Agrotexnologiyalar instituti


O’QUV TANISHUV AMALIYOTNING TO’RTINCHI KUNI


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana13.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1356344
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xisobot yozish kursatmasi

O’QUV TANISHUV AMALIYOTNING TO’RTINCHI KUNI 
Inistitut o‘quv dala tajriba xo‘jaligida o‘simliklarning changlanishga moslanishlarini
changlanish turlari, o‘z-o‘zidan changlanish, chetdan changlanish, animafiliya, entomofiliya, 
dixogamiya, getrositiliya, qo‘sh urug‘lanish xodisalari o‘rgatildi. 


CHangdonlar, odatda, ikkita ichki chang xaltachalardan tashkil topadi, ularning ichida 
chang bo‗ladi. Ba‘zi o‗simliklarning changchi iplari yaxshi rivojlanmagan bo‗ladi, ularda 
changdonlar to‗g‗ridan – to‗g‗ri gulo‗rniga birikadi. Bunday gullar bandsiz gul deyiladi. 
CHangchilar gul o‗rnida doira yoki spiral shaklida joylashadi. Ular batamom erkin
yoki qisman bir – biriga qo‗shilib o‗sgan bo‗lishi mumkin. Masalan, g‗o‗za gulida 
changchilar yaxlit naycha bo‗lib qo‗shilib o‗sadi, uning uning ichidan urug‗i o‗tadi. 
Dukkakdoshlarda to‗qqizta changchi birga qo‗shilib o‗sadi, o‗ninchisi esa erkin qoladi. Faqat 
changchilar (murakkabguldoshlarda) yoki faqat urug‗chi iplari (dukkakdoshlarda) qo‗shilib 
o‗sishi mumkin. Bundan tashqari, changchilar faqat bir – biri bilangina emas, balki gulning 
boshqa qismlari bilan ham qo‗shilib o‗sish xususiyatiga ega. Ba‘zan changchi iplarining 
shoxlanishlari ham kuzatiladi, buning natijasida changchining uchki qismi bir necha shoxchaga 
ajraladi, ulardan har qaysisining uchi changdon bilan tugaydi (kanakunjutda). CHangchilarning 
sirti odatda yalang‗och bo‗ladi, ammo ba‘zi changchilari tuk bilan qoplangan o‗simliklar ham 
uchraydi (sigirquyruq).
Meva va urug‘ tuzilishini o‘rganish, meva tuzilishi, xillari tarqalishga moslanish 
xususiyatlari taxlil qilinadi.chin meva,soxta meva, oddiy meva murakkab mevalar farqlanadi. 
Urug‘chi (mevachi ) – ginetsey. Gulqo‗rg‗onning ichki qismi bitta yoki bir nechta
urug‗chi, ya‘ni ginetsey bilan band bo‗ladi. Urug‗chi - urg‗ochi gul organi. Har bir urug‗chi
bittadan yoki bir nechta urug‗chi bargdan rivojlanadi. Urug‗chi barglar gul bandi bo‗lmagan, 
pastki qismlari qalinlashgan, shakli o‗zgargan barglardir.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling