Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


 Spirtli va anaerobli fermentlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

13.3. Spirtli va anaerobli fermentlash 
Spirtli fermentlash 
Spirtli fermentlash jarayoni etil spirti (etanol) S
2
N
5
ON ni hosil qilish uchun 
foydalaniladi. Biomassani achitish uchun spirt konsentratsiyasi 10%-dan ortganda nobud 
bо‘ladigan mikroorganizmlar (Saccharomyces cerevisiae turidagi achitqi-drojlar) dan 
foydalaniladi. Shu sababli, spirtning konsentaratsiyasini oshirish uchun qayta haydash, ya’ni 
distillash jarayoni ishlatiladi. Distillashdan sо‘ng 95% etanol va 5% suvli aralashma hosil 
bо‘ladi. Ma’lumki, bakteriyalar yog‘ochni chiritmaydi, sellyulozani esa aktiv qayta ishlaydi. 
Yog‘ochdan biologiq usulda etanolni olishda sellyuloza xom-ashyo sifatida foydalaniladi. 
Etanolni ishlab chiqarish jarayonlarining murrakabligiga qarab ularni uch turga ajratish 
mumkin (13.3 rasm): 
1) Qandga ega bо‘lgan xom ashyoni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri achitish yо‘li bilan qayta ishlash. 
Bunday xom ashyo sifatida shakar qamish, qand lavlagi, mevalar va boshqalar ishlatiladi. 
2) Kraxmalga ega bо‘lgan xom ashyoni qayta ishlash. Gidroliz usuli bilan xom ashyodagi 
kraxmal qandga о‘tkaziladi, sо‘ngra achitish jarayoni amalga oshiriladi. Xom-ashyo 
sifatida donli ekinlar, ildizli meva mahsulotlari ishlatiladi. 
3) Glyukozaga ega bо‘lgan sellyulozani qayta ishlash. Gidroliz usuli bilan fruktoza 
saxarozaga о‘tkaziladi. Xom ashyo sifatida о‘rmonchilik va yog‘ochni qayta ishlash 
sanoatdagi chiqindilar, masalan, yog‘och qipiqlari ishlatiladi. 


13.3. Rasm Etil spirtni ishlab chiqarish sxemasi: 
1-95% spirt, asosiy yoqilg‘i; 2-100% spirt, benzinga qо‘shimcha 
Spirtli fermentlash chiqindilar mol uchun yem-xashak va о‘g‘it sifatida foydalaniladi. 
13.5 jadvalda ayrim texnikaviy о‘sumliklardan etanol ishlab chiqarish ma’lumotlar 
keltirilgan. 


106 
13.5-Jadval 
Ayrim texnikaviy о‘simliklardan etanol chiqishi 
О‘simlik 
1 t usimlikdan etanol chiqishi
l/t 
Shakar qamish 
70 
Maniok 
180 
Shirin sorgo 
86 
Shirin kartoshka 
125 
Donli (makkajо‘xori) 
370 
Mevali 
160 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling