Agrotexnologiyalar instituti
O’QUV TANISHUV AMALIYOTNING BESHINCHI KUNI
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Xisobot yozish kursatmasi
O’QUV TANISHUV AMALIYOTNING BESHINCHI KUNI.
Andijon viloyati Paxtaobod tumani ―Saydullo‖ fermer xo‘jaligida dorivor o‘simliklar bilan tanishildi va ulardan gerbariy yig‘ish, viloyatimizda tarqalgan dorivor o‘simliklar xaqida so‘zlab berildi. O‘zbekiston Respublikasida birinchi marta 1973 yilda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi xo‘jaliklarda dorivor o‘simliklar ekila boshladi. Keyinroq (1978 yilda) Namangan viloyati Pop tumanida Ibn Sino nomli dorivor o‘simliklar o‘stiriladigan xo‘jalik tashkil qilindi. Bu xo‘jalik dalalarida qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor tirnoqgul, na‘matak, achchiq shuvoq (erman), bo‘lakli ituzum, mayda gulli tog‘rayxon va boshqa o‘simliklar o‘stirilgan. Qishloq ho‘jaligi o‘simliklari bilan tanishish va gerbariy yig‘ish; mintaqamizda yetishtirilayotgan go‘za, bugdoy, sabzovot, poliz, dukkakli, va boshqa o‘simliklar xaqida malumot berildi. Gerbariy yoki kolektsiyalar havo ochiq kunlari yig‘ilgani ma‘qul, chunki nam xavoda yig‘ilgan o‘simlik tez qurimaydi, balki ko‘pincha mog‘orlab ketadi. Gerbariy uchun o‘t o‘simliklar barcha vegetativ organlari, gul, meva va urug‘lari bilan birga (shikastlamay) olinadi. Ikki uyli o‘simliklarning changchi va urug‘chi gullari aloxida-aloxida olinadi. Daraxt va buta o‘simliklarning shoxi, guli yoki mevasi bilan, shu o‘simlikka hos belgili barglari bo‘lgan novdasi, hamda bir parcha po‘stlog‘i olinadi. olinadigan materiallar qog‘oz orasiga olinib, har bir o‘simlik turlari alohida taxlanadi. Gerbariy yoki kollektsiya uchun olingan har bir o‘simlikka ular olinishi bilan darhol etiketka yoziladi, etiketka materialni yig‘ish navbati bo‘iycha nomerlanadi va quyidagilar yoziladi: a) olingan o‘simlik turini xarakterlovchi ma‘lumot, o‘simlikning oilasi, turkumi va turining (O‘zbekcha, ruscha, lotincha) nomi, o‘simlikning yashash joyi; shu o‘simlikka taalluqli ma‘lumotlar, ya‘ni o‘simlikning topilgan joyi, olingan vaqti (oy, kun) hamda o‘simlikni yiqqan va etiketka yozgan kishining imzosi. Introduktsiya qilingan o‘simliklar bilan tanishildi va gerbariylar yig‘ildi. Introduksiya (lot. introductio -joriy qilish), oʻsimliklar introduksiyasi — turli oʻsimliklar turlari va navlarini oʻz tabiiy arealidan ilgari uchramagan hududlarga koʻchirish (jalb etish). Hozir deyarli barcha qitʼalarda yetishtirilayotgan madaniy oʻsimliklarning koʻpchiligi turli geografik oʻlkalardan tarqalgan, "koʻchirib keltirilgan" oʻsimliklar hisoblanadi. 16—17-asrlarda Amerikadan Yevropaga makka-joʻxori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, tamaki va boshqa tarqalgan boʻlsa, 17-asrdan boshlab Shim. Amerikada Yevropadan keltirilgan olxoʻri, olma, nok, kashtan va boshqa oʻstirildi, Avstraliyada makkajoʻxori, qovoq, zaytun, uzum, sitruslar paydo boʻldi. Oʻsimliklar tabiiy arealdan yangi hududlarga introduksiya qilinganda turlar (navlar)ning hayotchanligi va introduksiyaning maqsadi boʻlgan qimmatli xoʻjalik belgilarining yaxshilanishi yuz beradi: meva (urugʻ) hosildorligi koʻtariladi, fitomassa koʻpayadi, muhitning turli omillariga, kasallik, zararkunandalarga chi-damliligi ortadi va boshqa "Oʻz markazlari"dan introduksiya etilishi oʻsimliklar arealini maʼlum doirada kengaytirdi va bu borada ayrim oʻsimliklarning bir- lamchi markazlar bilan boʻlgan aloqasi uziladi. Mas, yer yongʻoqning vatani — Shim. Argentina, biroq hozir yer yongʻoq eng koʻp ekvatorial Afrikada yetishtiriladi. Kartoshkaning vatani — Jan. Amerika boʻlsa ham, u dunyoning koʻpgina davlatlarida asosiy oziq mahsuloti hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling