Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

7.2. Quyosh issiqxonalari 
 
Kuz-qish-bahor davrda sabzavot mahsulotlari himoyalangan tuproq inshootlarida - 
texnikaviy isitiladigan issiqxonalarda yetishtiriladi. Issiqxonalarda qishloq xо‘jalik 
mahsulotlarini yetishtirishda katta energetik xarajatlar talab etiladi. Issiqxonalarni isitish 
umumiy sarf-xarajatlarning 50...60% ni tashkil etadi. Janubiy mintaqalarda issiqxonalarni 
isitish uchun quyosh energiyasidan keng foydalaniladi. Fizik nuqtai nazardan qaraganda, har 
qanday issiqxonani quyosh issiqxonasi hisoblanadi, chunki issiqxonaga о‘tgan quyosh 
radiatsiyasining bir qismi о‘simliklarni fotosintezi uchun yutiladi, qolgan qismi esa tuproq va 
konstruksiya elementlarini qizdiradi. 
Quyosh energiyasi bilan isitiladigan issiqxonalarni quyosh issiqxonalari yoki 
gelioissiqxonalar deb ataladi. Quyosh issiqxonalarining asosiy xususiyati shundan iboratki
quyosh radiatsiyasini maksimal tutib olish va undan isitishda unumli foydalanish. 
Konstruksiya jihatidan ular turli xil bо‘ladi, ya’ni bir va ikki nishabli, yarim silindrli, angarli, 
blokli va hk. 
Issiqxonalarni isitish uchun quyosh energiyasidan foydalanish samaradorligi quyidagi 
tadbirlar bilan amalga oshiriladi: 
1) quyosh radiatsiyasini maksimal о‘tkazish uchun yorug‘likga shaffof nishablarni 
janubga yо‘naltirish; 
2) shimoliy nishablarni issiqlik izolyatsiyasi
3) quyosh energiyasi ortiqcha bо‘lganda uni akkumulyatsiyalash va yetishmaslik paytida 
foydalanish. 
Gelioissiqxonalardagi issqlik akkumulyatsiyalash tizimlar passiv va aktivlarga bо‘linadi. 
Passiv akkumulyatsiyalash bilan gelioissiqxonalar 
Gelioissiqxonalarda passiv akkumulyatsiyalash tizimlar tabiiy konveksiyaga asoslangan 
va turli xil issiqlik akkumulyatsiyalovchi massivlarga ega bо‘ladi. 
7.2,A rasmda tashqi issiqlik akkumulyatorga ega bо‘lgan gelioissiqxonaning sxemasi 
keltirilgan (T.A. Sadikov). 
Issiqxonaning shimoliy tomondan qо‘shimcha xonada issiqlik akkumulyatsiyalovchi 
massiv joylashgan. Kunduz kuni issiqxonaning yuqori qismdan issiq havo yuqori 
ventilyatsiyali darchalar orqali issiqlik akkumulyatorga utadi. Issiqlik akkumulyatorda havo 
soviydi, issiqlikni massivga beradi. Bunda tabiiy havo tortqi hosil bо‘ladi. Sovigan havo 
pastdagi ventilyatsiyali darchalar orqali issiqxonaga qaytadi. Tungi vaqtda issiqxonadagi havo 
temperaturasi issiqlik akkumulyatordagi temperaturasidan pasaib ketsa, tabiiy konveksiyasi 
teskari yо‘nalishda bо‘ladi. Issiqhonadagi sovuq havo pastdagi ventilyatsiyali darchalar orqali 
issiqlik akkumulyatorga utadi, bunda havo isitiladi. Isigan havo yuqori ventilyatsiyali 
darchalar orqali issiqxonaga qaytadi. Shunday qilib, tungi vaqtda issiqxonadagi havoni isitish 
jarayoni amalga oshiriladi. 


62 
7.2-rasm:Tashqi (A) va ichki (B) passiv issiqlik akkumulyatorli quyosh issiqxonalarning 
sxemalari: 1-shaffof qoplama (janubiy); 2-issiqlik izolyatsiyali qoplama (shimoliy); 
3 va 4-yuqori va pastki ventilyatsiyali fortochkalar; 5-issiqlik 
akkumulyatsiyalovchi massiv; 6-ventilyatsiyali darchalar 
Issiqlik akkumulyatsiyalovchi massivlar issiqxona ichida ham shimoliy tomondan 
о‘rnatiladi (7.2.-B rasm). Massiv sifatida turli xil materiallardan foydalaniladi: mahsus 
konteynerdagi toshlar (galka), idishlarda suv, beton konstruksiyalar va hk. 
Issiqlikni passiv akkumulyatsiyalash usullar katta yuzalarga ega bо‘lmagan (200...250 
m
2
gacha) kuz-baxor issiqxonalarda qо‘llanilishi maqsadga muvofiq bо‘ladi. Qishki 
issiqxonalar uchun esa qо‘shimcha issqlik manbai zarur. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling