Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
quyosh-absorbsiyali sovutish tizimlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
NOANANAVIY ma\'ruza 2023
quyosh-absorbsiyali sovutish tizimlari eng sodda va keng tarqalgan quyosh sovutish
qurilmalardan deb hisoblanadi. Ular asosan quyosh kollektoridan, issiqlik akkumulyatori va absorbsiyali issiqlik nasoslaridan iborat (7.8-rasm). Ishchi suyuqlik sifatida absorbent va sovuq eltuvchilarning eritmalari (litiy-bromning suvdagi eritmasi LiBr-H 2 O, suv-ammiak eritmasi H 2 O-NH 3 va boshqalar) ishlatiladi. Quyosh kollektori 1 dan quyosh radiatsiyasining issiqligi bak-akkumulyator-issiqlik almashtirgich 2 orqali о‘tib generator 3 ga uzatiladi. Generatorda sovuq eltuvchining bir qismi bug‘lanadi, natijada eritma kuchsizlanadi, ya’ni konsentratsiya kamayadi. Kuchsizlangan eritma 8 absorberga о‘tadi. Kondensator 4 da sovuq eltuvchining bug‘lari kondensatlanadi. Suyuq sovuq eltuvchi 6 reduksion klapandan о‘tganda uning bosimi pasayadi va 9 bug‘latgichda bug‘lanadi. Natijada tashqi issiqlik tashuvchi - havo sovitiladi. Absorber 8 da sovuq eltuvchi kuchsizlangan eritma bilan qо‘shiladi. Absorberdan boyitilgan eritma generatorga qaytariladi va shu bilan sikl takrorlanadi. Kondensator va absorberdan issiqlikni olib ketish havoli yoki suvli bо‘lishi mumkin. 7.8-rasm. Quyosh absorbsiyali havoni sovutish tizimining sxemasi: 1-quyosh kollektori; 2-bak-akkumulyator-issiqlik almashtirgich; 3-generator; 4-kondensator; 5-issiqlik almashtirgich; 6-reduksion klapan; 7-nasos; 8-absorber; 9-bug‘lantirgich; 10-issiq va 11-sovuq havo; 12-issiqlikni olib ketish. Sovutish qurilmasining foydali ish koeffitsiyenti sovuqni ishlab chiqarish unumdorligini generatorga keltirilgan energiyaga nisbati orqali aniqlanadi η s = Q s / Q g . (7.17) Sovuqni ishlab chiqarish unumdorligi quyidagi munosabatdan aniqlanadi 68 Q s = K b F b (t 2 - t 1 ) = W x s r (t 2 - t 1 ) ; (7.18) bu yerda K b - bug‘lantirgichga issiqlik berish koeffitsiyenti, Vt/(m 2 K); F b - issiqlik berish sirtining yuzasi, m 2 ; t 1 , t 2 - sovuq tashuvchi-havoni sovutishdan oldingi va keyingi temperaturalari, o S; W v - sovuq tashuvchi-havoning massali sarfi, kg/s; s r - solishtirma issiqlik sig‘imi, J/(kg K). Quyosh kollektoridan generatorga uzatiladigan issiqlik Q g = I η k η a η ia ; (7.19) bu yerda η k , η a , η to - quyosh kollektori, issiqlik akkumulyatori, issiqlik almashtirgichning f.i.k. Quyosh suv-brom-litiyli sovutish qurilmasining f.i.k. η s =60...70% tashkil etadi. 7.9-Rasm. Geliosovitg‘ich, Turkmaniston Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling