Ahamoniylar davlati Reja


Yunon-makedonlarning sharqqa yurishi va Eron saltanatining qulashi. Miloddan avvalgi 336-yili Filipp II


Download 59.5 Kb.
bet7/11
Sana09.06.2023
Hajmi59.5 Kb.
#1473624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1479926824 66189

4. Yunon-makedonlarning sharqqa yurishi va Eron saltanatining qulashi. Miloddan avvalgi 336-yili Filipp II o`ldirilgach, Makedoniya taxtiga uning o`g`li Iskandar o`tiradi. Miloddan avvalgi 334-yili Iskandar 30 000 piyoda, 5000 otliq askar va 160 harbiy kemadan iborat kuch bilan Kichik Osiyoga o`tib, Eronga urush e `lon qiladi.
Miloddan avvalgi 334–332-yillardagi dahshatli janglar natijasida Iskandar Kichik Osiyo, Kilikiya, Suriya, Finikiya va Palastin kabi davlatlarni bosib oladi. Iss yonidagi jangdan so`ng Eron shohi xotin, bola-chaqasini tashlab, Markaziy Eronga qochib ketadi. Uning butun oilasi Iskandarga asir tushadi. Misr Iskandarga urushsiz taslim bo`ladi.
Miloddan avvalgi 331-yil 1-oktabrda Gavgamel yonidagi dahshatli jangda Eron qo`shinlari yana tor-mor etiladi. Shundan so`ng ikki daryo oralig`i va unga tutash bo`lgan Bobil, Suza, Persepol, Eron poytaxti Pasargad yunon-makedon qo`shinlari tomonidan bosib olinadi. Doro III qolgan qo`shinlari bilan Ekbatanga chekinadi. Iskandar esa eroniylarni ta`qib qilib boraveradi. Ekbatanga Iskandarni kelayotganini eshitgan Doro III Baqtriyaga qochib ketadi. Baqtriya satrapi Bess o`z qarindoshi Doro III ni o`ldirib, o`zini Artakserks IV nomi bilan Eron shohi deb e`lon qiladi. Ko`p o`tmay Bess Iskandar tomonidan ushlanib qattiq qiynoqqa solib o`ldiriladi.
Miloddan avvalgi 329–327-yillarda Iskandar Turonning bir qismini, 327–325-yillarda esa Hindistonning g`arbiy viloyatlarini bosib oladi. U 325-yili Ikki daryo oralig`iga qaytib, Bobilni buyuk saltanatining markaziga aylantiradi. Iskandar buyuk saltanatni ikki yildan oshiqroq boshqaradi. Qadimgi dunyoning buyuk sarkardasi va shohi tez orada betob bo`lib, ehtimol zaharlanib miloddan avvalgi 323-yilda vafot etadi. Iskandar tuzgan bu ulkan davlat mustahkam emas edi. Ayni paytda bu davlatni boshqara oladigan Iskandarzodalar ham yo`q edi. Shu tufayli bu ulkan davlat parchalanib, uning o`rnida bir qancha mayda davlatchalar tashkil topdi. Ularni Iskandarning lashkarboshilari bo`lib oladilar. Eronda esa Salavkalar davlati tashkil topadi.

Download 59.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling