Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
NOANANAVIY ma\'ruza 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-MА’RUZA: Biogazni ishlab chiqarish
Nazorat savollari:
1. Biomassa nima? 2. Biomassani tarkibi qanday moddalardan tashkil topgan? 3.Bioyoqilg‘ilarni yoqish jarayonini organish? 4. Spirtli va anaerobli fermentlash nima? 108 14-MА’RUZA: Biogazni ishlab chiqarish REJА: 14.1. Biogazni ishlab chiqarish 14.2. О‘zbekistonda bioenergiya resurslar 14.1. Biogazni ishlab chiqarish Biogaz metanning maksimal chiqishini taminlaydigan biogazgeneratorlarda, ya’ni metantenklarda olinadi. Hozirgi vaqtda sodda gazgolderlardan tortib to sanoat komplekslarigacha bо‘lgan turli xil biogazgeneratorli konstruksiyalar ishlatilmoqda (14.1- rasm). 14.1-Rasm Turli xil biogazgeneratorlarning sxemalari: 1-fermentalagich-kamera; 2-gaz tо‘plagich; 3-biogaz; 4-xom-ashyoni yuklash; 5-chikindini chiqarish; 6-ochiladigan qopqoq Biogazgeneratorning ish tartibi davriy va uzluksiz bо‘lish mumkin. Davriy tartibda metantenklar achitish jarayon davriga yuklanadi, gazning ajralishi tugagandan keyin uni bushatiladi. Metantenklar uzluksiz ishlaganda chiqindilar bir meyorda porsiya bilan tekis yuklanadi, shuning uchun gaz ajralib chiqish va tarkibiy qismlarni ishlab chiqarish muntazam ravishda amalga oshiriladi. Suv (90%-gacha) bilan chiqindilar aralashma (achitish jarayoni о‘tayotgan) metantenkka о‘zatiladi. Aralashma kirish teshikdan to chiqish teshikgacha achitish va fraksiyalarga ajralish sikl tо‘lik о‘tadi (14.1-rasm). Noorganik moddalar rezervuar tubiga chо‘kindi bо‘lib tushadi va birinchi qatlam shakllanadi. Ikkinchi qatlam esa о‘zi loyqa-organik ifloslanish bulib, metantenkda hosil bо‘lgan usimliklar uchun yaxshi о‘gitdir. Suyuq faza – bu boshlang‘ich aralashmada bо‘lgan suyuqlikdir. Yuzaga chiqadigan kо‘piklar oz miqdorda yaxshi izolyator bо‘lib xizmat qiladi, lekin katta miqdorda jarayonni metantenkda tо‘liq tо‘xtatish mumkin, shuning uchun uni о‘z vaqtida yо‘q qilish zarur. 109 14.2-Rasm Biogazgeneratorda moddalarning taksimoti 14.3-Rasm Oddiy biogazgenerator qurilmaning sxemasi: 1-biogazgenerator-metantenk; 2-biomassani qabul qilgich - tо‘plagich 3-qayta ishlash mahsulotlarni tо‘plagich; 4-suvli gazgolder; 5-biogaz uchun iste’molchi; 6-biomassa; 7-biogaz Biogazni yoqish jarayonida chiqishi mumkin bо‘lgan issiqlik miqdori quyidagi munosabatdan aniqlanadi: Q = η Q kb V bg ; (14.1) bu yerda Q kb - biogazning quyi yonish issiqlik miqdori, J/m 3 ; η - о‘txona qurilmasining f.i.k., η 0,6 ; V bg - olinadigan gazning hajmi, m 3 . Biogazning hajmiy chiqishi: V bg = s m b ; (14.2) bu yerda s - quruq biomassadan biogazning solishtirma chiqish miqdori, m 3 /kg; s 0,2...0,4 m 3 /kg; m b - quruq biomassaning massasi, kg/sut. Biogazgeneratorni tо‘ldiradigan biomassaning hajmiy uzatish tezligi ΔV: ΔV = m b / ρ bm ; (14.3) bu yerda ρ bm - aralashmadagi quruq massaning zichligi, kg/m 3 ; ρ bm 50...100 kg/m 3 . Biogazgeneratordagi kameraning hajmi quyidagi formuladan aniqlanadi: V k = ΔV τ c ; (14.4) 110 bu yerda τ c - biomassani fermentlash vaqti, sutka; τ c 8...20 sutka. 14.4-Rasm Individual xо‘jaliklar biogaz qurilmaning prinsipial sxemasi: 1-organik chiqindilar; 2-metantenk; 3-gazgolder; 4-qattiq chiqindilar; 5-suv isituvchi qozon; 6-dvigatel-elektrgenerator; 7-gazplita; 8-isitish batareyalar; 9 va 10-yoritish va elektr asboblar; 11-metantenkni isitish 14.5-Rasm Individual biogaz qurilmalar Biogazni ishlab chiqarish na faqat qayta ishlanadigan substratga bog‘liq, lekin qurilmaning ishchi parametrlarga ham bog‘liq (masalan, reaktordagi temperaturaga, achitish vaqtga, yuqlamaga va b.). Buni quyidagicha izoxlash mumkin: bir xildagi substratlardan foydalanishda qurilmaning unumdorligi har xil bо‘lish mumkin. 90% namligidagi 1 t gо‘ngdan, issiqlik chikaruvchanligi 23...25 MDj/m 3 bо‘lgan, 20 m 3 biogazni olish mumkin. Metantenkdagi achitishdan qolgan massasi о‘simliklar yengil о‘zlashtiradigan, hamda kasalikni qо‘zg‘atuvchilar va begona о‘simliklarning tuxumlar bо‘lmagan suyuq yuqori konsentratli organik о‘g‘itdir (gumus). 1m 3 biogaz yonganda taxminan 5...7,5 kVt×soat (tarkibidagi metan miqdorga) issiqlik hosil qilinadi. Biogaz tarkibida metan miqdoriga (50...75%) va issiqlik dvigatel hamda generatorlarning FIK-ga qarab 1 m 3 biogazdan 1,5...2.2 kVt×soat elektr energiyani yoki 2,8...4,1 kVt×soat issiqlikni olish mumkin. Biogazda ishlaydigan issiqlik eletkrostansiyaning FIK 85% bо‘lganda 35% elektr energiyani va 65% issiqlikni olish mumkin. 111 14.6-Rasm: Sanoat biogaz qurilmaning prinsipial sxemasi: 1-metantenk; 2-bio chiqindilar; 3-gazgolder; 4-qattiq chiqindilar; 5-chiqindilarni presslash; 6-chiqindilarni quritish; 7-kompressor; 8-yonish kamerasi; 9-gaz turbina; 10-elektrgenerator; 11-issiqlik almashtirgich; 12-nasos; 13-issiqlik punkt; 14-metantenkni isitish, quritish va о‘zining ehtiyoji uchun issiq suv; 15-havo; 16-isitish va issiq suv ta’minoti uchun issiq suv; 17-suv tarmoqdan sovuq suv; 18-о‘g‘itlarga chiqindilar 14.7-Rasm: Sanoat biogaz qurilmaning sxemasi (Avstriya): 1-qattiq organik chiqindilar uchun bak; 2-metantenk 3-gazgolder 4-gaz aralashtirgich; 5-kompressor; 6-energiya bloki (issiqlik generator, turbina, elektrogenerator; 7-qattiq chiqindilarni qabul qilgich; 8-press; 9-quritgich; AGM-alternativ gaz manbai; G-gaz; YOYOM-yonilgi yonish maxsulot; QOCH-qattiq organik chiqindilar; E-elektr energiya; IM- issiqlik markazi; QCH-qattiq chiqindilar OО‘-organik о‘g‘itlar. Dunyo tajribasi kо‘rsatadiki, bioenergetik tizimlarni muvaffaqiyatli yaratish uchun quyidagi narsalar zarur: - barcha rivojlanish bosqichlarda jamoatchilikning faol qatnashish (rejalashtirish, tajribali ishlanma, tizimni ishlab chiqarishga joriy qilish va ishlatish); - davlat va xususiy muassasalar va tashkilotlar tomonidan muntazam qо‘llab-quvvatlash va texnik yordam berish; 112 - qishloq xujalik va oziq-ovqat sanoat, biokimyoviy muhandis, mikrobiolog, ekolog mutaxassislarni tayyorlashda biokonversiya texnologiya sohasiga nazariy va amaliy yо‘naltirish, - genetik muhandislikni va har xil maqsadlar uchun yaroqli bо‘lgan ekin о‘simliklarni yaratish uslublarni rivojlantirish; - kichik biokonversiyali tizimlar uchun hujayrali va fermentli immobolizatsiyani birlashtirish texnologik jarayonlarni ishlab chiqish; - biomassadan yonilg‘i olish samarali termik-kimyoviy jarayonlarni ishlab chiqish; - tajriba almashishga hamda majmuali tizimlarni yaratishda omadsizlik sabablarni aniqlashga yо‘naltirilgan har xil hamkorlik turlarni rag‘batlantirish. 14.8-Rasm: Ishlab chaqarishdagi biogaz qurilmalar 14.9-Rasm: Biogazda ishlaydigan issiqlik elektrstansiyalar Kichik energetikada biogaz qurilmalardan foydalanishda quyidagi masalalar hal qilinadi: 1. Energetik. Issiqlik va elektr energiyani olish. Obektning energetik mustaqiligini ta’minlaydi. О‘zok joylashgan tumanlarda biogaz qurilmalar obektlarni (avtonom, individual, fermerlik, ishlab chiqarish) texnologik va maishiy ehtiyojlar uchun zarur energiya bilan ta’minlaydi; yonilg‘ini tashib keltirish, elektr uzatish liniyalarni va issiqlik trassalarni qurilish zaruriyati bо‘lmaydi. 2. Ekologik. Organik chiqindilarni qayta ishlash (utillashtirish) ekologik muammoni yuqori texnologik darajada yechish. Qishloq xо‘jalik va maishiy chiqindilarni qayta ishlash mintaqada ekologik yuklamani pasaytiradi. Bioyonilg‘idan foydalanish tabiiy qayta tiklanmaydigan energiya tashuvchilarni tejash va qishloq xо‘jalikni ekologik toza о‘g‘itlar bilan ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling