Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
Quyoshni kuzatmaydigan tarkibiy konsentratorlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
NOANANAVIY ma\'ruza 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.5. Quyosh uchoqlar
6.4. Quyoshni kuzatmaydigan tarkibiy konsentratorlar
Turli xil amaliy tadbiq etishlarda past X<10 konsentratsiyalash koeffitsiyentlarga ega bо‘lgan arzon kollektordan keng foydalaniladi. Bunday kollektorlar turli xil shakldagi tarkibiy konsentrsiyalovchi murakkab bо‘lmagan yuzalarga ega, Quyoshga mavsumiy korreksiyalash bilan sutkalik kuzatish tizimiga ega va ular qо‘zg‘almas о‘rnatiladi (6.6-B rasm). Qaytaruvchi yuzalarning shakli (parabolalik, silindrik, qiyalik, spiralli) shunday hisoblab olinadiki, qurilmaga kiruvchi barcha diffuziyali va tо‘g‘ri radiatsiyadan nurlanish qabul qilgichga konsentratsiyalanadi va tashqariga qaytarilmaydi. Odatda bunday kollektorlarda konsentratsiyalash koeffitsiyenti X=3...5 ni tashkil etadi, issiqlik tashuvchining temperaturasi esa 130...200 o S gacha yetishi mumkin. 48 6.7-rasm. Quyosh konsentratorlar 6.5. Quyosh uchoqlar Janubiy mintaqalarda ovqatni tayyorlash uchun kо‘mir, о‘tin, gaz yoki suyuq yoqilg‘ilarda ishlayotgan uchoqlarni quyosh energiyasidan foydalanadigan uchoqlarga almashtirish mumkin. “Issiqlik quti (yashik)” turidagi quyosh uchoq eng sodda konstruksiyaga ega. Uchoq issiqlik izolyatsiyalangan metall yashik bо‘lib, ovqatni tayyorlash idishni joylashtirish uchun ichki bо‘shliqqa ega (6.8-rasm). Bо‘shliqning ichki yuzalar yuqori qaytarish xossalarga ega, idish esa xira rangiga yoki maxsus yutish qoplamaga ega bо‘lish zarur. Ustidan uchoq olinadigan shishali qopqoqiga ega. Uchoqni g‘ildiraqlar bilan harakatlantirish mumkin va u yana bitta qaytaruvchi issiqlik zolyatsiyalangan qopqoqiga ega. Bu qopqoqning vaziyatini о‘zgartirish mumkin, sharnirli tayanchlar atrofida uni aylantirib vertikal yoki qiyalik bilan shunday о‘rnatish kerakki, shishali qopqoq orqali uchoq ichiga qо‘shimcha qaytargan quyosh radiatsiyasining о‘tishini ta’minlaydigan bо‘ladi. Shunday turidagi quyosh qurilmalar yorug‘ quyoshda 80...90 o S dan past bо‘lmagan temperaturalarni ma’minlaydi, issiqlik izolyatsiyasi hisobidan issiqlik yо‘qotishlar ancha kamayadi. Ushbu uchoqlarni yarim fabrikatlarni va oldin tayyorlangan ovqatlarni isitish uchun eng samarali foydalanish mumkin. 49 6.8-Rasm Issiqlik yashik turidagi quyosh uchoqlar Lekin ko‘pchilik ovqat tayyorlash jarayonlarda ancha yuqori temperaturalar talab etiladi, ularni esa faqat quyosh energiyani konsentrasiyalash uchun optik qurilmalar yordamida olish mumkin. Ko‘p holatlarda bu narsa samarasiz bo‘ladi, lekin texnikaviy nuqtai nazardan shubxasiz buni amalda bajarish mumkin. Issiq va quruq iqlimli mintaqalarda yassi va parabolalik konsentratorli quyosh uchoqlardan foydalanish mumkin (6.9-rsam). 6.9-Rasm. Yassi konsentratorli quyosh uchoqlar 6.10-a Rasm. Parabolalik konsentratorli quyosh uchoqlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling