Ahamoniylar davlati Reja
Miloddan avvalgi VII–IV asrlarda
Download 59.5 Kb.
|
1479926824 66189
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Qadimgi Eron madaniyati. Yozuv.
- «Avesto»
Miloddan avvalgi VII–IV asrlarda Eronda tashqi savdo ham rivoj topib savdogarlar Ikki daryo oralig`i, Kichik Osiyo, Misr, O`rta Osiyo, Arabiston, Kavkaz, Hindiston, O`rtayer dengizi atrofidagi davlatlar bilan qizg`in savdo ishlarini olib borganlar.
Tashqi savdo ham suv, ham quruqlik yo`li orqali olib borilgan. Eronning Suza shahridan Lidiyaning Sardi shahrigacha «Shoh yo`li» o`tkazilgan edi. Undan Eron shaharlaridan atrof mamlakatlarga savdo-karvon yo`llari taralgan edi. Karvon yo`lining har yer, har yerida bekatlar, mehmonxonalar, sardoba – suv saqlagichlar, korizlar, karvonsaroylar va rabotlar bunyod etilgan edi. Yo`llar serqatnov bo`lib, uni shohning otliq navkarlari – posbonlari doimo nazorat qilib yurardilar. Hunarmandchilik va savdo-sotiq davlatga juda katta boylik olib kelar edi. 3. Qadimgi Eron madaniyati. Yozuv. Qadimgi Eronda xilma-xil qabilalar yashaganlar. Shu tufayli Eron madaniyati xilma-xil va ko`p qirrali bo`lgan. Miloddan avvalgi III mingyilliklardayoq elamliklar 150 belgi-rasmdan iborat mustaqil yozuvga ega bo`lganlar. Keyinchalik esa 80 belgidan iborat yozuv kashf etilgan. Lekin miloddan avvalgi XXIII–XXII asrlar davomida elamliklar shumer-akkadning mixsimon yozuvidan foydalanganlar. Ular miloddan avvalgi VI asrda shumer-akkad mixxatini o`zlashtirib va takomillashtirib 42 belgidan iborat o`z alifbolarini yaratganlar. Ayni paytda ular aramey yozuvlaridan ham foydalanganlar. Doro I va uning o`g`li Kserks va boshqalar Eron mixsimon xatidan keng foydalanganlar. Bu jihatdan Doro I ning Bexistun va Naqshi – Rustam qoyalariga mixsimon alifboda o`yib yozilgan katta xatlari muhim ahamiyatga egadir. Adabiyot. Qadimgi eronliklar o`zlarining boy xalq og`zaki ijodiyoti va yozma adabiyotiga ega bo`lganlar. Ular ko`plab xalq maqollari, ertaklari, hikoyalari, qo`shiqlari va yozma adabiyotning ajoyib namunalarini yaratganlar. Bu jihatdan xalq og`zaki ijodiyoti bilan sug`orilgan «Avesto» va Firdavsiyning «Shohnoma» dostoni alohida ahamiyatga egadir. «Avesto» va «Shohnoma»da Eron va Turon xalqianning qadimgi tarixi, xo`jaligi, diniy e`tiqodi va madaniyatimng ko`p tomonlari bayon etilgan. «Shohnoma»ning ko`p dostonlari shoshlik dehqon hikoyalari asosida yaratilgan. Eroniylar mavsumiy, xususan Navro`z bayramiga alohida e`tibor berganlar. Ahamoniy shohlari davrida Navro`z umumdavlat, umumxalq bay-ramiga aylangan. Download 59.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling