950 Toshkent 186 115,110 691,200 Farg‘ona 19 48,560 225,940 Jami 1100 266,736 1532,100 11.6-jadvalda magistral kanallardagi kichik GESlarning texnikaviy potensiali bо‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Hatto agarda Pyandj daryodan bо‘lgan ichimlik suv ta’minot xо‘jalik uchun kanaldagi GESning potensialni chiqarib tashlaganda, bu manbaning potensiali 600 MVt dan kо‘p tashkil etadi. О‘zbekistonda katta va kichik gidroenergetikani rivojlantirishdan tashqari, mikro GESlar (quvvati 2 kVt gacha stansiyalar) potensialni rivojlantirish uchun imkoniyati mavjud. Mikro GES – ishonchli, ekologik toza, ixcham, xarajatlarni tez qoplay oladigan, uzoq tog‘li va borish qiyin bо‘lgan, elektr uzatish liniyalar yaqin bо‘lmagan joylardagi aholi yashaydigan qishloq, fermer xо‘jalik, kichik ishlab chiqarishlar uchun elektr energiya manbaidir. Ular yuqori energetik tavsiflarga ega bо‘lib, plotinani qurilmasdan о‘z–о‘zidan oqadigan suv oqim energiyasidan foydalanish hisobiga elektr energiyani ishlab chiqaradi. Masalan, quvvati 5 kVt bо‘lgan mikro GES qishloqlardan va markazlashgan elektr tarmoqlardan uzoqlashgan yakka kichik xujaliklarni elektr energiya bilan ta’minlash mumkin, quvvati 10 kVt-dan katta bо‘lgan qurilmalar esa olingan qishloq xо‘jalik mahsulotlarni qayta ishlash korxonalarni tashkil qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, yana 27-ta daryolarning texnikaviy gidroresurslarni о‘zlashtirish imkoniyati tasdiqlangan. Ularda umumiy quvvati 304 MVt va umumiy ishlab chiqarish 1764 GVt soat bо‘lgan 1101 ta mikro GESlarni о‘rnatish mumkin. Kichik energetikaning о‘zlashtirilgan potensial texnikaviy potensialdan 31...37%-ni tashkil etadi. Shu bilan birga, kichik energetikadagi iqtisodiy potensialning rivojlanishi ancha yuqori va oddiygina hisobi bо‘yicha hozirgi davrda 37...38%-ni tashkil etadi. Bu narsa kichik daryolarda elektr energiyani ishlab chiqarishning tannarxi nisbatan katta bо‘lmagani bilan bog‘liq. Elektr energiyaga tarif (haq miqdori) narxlari usish hisobidan kichik gidroenergetikaning iqtisodiy samaradorligi sezilarli darajada oshadi va ekspertli hisoblar bо‘yicha 2020 yilga borib texnikaviy potensiali 50...60% ni tashkil etish mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling