Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
NOANANAVIY ma\'ruza 2023
7.3. Quyosh suv chuchitgichlari
Dunyoning kо‘p mintaqalarida chuchuk ichimlik suvlarini yetishmovchiligi mavjud. Bunday mintaqalarda dengiz yoki Yer osti shо‘r suvlari bor bо‘lganda suvni distillash bilan chuchuklashtirish uchun quyosh energiyasidan foydalanish istiqbolli ishlardan hisoblanadi. Birinchi quyosh suv chuchitgichlari XIX asrda ishlab chiqilgan edi. XX asrning 50 chi yillarida quyosh suv chuchitgich qurilmalari sanoatda ishlab chiqarila boshlandi. Sodda quyosh suv chuchitgich lqurilma sifatida "issiq yashik" qо‘llaniladi (7.5-,A rasm). Yashik ichida shо‘r suv bilan tо‘ldirilgan chuqur bо‘lmagan idish 2 о‘rnatilgan. Idishning tubi qoraytirilgan, yashikning devorlari va tubi issiqlik izolyatsiyalangan. 7.5-Rasm. Quyosh suv chuchitgichlarining sxemalari: A-"issiq yashik"li turi; B-lotokli; V-"basseyn"li turi; 1-shaffof qoplama; 2-shо‘r suv; 3- kondensat; 4-kondensatning oqib о‘tishi Shaffof yuza 1 janubga qarab yо‘naltiriladi. Shaffof qoplamadan о‘tgan quyosh radiatsiyasi 2 suvni qizdiradi va uning bir qismi esa bug‘lanadi. Tabiiy konveksiya ta’sirida bug‘ yuqoriga kо‘tariladi va shaffof qoplamaning sovuqrok bо‘lgan ichki sirtida kondensatsiyalanadi. Kondensat ichki sirt bо‘ylab oqib 3 tarnovga tushadi. 65 Qiyalangan lotokli chuchitgich ancha samarali konstruksiyalardan biri bо‘lib hisoblanadi (7.5,B rasm). Unda shо‘r suv pog‘onali joylashgan gorizontal lotoklarda turadi. Lotoklarni pog‘onali joylashtirilishi suvning bug‘lanish yuzasini oshiradi. Katta о‘lchamli chuchitgichlar chuqur bо‘lmagan basseynlar kо‘rinishida tayyorlanadi (7.5,V rasm). Shaffof qoplama bir yoki ikki nishabli bо‘lishi mumkin. Quyosh suv chuchitgich qurilmalarining unumdorligi odatda 3...5 l/(m 2 sut) tashkil etadi va asosan quyoshning nurlanish intensivligiga, qurilmaning issiqlik izolyatsiyasiga hamda germetiklik darajasiga bog‘liq bо‘ladi. Quyosh suv chuchitgich qurilmalaridan Gretsiya, AQSH, Avstraliya, Siriya, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlarda keng foydalanilmoqda. Quyosh suv chuchitgich qurilmasining, ya’ni suv sirti yuzasining birligiga tо‘g‘ri keladigan issiqlik balansini quyidagicha ifodalash mumkin m o c o dt o / dτ = ρ sh τ sh I - G d r - q iy ; (7.14) bu yerda m o - yuza birligidagi suvning massasi, kg/m 2 ; G d - distillyatning solishtirma chiqishi, kg/(m 2 s); c o - suvning solishtirma issiqlik sig‘imi, Dj/(kg K); t o - suvning temperaturasi, o S; τ - vaqt, s; ρ sh , τ sh - shaffof sirtning nur qaytarish va nur yutish koeffisiyentlari; I - tushadigan quyosh radiasiyasining intensivligi, Vt/m 2 ; r - suvning bug‘lanish issiqligi, Dj/kg; q iy - issiqlik yo‘qotishlar, Vt/m 2. . Solishtirma issiqlik yo‘qotishlar qo‘yidagicha aniqlanadi q iy = K kl (t i - t t ) ; (7.15) bu yerda K kl - keltirilgan issiqlik berish koeffisiyenti, Vt/(m 2 K); t i , t t - ichki va tashqi havo temperaturalari, o S. Chuchitgich qurilmasining f.i.k. suvni distillash uchun sarflangan issiqlikni qurilmaga o‘tgan quyosh radiasiyasiga nisbati bilan aniqlanadi: η = G d r / (ρ sh τ sh I) . (7.16) Ideal holda quyosh chuchitgich qurilmasining f.i.k. 80% oshmaydi. Odatda f.i.k. η<50...60% tashkil etadi. Chuchitgichning samaradorligini oshirish uchun kondensasiyalashda qoplama sirtida suvli plyonka hosil bo‘lishi zarur. Tomchilar ko‘rinishda suv kondensasiyalanganda qoplamaning yuzaga tushadigan quyosh radiasiyasining asosiy qismi tomchilar bilan qaytariladi. Qoplamalar katta qiyalik burchalar ostida bo‘lib, suv tez oqib tushadigan bo‘lsa ham qoplampning deyarli yarim yuzasi tomchilar bilan qoplangan bo‘ladi. Yog‘li izlaridan sifatli tozalangan shisha sirlarida odatda suvli plenkasi hosil bo‘ladi. Barcha toza plastmassali yuzalarda kondensasiyalovchi suv tomchilar ko‘rinishda tushadi. Quyosh radiasiyasining I intensivligi kun davomida o‘zgarishi bilan quyosh chuchitgichlarning unumdorligi mos holda o‘zgaradi. Suvli idishning chuqurligi ancha kichik bo‘lsa ichimlik suvni olish tezligi har qanday vaqtda faqat I kattaligiga bog‘liq. Suvli idish chuqur bo‘lsa suvning temperaturasi faqat bir necha kundan keyin barqarorlashadi, bundan keyin esa to‘xtovsiz sutka davomida ichimlik suvni olish mumkin. Shuning uchun, bunday idishda suvning miqdori qurilmaning kunlik unumdorligidan ko‘p marta katta bo‘lish zarur. Masalan, unumdorligi 100 kg/m 2 chuqurligi 10 sm bo‘lish kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling