Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


Etanolni yoqilg‘i sifatida foydalanish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

Etanolni yoqilg‘i sifatida foydalanish 
Suvsizlantirilgan etanol – +423 
o
C temperaturada alangalanuvchi va -117-dan to +78 
o
C-gacha orilikda bo‘ladigan suyuqlik. Uni ichki yonuv dvigatellarda foydalanish uchun 
maxsus karbyurator talab etiladi. Shuning uchun benzinni suvsizlantirilgan etanol bilan 
aralashtiradi (xajm buyicha 20%) va bu aralashmani (gazoxol) oddiy benzin dvigatellarda 
foydalaniladi. 
Gazoxol xozirgi davrida - AQSH, Braziliya, Kanada va b.-da oddiy yoqilg‘idir. 
Etanolning muhim xususiyati – portlashsiz zarbali yuklamalarga bardosh berish (yoqilg‘ining 
detonasiyasini kamaytiradi), shuning uchun tetraetil qurg‘oshin o‘rniga etanolni qo‘shish 
ancha afzall, atmosferaning ifloslanishi kamayadi. Yoqilg‘i sifatida etanolning afzal xususiyat 
dvigatelning quvvatini toza benzinga qaraganda 20%-ga ortishini ta’minlaydi. Etanolning 
massali zichligi va issiqlik yaratuvchanlik qobiliyati benzindan past, shunga mos ravishda 
yonish issiqligi (24 MJ/m
3
) 40%-ga kam benziga qaraganda (39 MJ/m
3
). Lekin etanolning 
yaxshi yonuvchanligi hisobidan issiqlik chiqarish qobiliyatining pastligi qoplanadi. Tajribalar 
ko‘rsatadiki, dvigatellar gazoxol va benzinni bir xil miqdorda iste’mol qiladi. 
Anaerobli qayta ishlash 
Anaerobli (an-inkor etish+gr. aer – havo) qayta ishlash mikroorganizmlar yordamida 
biomassa parchalanadi, natijada metan (50...65%), karbonat angidrid gazi (30...45%), 
vodorod, oltingugurt, azot va boshqa gaz aralashmali biogaz olinadi. Biogazning issiqlik 
chiqarish qobiliyati 20...26 MJ/m
3
-ga teng. 
Biomassaning anaerobli parchalanishi ikki bosqichli biologik jarayondan iborat. 
Birinchi bosqich - kislotani hosil qiluvchi bakteriyalar yordamida yog‘, uglevodorod va 
oqsillarni oddiy organik kislotalarga o‘zgartirish jarayoni. 
Ikkinchi bosqich - metanni hosil qiluvchi bakteriyalar yordamida metan gazini hosil 
qilish jarayoni. 
Anaerobli achitish jarayonni ifodalovchi asosiy tenglama quyidagi ko‘rinishga ega: 
S
x
N
u
O
z
 + (x-y/4-z/2)H
2
O → (x/2-y/8-z/4)CO
2
 + (x/2-y/8-z/4)CH
4
 . (13.3) 
Achitish uchun xom-ashyo sifatida turli xil o‘simliklar va chorva chiqindilari ishlatiladi. 
Xom-ashyo suv bilan 90% gacha suyultiriladi. Achitish jarayoni 20...55 
o
S temperaturada 8 
kundan 20 kungacha davom etadi. 
Ma’lumki, muayyan turidagi bakteriya uchun afzalli uchta tavsifli temperatura darajalari 
mavjud. Yuqori temperaturada achitish quyi temperatralarga qaraganda tezroq o‘tadi va har 
bir 5 
o
S-ga gaz chiqishi taxminan ikki marta oshadi. Quyi temperaturali drajasi – psikrofilli – 


107 
taxminan 20 
o
S, o‘rta – mezofilli - taxminan 30 
o
S, yuqori – termofilli - taxminan 55 
o
S. Eng 
faolli metan 35 
o
S temperaturada chiqadi. 
Iqlim issiq bo‘lgan mamlaktlarda achitish isitishsiz 20...30 
o
S oraliqdagi tuproqning 
temperaturalarda o‘tkaziladi, psikrofilli achitishga mos bo‘lib 14 kunlik vaqt intervalida 
bo‘ladi. Iqlim sovuq bo‘lgan mamlaktlarda achitish uchun muhitni taxminan 35 
o

temperaturagacha qizdirish zarur (olingan gazndan bir qismni foydalanish mumkin). Ayrim 
bakteriyalar 55 
o
S temperaturada yashovchanlikka ega. Ular qo‘shimcha gaz miqdorini olish 
uchun emas, balki materialning achitishni tezlashtirish uchun foydalaniladi. 
Achitishda biokimyoviy jarayonlar uchta bosqichda o‘tadi, ulardan har biri mos bo‘lgan 
anaerobli bakteriyalar guruhi bilan ta’minlanadi. 
1. Eritmaydigan parchalanadigan biologik materiallar (masalan, sellyuloza, polishaxarid, 
yog‘lar) uglevodlar va yog‘li kislotalarga bo‘linadi. Ishchi biogazgeneratorda bu jarayon 25 
o
S temperaturada bir sutkada o‘tadi. 
2. Kislotani hosil qiluvchi bakteriyalar asosan sirka va propion kislotalarni hosil qiladi. 
Bu bosqich birinchi bosqichdagi temperatura va davrda o‘tadi. 
3. Metanni hosil qiluvchi bakteriyalar, asta-sekin, taxminan 14 sutka davomida 25 
o

temperaturada dastlabki mahsulotlarni to‘liq achitadi, bunda 70%-gacha SN
4
va 30 % SO
2

hamda N
2
 va N
2
qichik aralashmalar chiqariladi. 
Biokonversiya jaryoni energetik masalalardan tashqari yana ikkita masalarni yechishga 
imkoniyatini beradi. 
Birinchidan, achitgan go‘ng oddiy foydalanishga qaraganda qishloq xo‘jalik ekinlarning 
hosildorligini 10...20%-ga ko‘taradi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin, anaerobli qayta 
ishlashda minerallashtirish va azotni bog‘lash. An’anaviy usulda organik o‘g‘itni 
(kompostlash) tayyorlashda azot yo‘qotishlar 30...40%-gacha bo‘ladi. Go‘ngni anaerobli 
qayta ishlashda (achitmagan go‘ngga nisbatan) ammoniyli azot tarqibi 4 marta ko‘payadi 
(20...40% azot amoniyli shaklga o‘tadi). O‘zlashtirilgan fosforning miqdori ikki marta oshadi 
va umumiy fosfor miqdoridan 50% tashkil etadi. 
Ikkinchidan, achitish vaqtida begona o‘tlarning o‘rug‘lar (doim go‘ngda bo‘ladi) to‘liq 
nobud bo‘ladi; mikrobli uyushmalar, gelmint tuxumlar va yoqimsiz hid yo‘q qilinadi - ya’ni 
bugungi kunlar uchun dolzarb ekologik samara xal qilinadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling