Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


Tarqoq yoki quyi zichliklarga ega bo‘lgan energiya


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

Tarqoq yoki quyi zichliklarga ega bo‘lgan energiya 
Qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan energiya manbalari o‘zining boshlang‘ich 
zichliklari bo‘yicha bir-biridan ancha katta farqlanadi. Qayta tiklanadigan energiya manbalari 
uchun ushbu kattalik taxminan 1 kVt/m
2
-ni tashkil etadi. Masalan, quyosh nurlanishi va 10 
m/s tezligidagi shamol oqimlarining zichligi shunga yaqin. Kayta tiklanmaydigan energiya 
manbalari uchun esa ushbu kattalik bir tartibga katta bo‘ladi. Masalan, bug‘ qozonlarida 
issiqlik 
yuklamasi 
100 
kVt/m
2
-ni 
tashkil 
etadi, 
yadro 
reaktorlaridagi 
issiqlik 
amlashtirgichlarida esa – 1 m
2
ga bir necha MVt bo‘ladi. Kayta tiklanmaydigan energiya 


15 
manbalarining zichligi past bo‘lganligi tufayli, ular asosidagi energetik qurilmalar katta 
bo‘lmagan birlik quvvatlarda eng samarador hisoblanadi. Quvvatini va samaradorligini 
oshirish uchun bunday qurilmalarni yagona energotizimga birlashtirish, hamda energiyani 
akkumulyatsiyalovchi tizimlar bilan foydalanish zarur, bu esa katta sarf harajatlarni talab 
etadi 
Qayta tiklanadigan energiya manbalariga asoslangan energetikani mujassam 
rejalashtirish 
Qayta tiklanadigan energiya manbalari atrof muhitning ajralmas qismidir, ularni 
o‘rganish birgina ilm-fan tadqiqotlari bilan cheklanmaydi, balki har xil fanlar majmuasiga 
asoslanadi. Masalan, termodinamika, elektronika, biotexnologiya, modellashtirish va 
boshqarish nazariyasi va boshqa fanlar. 
Muayyan vaziyatining ta’riflovchi ahamiyati 
Har qanday qayta tiklanadigan energiya manbai universal va har qanday vaziyatda 
foydalanish uchun etarlicha samaraga ega emas. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan 
foydalanish samaradorligi, muayyan tabiiy va iqlimiy shart-sharoitlar hamda jamiyat 
ehtiyojlari bilan belgilanadi. 
Qayta tiklanadigan energiya manbalari asosidagi energetikaning rivojlanishi quyidagi 
tadbirlarni o‘tkazishni talab etadi: 
1. Muntazam ravishda atrof muhitni tadqiq qilish: iqlimiy, meteorologik, ekologik 
tadqiqotlar; atrof muhitning monitoringi. 
2. Energiya iste’molchilarining tarkibi, iste’mol qilinadigan energiyaning turi va 
quvvati; sanoat, qishloq va kommunal xo‘jaliklar uchun zarur bo‘lgan energiya ehtiyojlarini 
aniqlash lozim. 
Noan’anaviy energiya manbalari o‘zining quyidagi musbat va manfiy sifatlariga 
egadir: 
1) Ular qayta tiklanadi va amalda bepul bo‘ladi, ulardan foydalanish oqibatida 
ekologiya o‘zgarmaydi va atrof muhitda ifloslanish bo‘lmaydi. 
2) Past konsentrasiyaga ega, fazoda va vaqt bo‘yicha o‘zgaradi; geografik, iqlimiy va 
ob-havo sharoitlariga bog‘liqdir. 
3) Noan’anaviy qayta tiklanadigan energiya manbalardan foydalanish samaradorligi 
energiyani konsentrasiyalash, akkumulyatsiyalash va saqlash tizimlarini yaratish bilan 
bog‘liqdir. 
O‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari bilan, noan’anaviy energetikaning rivojlanishi, 
mintaqaviy va mahalliy tavsiflarga ega: quyosh nurlanish energiyasi eng ko‘p konsentrasiyaga 
ega, suv resuslariga, geotermal manbalarga yaqin bo‘lgan mintaqalar; okeanning issiq suvli 
qirg‘oq bo‘yidagi, biomassani ishlab chiqarish mintaqalari. 
Noan’anaviy energetikaning energiyasidan asosan mintaqaviy va avtonom 
iste’molchilar foydalanadi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar hamda isitish, issik suv 
ta’minoti va maishiy ehtiyojlar uchun ishlatiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling