Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


Zaryadlash-zaryadsizlanish kontroller


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

Zaryadlash-zaryadsizlanish kontroller – o‘zining tarkibida zarur bo‘lgan vaqtda 
zaryadlash va zaradsizlanish maqbullashtirgichni qo‘shish-ajratish rejimini sozlash uchun 
taymerga ega. Bu esa akkumulyatorning ishlash muddatini uzaytirishga yordam beradi, 
hamda avtomatik ravishda ertalab va kechkurun yoritishni qo‘shadi va ajratadi. 
Invertor yoki o‘zgartirgichlar – o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan tokka o‘zgartiradi, 
o‘zgaruvchan tok bo‘lmagan shroitida turli xil apparat va asboblarni sifatli elektr ta’minoti 
bilan ta’minlash uchun muljallangan. Invertor impulsli o‘zgartirgmch bo‘lib, 12 (24, 48, 60) 
V o‘zgarmas tokni kuchlanish 220 V chastotasi 50 Gs bo‘lgan o‘zgaruvchan tokka aylantiradi. 
Ko‘pchilik invertorlar o‘zining chiqishda sinusoidal shakldagi stabillashgan kuchlanishga 
ega, bu esa amalda har qanday uskuna va asboblarning elektr ta’minoti uchun foydalanish 
mumkin. Invertorlarning nominal qatori 150, 300, 500, 800, 1500, 2500, 5000 Vt. 
Konstruksiya jihatdan invertorlar yakka bloklar ko‘rinishda tayyorlanadi. 
Fotoelektr tizimining tarkibiga kiruvchi barcha elektron asboblar qisqa tutashuv, qizib 
ketish va o‘ta yuklanishlardan himoyaga ega. Bu esa ishonchlilikni va samarali ishlashini 
ta’minlaydi. 
Akkumulyator – quyosh modul ishlab chiqargan energiyani to‘playdi. QFTning 
tarkibiy qismi sifatida akkumulyator uchta vazifa bajaradi: 
- fotoelektr modul o‘zi chuqqili yuklamani qoplamaganda chuqqili yuklamani 
qoplaydi (rezerv zaxira); 
- tungi vaqtda energiyani beradi (qisqa muddatli energiyani saqlash); 
- yomon ob-havo vaqtda yoki o‘ta yuqori energiya iste’moli davrda energiyani 
qoplaydi (o‘rta muddatli energiyani saqlash). 
Elektr energiyani akkumulyatsiyalash sababli QFTlar kunduzi va tunda, har qanday 
ob-havoda ishonchli elektr ta’minot manbai bo‘lib xizmat qiladi. 
Quyoshni kuzatuvchi qurilmasi – Quyoshni kuzatishni ta’minlaydigan qurilmadir. 
Quyoshni kuzatish hisobidan QFMni harakatsiz holda o‘rnatilganiga qaraganda elektr 
energiyani ishlab chiqarish qishda 10% ga, yozda esa 40% ga oshiriladi. QFM 
harakatlanuvchi platformaga o‘rnatiladi va Quyosh harakatiga qarab buriladi. Kuzatish tizimi 
qimmatbaho elektr-mexanik qurilma, shuning uchun uni qo‘llash har doim iqtisodiy ravishda 
o‘zini oqlamaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling