Ahamoniylar davlati Reja


So`nggi ahamoniylar davrida Eron


Download 59.5 Kb.
bet6/11
Sana09.06.2023
Hajmi59.5 Kb.
#1473624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1479926824 66189

3. So`nggi ahamoniylar davrida Eron. Doro I vafot etgach, taxtga uning o`g`li Kserks o`tiradi. U Eronda miloddan avvalgi 486-yildan miloddan avvalgi 465-yilgacha podsholik qilgan. Miloddan avvalgi 484–481-yillarda Misr va Mesopotamiyada juda katta isyonlar ko`tarilib, Kserks ularni juda qiyinchilik bilan bostiradi.
Miloddan avvalgi 480-yilda Kserks juda katta qo`shin bilan Yunonistonga bostirib kiradi. Eron qo`shinlari yana Frakiya bilan Makedoniyani jangsiz bosib oladilar. Shimoliy Yunonistonni ishg`ol qilgan eroniylar Fermopil shahri ostonasiga kirib keladilar. Fermopil mudofaasiga Sparta podshosi Leonid boshchilik qilib, uning qo`shinlari dushmanni o`rta Yunonistonga o`tadigan yo`lni to`sib turar edi.
Leonid o`z qo`shinlari bilan ikki kun davomida eronliklarning hujumini qaytarib turadi. Ammo fessaliyalik bir xoin katta boylik evaziga eron qo`shinlarini tog` so`qmoqlari orqali yunon qo`shinining orqa tomoniga olib o`tadi. Leonid 3100 kishidan iborat sparta jangchilari bilan jangga kiradi. Jang ikki kecha-yu ikki kunduz davom etadi. Ayovsiz jangda Leonid va uning jangchilari qahramonlarcha halok bo`ladilar. Eroniylar o`rta Yunonistonga bostirib kiradilar va Afinaga yaqinlashadilar. Afina aholisi Salamin oroli va Peloponnesga ko`chiriladi. Afina eroniylar tomonidan ishg`ol qilinib, yondiriladi.
Ammo jang Salamin bo`g`ozida davom etib, eroniylarning mag`lubiyati, yunonlarning g`alabasi bilan tugaydi. Bu mag`lu-biyatdan so`ng eroniylar Yunonistondan ketishga majbur bo`ladilar. Yunon-Eron urushi to`xtab-to`xtab miloddan avvalgi 449-yilgacha davom etib, eroniylarning mag`lubiyati bilan yakunlanadi. Miloddan avvalgi 449-yil Suzada bo`lgan «Kalliy sulhi» ga binoan Eron Kichik Osiyodagi ko`p joylaridan ajralib, uning harbiy-dengiz floti Egey dengizida suzishdan mahrum etiladi.
Miloddan avvalgi 465-yili Kserks o`ldirilgach, Eron taxtiga birin-ketin Artakserks I (460–424), Doro II (423–404), Artakserks II (404-358), Artakserks III (358-336) va Doro III (336-330) kelib ketadilar.
Bu davrda Eron kuchsizlanib ko`p o`lkalarda qo`zg`olonlar ayj olib ketadi. Bu qo`zg`olonlarning ba`zilari shafqatsizlik bilan bostiriladi. Ayni paytda Kariya, Lidiya, Kilikiya, Hindiston, Xorazm va boshqa mamlakatlar Eron tobeligidan chiqib ketadilar.

Download 59.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling