Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
NOANANAVIY ma\'ruza 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fotoelektr panellar
- Quyosh fotoelektr tizimlar
4.2. Quyosh fotoelektr tizimlar
qism. Quyosh fotoelektr element (QFE) – fotoelektr tizimlarning asosiy tashkil etuvchi Fotoelektr modul, batareya (QFB) – QFElarni ketma-ket va parallel qo‘shish bilan hosil qilinadi. QFBni qo‘llanilishi yuqori universalligi bilan tavsiflanadi: kichik gabaritli, zarur bo‘lgan joyga osonlik bilan yetkaziladi, kommunal iste’molchilar uchun elektrostansiya sifatida foydalanish mumkin. QFBlar tok o‘tkazmaydigan materialli karkasda o‘rnatiladi. Bunday shakl QFBlarni ta’lab etiladigan tavsiflarda (tok va kuchlanishda) yig‘ish, ishdan chiqqan QFEni oddiy almashtirish bilan tuzatish imkoniyatini ta’minlaydi (rasm 3.11). Fotoelektr panellar (QFP) - bir nechta QFBlardan elektromontaj bilan qo‘shilgan bloklar ko‘rinishda, ekspluatasiya joyida o‘rnatish uchun tayyor holatda, tashkil qilinadi. Fotoelektr massiv (QFM) - bir nechta o‘zaro birlashtirilgan QFPlardan tuziladi. 4.11-Rasm. QFEdan to QFMgacha: 1 – QFE; 2 – QFB; 3 – QFP; 4 - QFM Quyosh fotoelektr tizimlar (QFT) - ketma-ket va parallel qo‘shilgan QFMlar kombinasiyasi bilan shakllanadi. Ularning tarqibiga qiradi akkumulyator batareyasi (AKB), zaryadlash-zaryadsizlanish kontrolyor, invertor-o‘zgartirgich, mexanik tayanchli konstruksiyasi, kabellar, almashlab ulagich va boshqalar. QFTlar turli xil elektr energiya iste’molchilar uchun foydalinadi: yoritish, suvni uzatish, akkumulyatorni zaryadlash, aloqa vositalar, tibiyot muassasa, mahaliy biznes, elektr energiyani elektr tarmoqqa uzatish va h.k. QFTlarni markazlashgan, taksimlangan va avtonom elektr energiyani ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin. Quyosh nurlanish bepul, QFT ish jarayonida shovqinni va ifloslanishni chiqarmaydi. To‘g‘ri loyihalangan va o‘rnatilgan QFT katta hajmdagi texnikaviy xizmatlarni talab qilmaydi, uzoq xizmat muddatiga ega hamda ishlatishda ishonchli. QFTlarning ishlash muddati 20 dan to 50 yilgacha bo‘ladi, shu bilan uzoqqa chidamlilik ta’minlanadi. 38 4.12-Rasm. Individual uy uchun QFTning tuzilmali sxemasi: 1-QFB; 2-zaryadlash-zaryadsizlanish kontroler; 3-akkumulyator batareyasi; 4-invertor Quyosh fotoelektr tizimlarni, tarkibiga va bajaradigan vazifaga qarab, quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: avtonom, rezerv (ehtiyot) va tarmoqqa doimiy ulangan tizimlar (On-Grid, Grid-Tied). Avtonom QFT. Avtonom fotoelektr tizimlar obyektni shahar elektr tarmog‘iga ulanish imkoniyat bo‘lmagan hollarda foydalaniladi. Odatda bunday tizimlar bilan kottej, dala hovli va boshqalar ta’minlanadi. Elementlarning parametrlarga bog‘liq bo‘lgan holda bunday QFTlar katta bo‘lmagan doimiy yuklama (yorug‘lik diod lampalar, radio, noutbuk va h.k.), yoki davriy ravishda katta yuklama (elektr nasos, elektr choynak, va h.k.) uchun foydalanilmoqda. Avtonom elektr ta’minot tizimining tarkibida shamol generator, dizel yoki benzin generatorlar bo‘lish mumkin (rasm 3.13). 4.13-Rasm. 1-QFB; 2-zaryadlash kontroler; 3-invertor; 4-akkumulyator batareya; 5-rezerv generator; 6-o‘zgaruvchan tok ta’minot shiti; 7-o‘zgarmas tok ta’minot shiti; 8-yuklama kontroler; 9- o‘zgaruvchan tok yuklama; 10- o‘zgarmas tok yuklama Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling